Vitamin E yoki tokoferol Vitamin E (Tokoferol) yoki ko‘payish vitamini, u 1925 yilda o‘rganilgan va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol yunoncha “tocos — bola tug‘ilishi, fero — tashiyman” degan ma’noni anglatadi. E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant. Vitamin E vazifalari Vitamin E (tokoferol) — mushaklarning baquvvatligini ta’minlaydi, undan tashqari yallig‘lanishning oldini oladi, A vitaminining oksidlanishi, C vitamini, karotin va yog‘li kislotalarning nobud bo‘lishini oldini oladi. Birlashtiruvchi to‘qimalar, sochlar, tirnoq kasalliklarida, husnbuzarlarni davolashda qo‘llaniladi. Tokoferol — ko‘payish vitamini Tokoferol (E vitamin, ko‘payish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki a’zolarda yog‘da eriydigan barcha vitaminalar, ayniqsa retinol to‘planishiga yordam beradi. O‘simliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (masalan, kungaboqar moyida) mo‘l bo‘ladi. Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zarur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |