Dezinfeksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy va aralash (kombinatsiyalashgan yoki murakkab) usullari farqlanadi. 1. Mexanik usullarga xona va undagi buyumlarni ho'l latta bilan artish, kiyim-kechak va ko'rpa-yostiqlarni qoqish, changyutgich bilan tozalash, xonani shamollatish, oqlash, bo'yash, qo'lni yuvish va boshqalar kiradi. Bu usulda 50-75 foiz mikrob bartaraf etiladi, usulning afzalligi oson va tez bajarilishi bo'lsa, kamchiligi ishonchsizligidir. 2. Quritish, quyosh nuri, ultrabinafsha nurlar(simob, kvars lampalari), olov (axlat,chiqindilarni yoqish, metall buyumlarni qizdirish), qaynoq suv, zararsizlantirish xonalarida maxsus apparat(avtoklav)da suv bug'i va issiq havodan foydalanish fizik usullardan hisoblanadi. 3. Kimyoviy usul kislotalar, ishqorlar, xlorli ohak, xloramin, fenol, ollar (lizol, naftalizol), formalin, sulema va boshqalardan foydalanishdir. 4. Tibbiy asbob-anjomlarni ikki yoki undan ko'p usullardan foydalanib ararsizlantirish, aralash, murakkab yoki kombinatsiyalashgan dezinfeksiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |