ijtimoiy-siyosiy atamalar:
“antifashist”
|
antifašist
|
انتیفشیست
|
“politsiya”
|
polis
|
پلیس
|
“musiqa”
|
muzik
|
موزیک
|
“demokratiya”
|
demākrasi
|
دماکرسی
|
iqtisodiy atamalar:
“faktor”, “omil”
|
faktor
|
فکتر
|
“neft”
|
naft
|
نفت
|
“lizing”
|
lizing
|
لیزینگ
|
ilm-fan, texnikaga oid atamalar:
“selfi”
|
selfi
|
سلفی
|
“skayp”
|
eskāyp
|
اسکایپ
|
“printer”
|
perinter
|
پرینتر
|
“lap-top”
|
laptāp
|
لپتاپ
|
singari o‘nlab yo‘nalishlarga bo‘lib yuborish mumkin.
O‘zlashma neologizmlar ichida o‘tkinchi, shoshma-shosharlik bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Ularni esa xalq qabul qilmay, tezda iste’moldan chiqarib yubormoqda. O‘zlashma neologizmlarning aksariyati quyidagi ikki xil usul bilan hosil qilinadi22:
Ichki imkoniyatlar asosida (so‘z ma’nosining kengayishi, derivatsiyani qo‘llash hisobiga):
“kompyuter”
|
rāyāne
|
رایانه
|
“samalyot”
|
havāpeymā
|
هوا پیما
|
Tashqi imkoniyat hisobiga (chetdan so‘z olish orqali):
“samovar”
|
samāvar
|
سماور
|
“multfilm”
|
kārtun
|
کارتون
|
“telegram”
|
telegrām
|
تلگرام
|
“boks”
|
boks
|
بکس
|
Hozirda tashqi imkoniyatlar hisobiga neologizmlarning hosil bo‘lishi fors tilida kuchayib bormoqda. Bu jarayonni ko‘p jihatdan ilm fan taraqqiyoti, ommaviy axborot vositalari, kino, media va marketing tezlashtirib yubormoqda.
II BOB. FORS TILIDA YEVROPACHA O‘ZLASHMALAR VA ULARNING TAHLILI
Zamonaviy fors tilining lug‘at sistemasida tub fors va arab tili so‘zlari bilan bir qatorda Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud. Yevropa tillaridan o‘zlashgan leksik birliklar hisobiga fors tilining boyish jarayoni hozirgi kungacha davom etmoqda. Fors tiliga o‘zlashmalarning asosiy qismi XIX asrning oxiri va XX asrning boshida kirgan. Fors tilidagi chet tillaridan kirgan so‘zlar o‘zlashish jarayonida fors tilining qonun-qoidalariga bo‘ysungan va sezilarli darajada fonetik o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan. Afsuski, na Eronda va na undan tashqarida Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning fors tiliga fonetik mosashuvi jarayonini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmagan. Bu borada qilingan ishlar juz’iy xarakterga ega bo‘lib, masalani to‘la ochib berishga yetarli emas.
Eron va G‘arbiy Yevropa o‘rtasidagi aloqa Safaviylar davrda boshlangan (1501 / 1502-1722). Shunday qilib, g‘arb tillaridan forschaga qarz olish to‘rt davrga nisbatan diaxron tarzda o‘rganilishi mumkin: Safaviylar davri, Qojarlar davri, Pahaviylar davri va Zamonaviy davr. 150 yil davomida fransuz, rus va ingliz tillari kabi g‘arb tillari fors tiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Fors tilida o‘zlashmalarning kengayishiga qaysidir ma’noda ommaviy axborot vositalari bo‘lmish : radio, televideniya va kinoning taraqqiy topishini ham sabab deb ko‘rsatish mumkin. Lekin, fors tiliga o‘zlashmalarning eng katta qismi ilmiy, badiiy asarlar hamda gazetalarni tarjima qilish orqali kirib kelgan. 30-yillarning II yarmida Eron Til va Adabiyot Akademiyasi (“Farhangestān”) ning, hamda 70-yillardagi Eron Til Akademiyasining fors tilidagi o‘zlashmalarni kamayttirish, hamda ularning o‘rnini fors leksikasida qadimdan mavjud bo‘lgan lekin hozirgi kunda muomaladan chiqqan so‘zlar bilan almashtirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘p hollarda kutilgan natijani bermas edi. Garchi, o‘zlashmalarni almashtirish uchun Eron Til va Adabiyot Akademiyasi tomonidan taklif etilgan bir qancha terminlar iste’molga kirgan bo‘lsada, turli sohalarda avvalgiday o‘zlashmalarning qo‘llanilishi davom etaverdi, yoki bo‘lmasa fors tili tarkibida sinonimlarning ortishi kuzatilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |