Kasalxonadagi bo'limlarni ishini tashkil etish • Bolalar kasalxonasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kasalxonada infeksiya tarqalishini oldini olish bo'yicha chora tadbirlar olib borishdan iborat. Bunga har bir bo'limda bir-biridan ajralgan xolda seksiyalarni tashkil etish kiradi. • Chaqaloqlar va chala tug'ilgan bolalar bo'limlari boshqa bo'limlardan ajratilgan bo'ladi. • Ushbu bo'lim intensiv davolash xonasi, qon almashtirish-quyish, fizioterapiya va muolaja, onalar xonasi, ko'krak sutini to'plash va qayta ishlash hamda yordamchi xonalardan tashkil topgan bo'ladi. Bo'limlarning asosiy tarkibiy qismini palatalar yoki bokslar tashkil etadi. • Har bir boksda hamma sharoitlar tashkil etilgan bo'ladi. • Barcha bo'limlarda bolalarni vrach ordinatorlar va xamshiralar kuzatib, kompleks tekshirib davolash ishlarini olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |