Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti kurs sirtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti kurs sirtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar Mavzu



Download 88,13 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi88,13 Kb.
#938547
Bog'liq
Taqdimot (3)

Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti 1 kurs sirtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar

Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti 1 kurs sirtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar

Mavzu: Buxoro amirligi Qo‘shbegisi fondi xujjatlari Reja: Qo’shbegi arxivining shakllanish tarixi Qo’shbegi arxivini o’rganilishi Qo’shbegi arxivining ahamiyati


1.Qo’shbegisi arxivining shakllanish tarixi. Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qo’shbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi qo’shbegi arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq davrni bosib o‘tgan bo‘lib, buni quyidagi jihatlarda ko‘rib o‘tamiz.Viloyatlardan amirning Arkiga haftalik maʼlumotlar choparlar orqali yetkazib turilgan. Bunday hujjatlar asosan bir xil shaklda tuzilgan. Yuqoridagi o‘ng burchagiga «Hazrat Haqq subhonahu va taʼolo», chap burchagida “Huva-l-fayoz” yozuvlari bo‘lib, (yaʼni, Hazrat Haqq (Alloh) pok va oliydir (va) u fayz ulashuvchidir), o‘rtada «janob zilli ilohiy, oliy hazratam, mavloyam sallamahullohu taʼolo» (yaʼni Allohning (yerdagi) soyasi bo‘lmish janob (Amir) oliy hazratim, Xojam, Alloh u (kishi)ni salomat qilsin) murojaatli yozuvlar bilan xitob qilinib, viloyatlarda tinchlik, osoyishtalik ekanligi, fuqarolar amirning duosida bo‘lib turishgani haqida xabar beriladi. Hokimlarning sadoqat izhor qiluvchi «tasadduq shavam» (yo‘lingizda siz uchun tasadduq bo‘lay) xitoblari va duolari bilan maktublar tugatiladi.
Turli viloyatlardan kelgan maktublarning bir xil shakl mazmundaligi o‘sha paytda amirlik devonxonalari uchun maxsus kotiblar o‘qitilganligidan dalolat beradi. Ko‘pincha kotiblarning dastxatlari ham bir xil, bir-biriga o‘xshab ketadi. Ana shu choparlar orqali Arkka o’shbegining qo‘liga keltirilgan har xil hujjatlar qayd qilish daftariga qayd qilingach, devonxona sandiqlariga taxlab qo‘yilar edi. Ana shu zaylda Buxoro amirligida arxiv ishlari shakllana boshlagan.Buxoro amirligidagi arxiv o‘z faoliyatini 1865 yil, yaʼni Amir Muzaffar davridan boshlagan.Yana shuni taxmin qilish mumkin-ki, arxivning vujudga kelishida rus maʼmuriyatining taʼsiri ham bo‘lgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining noziri olim va tarixchi Musojon Saidjonovning yozishicha, Buxoro amirligining arxivi ikki qismga bo‘lingan edi:Birinchi bo‘lim Buxoro amirligining shaxsiy devonxona arxivi; Ikkinchi bo‘lim, Buxoro Qo‘shbegisining devonxonasi arxivi. Buxoro amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo‘l ostida bo‘lgan.
Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi devonxona arxivini o‘zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi.1910-1920 yilda Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo‘l ostida edi. Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishgʼol qilingan edi va bu arxiv turk frontiga ko‘chirib o‘tkazilgan.Buxoro amirligi devonxona arxivi bevosita amir qo‘l ostida bo‘lgan. Masalan, Amir Muzaffar Buxoroda o‘zining qarorgohida arxivni o‘z yonida saqlardi. Uning o‘gʼli Sayyid Abul Ahad Buxoro amirligi devonxona arxivini o‘zi bilan birgalikda Karmanadagi qarorgohiga olib keldi. 1910-1920 yilda Amir Olimxon uni Buxoroga keltirdi. Devonxona parvonachi qo‘l ostida edi. Baxtga qarshi Buxoro amirligining devonxona arxivi hozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan.
Shunday taxminlar borki, 1920 yildagi Buxoro inqilobi davrida bu arxiv sovet askarlari tomonidan ishgʼol qilingan edi va bu arxiv turk frontiga ko‘chirib o‘tkazilgan. O‘zbekiston Milliy arxivida 5 mingga yaqin Buxoro amirligi devonxona hujjatlari saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qo’shbegisi nomiga yozilganligi sababli «Buxoro amirligi Qo’shbegisining kanselyariyasi» arxivida saqlanadi. Bundan tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg‘oniston shohi o‘rtasidagi yozishma hujjatlari ham saqlanadi. Qo’shbegi Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega edi, butun devonxona orqali davlat boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy, iqtisodiy doiradagi hujjatlar o‘tardi. Mirzo Nasrulloh qo’shbegigacha arxiv tartibga ketirilmagan bo‘lib, yer ostida maxsus sandiqlarda saqlanardi. Yangi tayinlangan Usmonbek Qo’shbegi savodsiz kishi bo‘lganligi sababli, arxivning tarixiy ahamiyatiga uncha eʼtibor bermagan.
Qushbegi arxiv hujjati.
1.Maʼmuriy hujjatlar: Amirlarning mansablarga tayinlash to‘grisidagi yorliklari yoki aksincha, mansabdan bo‘shatish haqidagi farmonlari yoxud mansabdor shaxslarning lavozimlarini oshirish, sadoqat bilan xizmat kilib, boshqalardan ajralib turadigan shaxslarni mukofotlash haqidagi muboraknomalar, Buxoro amirligining maʼmuriy-hududiy bo‘linishiga oid hujjatlar, fuqarolarning ijtimoiy ahvoli hamda hayotiy muammolari yuzasidan yozgan shikoyat arizalari va davlat tomonidan qilingan qurilishlar, tabiiy ofatlar, zilzilalarni zararlarini bartaraf etish, amirlik hududidagi transport masalalarini hal etish yuzasidan berilgan farmonlar, har xil mavzudagi vasiqalar ham turkumga kiradi. Shu bilan birgalikda amirlikdagi barcha ish yuritish qog‘ozlari raqamlanib, qayd qilish daftarlariga yozib, ro‘yxatdan o‘tkazib borilgan. Ana shu daftarlar ham birinchi turkum – maʼmuriy hujjatlar turkumiga kiradi.
2. Siyosiy mavzudagi hujjatlar amirlikning ichki va tashqi siyosatidagi aniq xabarlar, voqealar va hodisalarga guvohlik beradi. Asosan, ichki siyosat, undagi burilish nuqtalari haqidagi maʼlumotlarga ega hujjatlarni amirlikning 1917 yilgacha bo‘lgan umumiy siyosiy ahvoliga doir va undan keyingi siyosiy holati to‘grisidagi maʼlumot beruvchi hujjatlarga taqsimlash mumkin.Siyosiy mavzudagi hujjatlar turkumining ikkinchi kismi 1917 yildan keyingi, yaʼni amirlikning oxirgi yillariga doir voqealarni o‘z ichiga oluvchi har xil xatlar, vasiqalar, muboraknomalar tashkil kiladi.Biz bunda amirlikning tashki siyosati haqidagi maʼlumatlarni ham ko‘plab uchratamiz. Maʼlumki, bularning ko‘pchiligi asosan Rossiya bilan o‘zaro olib borilgan yozishmalardir.Bu yozishmalar Turkiston general-gubernatorligi, Buxorodagi Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi kabi tashkilotlar bilan olib borilgan. Ularda savdo-sotiq, transport masalalari, temir yo‘llar kurish kabi masalalarda o‘zaro maslahatli alokalar haqida gap boradi. Bunday hujjatlarni O‘zbekiston Milliy arxivi «Turkiston general gubernatorligining kanselyariyasi» degan sarlavha ostidagi I-1 fondidagi hujjatlar orasida ham ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, amirlikning oxirgi yillarida tashqi tahdidlar oldingi yillarga nisbatan ancha kuchaygan. Bunga Buxorodagi ichki notinchliklar ham taʼsir ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, pochta aloqalari, temir yo‘l xarajatlari va ulardan keladigan daromadlar, bojxona faoliyatiga doir hujjatlar ham iqtisodiyot masalalariga doir turkumga kiradi.Iqtisodiy hujjatlar turkumi Qo’shbegi arxivining eng katta qismidir. Chunki ushbu guruh hujjatlari amirlikning siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa tarmoqlarini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Amirlikning iqtisodiy jihatdan nechogʼli kuchli bo‘lganligini quyidagi hujjatdan ham bilib olish mumkin. Bu hujjat amirga xazinachi tomondan xazinaga kelib tushgan tilla-kumush yombilar, tayyorlangan tangalar miqdori ko‘rsatilib, hisobot berilgan arizadir.

  • Bundan tashqari, pochta aloqalari, temir yo‘l xarajatlari va ulardan keladigan daromadlar, bojxona faoliyatiga doir hujjatlar ham iqtisodiyot masalalariga doir turkumga kiradi.Iqtisodiy hujjatlar turkumi Qo’shbegi arxivining eng katta qismidir. Chunki ushbu guruh hujjatlari amirlikning siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy, maishiy va boshqa tarmoqlarini ham o‘z ichiga qamrab olgan. Amirlikning iqtisodiy jihatdan nechogʼli kuchli bo‘lganligini quyidagi hujjatdan ham bilib olish mumkin. Bu hujjat amirga xazinachi tomondan xazinaga kelib tushgan tilla-kumush yombilar, tayyorlangan tangalar miqdori ko‘rsatilib, hisobot berilgan arizadir.

3. Iqtisodiyot masalalariga doir hujjatlar. Qo‘shbegi arxivining kattagina kismini tashkil etadi. Iqtisodiyotga tegishli barcha hujjatlar, jumladan, soliqlar, zakot, boshka tushumlar, ijaraga berish, ijaraga olish, davlat xazinasining ahvoli, davlat xarajatlari, vaqflar, savdo masalalari, savdo aloqalari, bozorlardagi narx-navo, soliqlardan baʼzi bir kishilarni ozod qilinishi yoki ularga ayrim imtiyozlar berish, kirim-chiqim daftarlari, zahiralar, saroy xarajatlari haqidagi hujjatlar ushbu turkumning asosiy mohiyatini belgilaydi. Shu bilan birga, tabiiy boyliklar, issiqlik energiyasi zaxiralari, qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi, suvdan unumli foydalanish masalalarini aks ettiruvchi qogʼozlar ham ana shu bo‘limdan joy olgan.
4. Tashqi aloqalar haqidagi hujjatlar bo‘lib, Buxoro amirligining qo‘shni chegaradosh davlat rahbarlariga yozgan do‘stona maktublari yoki aksincha, boshqa davlat rahbarlaridan yoxud amaldorlaridan amir va qo’shbegi nomiga kelgan maktublar, davlatlararo tuzilgan shartnomalar, xalqaro aktlar, amirlikning musulmon hamda nomusulmon davlatlar bilan qilgan o‘zaro diplomatiya hujjatlari va boshqalardan iborat. Amirlikda pasport tizimini joriy qilish, fuqarolarni emigrastiya qilish, chet el fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, harbiy asirlarga doir hujjatlar ham ana shu to‘rtinchi turkumga kiradi. Shu bilan birga, davlatlararo chegara masalalari, elchixonalarga tegishli hujjatlar, mamlakatlarning ilmiy va madaniy aloqalari, axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Rossiya hamda boshqa mamlakatlarning har xil muassasa hamda tashkilotlarni amirlikda faoliyai olib borishini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud.

5. Harbiy ishlar hujjatlari amirlik armiyasi sarbozlarining holati, ularning harbiy unvonlari va tuzilmasi haqida xabar beradi. Buxoro garnizoni, umuman, amir qo‘shinidagi sarbozlarni kiyintirish ularni transport-ulov bilan taʼminlash, sarbozlarning o‘q-dori, qurol-yarogʼlari, kazarmalarining xolati haqidagi hujjatlar bu turkumning asosini tashkil kiladi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarni o‘z roziligi bilan harbiy xizmatga olish, zahiraga bo‘shatish, xizmatdan bo‘yin tovlagan yoki xizmatni tashlab qochgan sarbozlar haqidagi hujjatlar ham uchrab turadi. Askarlarning o‘z komandirlari ustidan Qo’shbegiga yozgan shikoyatlari, arizalari hamda o‘z xizmatlaridan rozi ekanliklarini bildiruvchi maktublari, qorovul, patrul xizmatlari faoliyatiga doir hujjatlar harbiy ishlar hujjatlariga kiradi. Hujjatlar amirlikdagi harbiy holat, sarbozlar hayoti haqida hikoya qiladi. Amirlarning ragʼbatlantirishlari, artilleriya hisoblangan to‘pchilar qismining amirga yozgan ariza-hisobotlari, ofisterlarning (harbiy amaldorlarning) Qo’shbegiga kazarmalarning sanitarik ahvoli haqidagi ariza (hisobot) lari, sarbozlarning sog‘lig‘i haqidagi ariza(hisobotlari), o‘z komandirlari ustidan yozgan shikoyatlari bizga kichik maʼlumotlarni beradi.

  • 5. Harbiy ishlar hujjatlari amirlik armiyasi sarbozlarining holati, ularning harbiy unvonlari va tuzilmasi haqida xabar beradi. Buxoro garnizoni, umuman, amir qo‘shinidagi sarbozlarni kiyintirish ularni transport-ulov bilan taʼminlash, sarbozlarning o‘q-dori, qurol-yarogʼlari, kazarmalarining xolati haqidagi hujjatlar bu turkumning asosini tashkil kiladi. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarni o‘z roziligi bilan harbiy xizmatga olish, zahiraga bo‘shatish, xizmatdan bo‘yin tovlagan yoki xizmatni tashlab qochgan sarbozlar haqidagi hujjatlar ham uchrab turadi. Askarlarning o‘z komandirlari ustidan Qo’shbegiga yozgan shikoyatlari, arizalari hamda o‘z xizmatlaridan rozi ekanliklarini bildiruvchi maktublari, qorovul, patrul xizmatlari faoliyatiga doir hujjatlar harbiy ishlar hujjatlariga kiradi. Hujjatlar amirlikdagi harbiy holat, sarbozlar hayoti haqida hikoya qiladi. Amirlarning ragʼbatlantirishlari, artilleriya hisoblangan to‘pchilar qismining amirga yozgan ariza-hisobotlari, ofisterlarning (harbiy amaldorlarning) Qo’shbegiga kazarmalarning sanitarik ahvoli haqidagi ariza (hisobot) lari, sarbozlarning sog‘lig‘i haqidagi ariza(hisobotlari), o‘z komandirlari ustidan yozgan shikoyatlari bizga kichik maʼlumotlarni beradi.

6. Sud materiallari amirlikning qozixonalarda yuritilgan huquqiy sohadagi ishlar haqida maʼlumot beradi. Rasmiy qozilik huquqini beruvchi manshuralar, fuqarolik ishlari, ulardan tushgan ariza va shikoyatlar, daʼvo xatlari, iqror xatlari, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar, nikoh xatlari,taloq xatlari, merosni bo‘lish haqidagi hujjatlar ushbu bo‘limdan o‘rin olgan.Bulardan tashqari, oddiyroq jinoyatga nisbatan shaxsan amirning o‘zi hal qiluvchi ko‘rsatmalarni berib, muvaffaqiyatli tugatilgan ishlarga muboraknomalar jo‘natib, qozilarni tabriklab, rag‘batlantirib turgan. Asosan, jinoiy ishlarning ko‘rilishi haqidagi hisobotlar Qo’shbegi nomiga jo‘natilib turilgan.
7. Madaniy-maishiy holat haqidagi hujjatlar turkumiga amaldorlarning amirga qilgan tortiqlari yoki aksincha, biror bayram, xursandchilik munosabati bilan amirning amaldorlarga qilgan sovgʼalari rasmiylashtirib qo‘ygan hujjatlarni kiritish mumkin. Saroy ayonlarining to‘y-hashamlari va bayramlaridagi voqealarni o‘zida aks ettiruvchi nomalar amirlikdagi madaniy-maishiy holat haqida maʼlumotlar beradi. Amirlar sovg‘a olsalarda, lekin Amir Olimxon keyingi yillarda (hujjatda sana ko‘rsatilmagan) fuqarolardan tortiq olishni taʼqiqlab, qozi Muhammad Sharif Sadir va Muhammad Maxdiy raislarga “Bundan buyon tortiqlar qabul qilish qatʼiyan taqiqlanganligi to‘grisida”gi muhokamasi eʼtiborli hujjatlardan biridir.

8. Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha amirlik viloyat va shaharlarida olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot beruvchi hujjatlar juda ozchilikni tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, dastlab tashkil qilingan kasalxonallar, ularni jihozlash, taʼmirlash masalalari, o‘sha paytdagi ayrim kasalliklar, ularga qarshi ko‘rilgan choralar haqidagi maʼlumotlar ushbu turkum hujjatlari orasida joy olgan. Vabo, o‘lat epidemiyalarining paydo bo‘lishi, ularga qarshi ommaviy kurash qilinganligi haqidagi hujjatlar ham arxivda saqlanadi. Bundan tashqari, chorva mollari kasalligi epidemiyasiga qarshi ko‘rilgan choralar o‘zida aks ettiruvchi hujjatlar ham uchraydi. Misol tariqasida, loyihaalardagi amaldorlarning Qo’shbegi nomiga jo‘natgan maktublarida chorva kasalligi tarqalganligi, aholi o‘rtasida esa sil kasalligi paydo bo‘lganligi tashvishi bildirilgan maʼlumotlarni keltirish mumkin. 9. Diniy hujjatlar jumlasiga diniy bayramlarni o‘tkazish, Ramazon oyida xatmi Qurʼonlarni tashkil qilish to‘grisidagi farmoyishlar kiradi. Amirlik shahar va viloyatlardagi asosiy masjid-madrasalar ro‘yxati hamda ulardagi imom-xatib, bosh mudarris yoki mutavvalliylarning ro‘yxatlari ham diniy hujjatlar bo‘limidan joy olgan. Diniy mansablarga (mufti, qozi, imom, mudarrislik va hokazolarga) tayinlash uchun qozikalon tomonidan Amir nomiga yozilgan arizalarda shu mansablarga loyiq kishilarning ismlari ko‘rsatilib, taklif kiritilgan.

  • 8. Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha amirlik viloyat va shaharlarida olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot beruvchi hujjatlar juda ozchilikni tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, dastlab tashkil qilingan kasalxonallar, ularni jihozlash, taʼmirlash masalalari, o‘sha paytdagi ayrim kasalliklar, ularga qarshi ko‘rilgan choralar haqidagi maʼlumotlar ushbu turkum hujjatlari orasida joy olgan. Vabo, o‘lat epidemiyalarining paydo bo‘lishi, ularga qarshi ommaviy kurash qilinganligi haqidagi hujjatlar ham arxivda saqlanadi. Bundan tashqari, chorva mollari kasalligi epidemiyasiga qarshi ko‘rilgan choralar o‘zida aks ettiruvchi hujjatlar ham uchraydi. Misol tariqasida, loyihaalardagi amaldorlarning Qo’shbegi nomiga jo‘natgan maktublarida chorva kasalligi tarqalganligi, aholi o‘rtasida esa sil kasalligi paydo bo‘lganligi tashvishi bildirilgan maʼlumotlarni keltirish mumkin. 9. Diniy hujjatlar jumlasiga diniy bayramlarni o‘tkazish, Ramazon oyida xatmi Qurʼonlarni tashkil qilish to‘grisidagi farmoyishlar kiradi. Amirlik shahar va viloyatlardagi asosiy masjid-madrasalar ro‘yxati hamda ulardagi imom-xatib, bosh mudarris yoki mutavvalliylarning ro‘yxatlari ham diniy hujjatlar bo‘limidan joy olgan. Diniy mansablarga (mufti, qozi, imom, mudarrislik va hokazolarga) tayinlash uchun qozikalon tomonidan Amir nomiga yozilgan arizalarda shu mansablarga loyiq kishilarning ismlari ko‘rsatilib, taklif kiritilgan.

2.Qo’shbegi arxivini o’rganilishi. 1920-yil 2-sentyabrda Buxoro amirligi Rossiya qo‘shinlari hujumi tufayli ag‘darildi. Amirlikdagi asori-atiqalar,amir xazinasi, turli boyliklar, nodir kitoblar Markazga jo‘natildi. Biroq, Buxoro amirlining arxivi ark yerto‘lasida saqlanib qolgan edi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi I-126-jamg‘armada saqlanayotgan Buxoro amirligiga qarashli bo‘lgan “Qo‘shbegi arxivi” XIX – XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va ulardagi ma’lumotlar, asosan, Buxoro amirligiga oiddir.Qo‘shbegi arxivining mavjudligi Xiva va Qo‘qon xonligi arxivi ochilgunga qadar, “O‘rta Osiyo xonliklarida hech qanday arxiv bo‘lmagan” kabi e’tirozlarga o‘rin qoldirmaydi. Bu arxivlarning 1930-yildan keyin ochilishi natijasida, nafaqat Buxoro amirlgida, balki O‘rta Osiyo mintaqasida xonliklarda XIX – XX asrboshlaridagi davlatchilik tarixiga oid qimmatli yozma manbalar vujudga keldi.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi MDAning “Buxoro amirligi qo‘shbegi boshqarmasi” I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000 ga yaqin hujjat saqlanib, ularning hammasi qo‘shbegi nomiga yuborilganligi uchun qo‘shbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan. Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivi o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan qo‘shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo‘lingan. Hujjatlar yerto‘lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo‘shbegi Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Buxoro amirligi sovet hokimiyati tomonidan bosib olinishi vaqtida militsiya va ChK organlari tomonidan Ark yerto‘lasidan bir necha hujjatlar saqlangansandiqlarni topganlar. Hujjatlarning bir qismi tokchalar va yerda yotgan bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur hujjatlar amir amaldorlari tomonidan tashlab ketilgan davlat hujjatlari bo‘lgan. Nazorat organlari ushbu hujjatlarni tartibsiz hamda hech qanday ro‘yxatsiz qutilarga joylab, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashiga yuborgan. Ushbu hujjatlar BXSR tashqi ishlar nozirligi binosining yerto‘lasida O‘zSSR tuzilgunga qadar saqlangan. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish paytida Muso Saidjonov raisligida hujjatlarning ma’lum qismi dalolatnoma tuzilib, Buxoro Davlat kutubxonasiga topshirilgan. Dalolatnomaga 69 ta bog‘lam, 52 ta daftar, 50 ta kitob shaklida sharq hujjatlari kiritilgan. Davlat kutubxonasida saqlanib kelingan qo‘shbegi arxivining bir qismi M.R. Hakimov tomonidan tartibga solingan.

  • Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi MDAning “Buxoro amirligi qo‘shbegi boshqarmasi” I-126 fondida Buxoro amirligi devonxonasi arxiviga tegishli 5000 ga yaqin hujjat saqlanib, ularning hammasi qo‘shbegi nomiga yuborilganligi uchun qo‘shbegi arxivi hujjatlari tarkibiga kiritilgan. Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivi o‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan qo‘shbegi Mirzo Nasrullo davri (1910–1917yy.)dan boshlab tizimlashtirib, tartibga solinib ikki qismga: ichki va tashqi (xorijiy) ishlarga doir hujjatlarga bo‘lingan. Hujjatlar yerto‘lada sandiqlarda saqlangan. Biroq, undan keyingi qo‘shbegi Usmonbek hujjatlarni saqlashga sovuqqonlik bilan yondashgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Buxoro amirligi sovet hokimiyati tomonidan bosib olinishi vaqtida militsiya va ChK organlari tomonidan Ark yerto‘lasidan bir necha hujjatlar saqlangansandiqlarni topganlar. Hujjatlarning bir qismi tokchalar va yerda yotgan bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur hujjatlar amir amaldorlari tomonidan tashlab ketilgan davlat hujjatlari bo‘lgan. Nazorat organlari ushbu hujjatlarni tartibsiz hamda hech qanday ro‘yxatsiz qutilarga joylab, Buxoro Xalq Nozirlar Kengashiga yuborgan. Ushbu hujjatlar BXSR tashqi ishlar nozirligi binosining yerto‘lasida O‘zSSR tuzilgunga qadar saqlangan. 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanish paytida Muso Saidjonov raisligida hujjatlarning ma’lum qismi dalolatnoma tuzilib, Buxoro Davlat kutubxonasiga topshirilgan. Dalolatnomaga 69 ta bog‘lam, 52 ta daftar, 50 ta kitob shaklida sharq hujjatlari kiritilgan. Davlat kutubxonasida saqlanib kelingan qo‘shbegi arxivining bir qismi M.R. Hakimov tomonidan tartibga solingan.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!


Download 88,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish