Qo`shma otlar qo`shib yoziladi.
Quyidagi so’zlar malay tiladagi qo’shma otlar hisoblanadi:
jawatankuasa - komitet (jawatan - holat; kuasa - kuch);
setiausaha - kotiba (setia - vafodor; usaha - harakat);
matahari - quyosh - (mata-ko’z; hari - kun);
tandatangan - imzo - (tanda - belgi; tangan - qo’l)
sukacita - quvonch - ( suka - yoqmoq; cita - hirs)
antarabangsa - xalqaro - (antara - orasida; bangsa - millat)
beritahu - aytmoq (рассказывать) - ( beri - bilmoq; tahu - bilmoq)
bumiputera - malay xalqi - (bumi - yer; putera - shahzoda)
kakitangan - xodimlar - (kaki - oyoq; tangan - qo’l)
kerjasama - hamkorlik - (kerja - ish; sama - bir xil)
sukarela - volontyor - (suka - yoqtirmoq; rela - bajonidil)
III-§. Otning ma’no guruhlari.
Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Birturdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi.
1. Atoqli otlar.
Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari, havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va geografik makon nomlari, koinot jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida uchraydi: Osman, Erkin, Zulkifi, Tashkent, Malaysia, Mars kabi. Bunday atoqli otlar faqatgina o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi mumkin.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda, umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi.
2. Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir. Masalan, inson-orang, daryo-sungai, shahar-bandar, kitob-buku. Turdosh otlar quyidagi ma’no guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
3. Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi. Masalan: yurak-hati, quyosh-matahari, oy-bulan, ko‘z-mata, qosh-kening, oyoq-kaki kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi malay tilining o’zbek tili gramatikasiga yaqinligini anglatadi va o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida ham o‘z aksini topadi.
Malay tilida nutqning to'rtta asosiy qismi mavjud: otlar, fe'llar, sifatlar va grammatik funktsional so'zlar (qo’shimchalar). Otlar va fe'llar asos so’zlar bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha ular prefikslar va qo'shimchalar yordamida boshqa so'zlardan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |