Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti



Download 86,54 Kb.
bet1/12
Sana30.06.2022
Hajmi86,54 Kb.
#721230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Erkinov Shahzod


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI

Kurs Ishi
Mavzu: Malay tilida qo'shma otlar. Malay tilida qo'shma otlarning birga va alohida hollarda ma'nolari.

Bajardi: III kurs Malay-ingliz guruhi talabasi
Erkinov Shahzod
Tekshirdi: ______________

Toshkent 2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………….…...3

I - BOB. OT. OTLARNING GRAMMATIK MA’NOSI, MORFOLOGIK BELGILARI, SINTAKTIK VAZIFALARI
REJA:
1. OTNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI……………………11
2. OTLARNING MA’NO TURLARI……………………………………….....14
3. OTLARDA SON VA EGALIK SHAKLLARI ……………………………..16
4. OTLARDA KELISHIK SHAKLLARI…………………………………..…24

II-BOB. MALAY TILIDA OT SO’Z TURKUMINING TAHLILI
I - REJA. MALAY TILIDA OT VA UNING GRAMMATIK TAHLILI……………………………………………………………………….36

II - MALAY TILIDA OTLARNING TUZULISHIGA KO’RA TURLARI………………………………………………………………….......38


III - MALAY TILIDA OTNING MA’NO GURUHLARI……………...…………………………………………………..39

XULOSA………………………………………………………………………44
ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………………………………..46
FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI …………………………….49


KIRISH
“Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, deb Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganlar.[1] Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi juda ko’p davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan bo’lib, bu davlatlar orasida dunyoning iqtisodiy hayotida faol ishtirok etuvchi Malayziya davlati ham muhim o’rin egallaydi.
O‘zbekiston va mamlakatimizning Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yaqin sheriklaridan biri – Malayziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 20 yil to‘ldi. Malayziya 1992-yil 1-yanvarda O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992-yil 21-fevralda esa davlatimiz bilan diplomatik munosabatlarini o‘rnatdi. Shundan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasida iliq va ishonchli aloqalar davom etib keladi. O‘zbekiston va Malayziyani siyosiy jihatdan bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish, xalqlarimizni esa diniy va madaniy qadriyatlarning mushtarakligi singari jihatlar bir-biriga yaqinlashtiradi.
Tarixdan ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992-yili Malayziyaga buyurgan rasmiy tashrifi va Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammadning 1993-yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida do‘stona aloqalar va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish uchun poydevor qo‘yilgan. 2003-yilda O‘zbekistonga Malayziya qiroli Tuanku Sayyod Sirojuddin Sayyod Jamalullayl tashrif buyurdi. Bugungi kunga kelib turli sohalarni, jumladan, savdo, sarmoyalar, soliqqa tortish, havo yo‘li, ilm-fan, madaniyat, sayyohlik, xavfsizlik va terrorizm bilan kurash, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi 20 dan ortiq hujjatdan iborat bo‘lgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos mavjuddir.[2]
Malayziya bilan mamlakatimiz o’rtasidagi munosabatlar nafaqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga, balki ta’lim va madaniyat almashinuviga asoslanadi. Malayziya iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi, shu bilan birga yuksak tarixiy madaniyatga ega bo’lgan davlatlardan biridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998-yili Toshkent shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Malayziya” do‘stlik jamiyati faol ravishda gumanitar aloqalarni, ta’lim, sayyohlik va sport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan turli xil tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Davlatlarimiz o’rtasidagi turli muhim sohalarni qamrab oluvchi diplomatik munosabatlar o’rnatilar ekan, aloqalar yanada rivojlanib, ijobiy natijalarga erishishda yurtimizda tajribali kadrlar, xususan, malayziya tili mutaxasislariga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu sababli, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Janubiy – Sharqiy Osiyo tillaridan biri - malay tili 2004 yildan boshlab asosiy va qo‘shimcha xorijiy til sifatida o‘qitila boshlandi. O’zbekiston uchun malay tili yangi, ko’plab qirralari noma’lum til hisoblanib, ushbu tilga oid bo’lgan adabiyotlar ham nihoyatda oz miqdorni tashkil etadi. Bu esa mamalakatimizdagi malay tilini o’rganayotgan talaba va o’quvchilar oldiga yana bir muhim vazifani – o’zbek xalqini malay tili haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlash, ularda malay tili va adabiyoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish kabi masalalarni qo’ydi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, malayziya tilini o’rganuvchilar uchun uning grammatikasi, tarixi va boshqa sohalarga oid kitob va darsliklarga talab ortmoqda. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan kitob va darsliklarning ko’pchiligi rus va ingliz tillarida bo’lib, bu narsa o’rganish jarayonida ma’lum bir qiyinchiliklarni tug’diradi. Boshqa tillar kabi, Malayziya tili grammatikasida ham fe’llar mavzusi, jumladan ularning yasalishi nihoyatda muhim o’rin egallaydi.
Malay tili avstroneyz tillari oilasiga mansub bo’lib, Malayziya va Indoneziya hududlarida ming yillardan beri qo’llanilib kelmoqda.[3]
Avstronez tillari Malay arxipelagi (Indoneziya, Filippin), Malakka yarim oroli (Malayziya, Singapur, Bruney), Hindi-Xitoyning janubiy tumanlarida, Tayvan va Madagaskar oroli hamda Okeaniyaning ko’pgina orollarida keng tarqalgan. Avstronez tillari oilasi undagi tillarning xilma-xilligi, ko’pligi bilan bir qatorda, so’zlashuvchilar sonining ko’pligi jihatidan ham yirik til oilalaridan biri hisoblanadi. Mazkur til oilasi tarkibida 1100 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, ushbu tillarda so’zlashuvchilarning umumiy soni 240 million kishidan iborat. Malayziya tili mazkur til oilasining o’zida ko’plab til guruhlarini mujassamlashtirgan Nusantara (malaycha “nusa” – vatan, ona yer, “antara” – oralig’i, atrofi) tarmog’iga mansub bo’lib, mazkur tarmoqda taxminan 200-300ga yaqin tillar mavjud[4].

Geneologik nuqtai nazardan ko’rib chiqadigan bo’lsak, malay tilining kelib chiqishi haqidagi bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, Yunonistondan miloddan avvalgi 2500 yilda bir guruh malay tilida so‘zlashuvchi odamlar Janubiy Sharqiy Osiyo hududiga kelib joylashganlar. Keyinchalik taxminan miloddan avvalgi 1500 yilda ikkinchi guruh odamlar mazkur hududning sohil va vodiylariga o‘rnashganlar. Birinchi guruh Malay Proto va ikkinchi guruh Malay Deutro deb nomlanib, bu guruhlar birgalikda avstroneziya guruhini tashkil qilgan. Malay tili Malay arxipelagida paydo bo‘lganligi haqidagi yana bir fikrga ko‘ra, Yava orolidan yoshi ming yilga teng odam qoldig‘ining topilganligi Malayya orollarida odamlar qadim davrlardan beri istiqomat qilganliklarini ma’lum qiladi. Bugungi kunda malay tili Malayziya, Indoneziya, Bruney Sultonligining milliy tili bo‘lishi bilan birga Singapurning to‘rt rasmiy tili(ingliz, xitoy, tamil, malay tillari) dan biri hisoblanadi[5]. Shuningdek, malay tili xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan katta tashkilotlar tili maqomini olishga nomzodlik qilmoqda. Buning isboti tariqasida, 2004 yilning boshida Malayziyaning Dewan Bahasa dan Pustaka ( Til va Adabiyot Nashriyoti) va MABBAM tashkilotlari tomonidan malay tili – ASEAN (Janubiy Sharqiy Osiyo millatlari tashkiloti) ning rasmiy tili sifatida faoliyat yurgizishi masalasi muhokamaga qo‘yilganligini aytib o‘tish mumkin. Chunki ASEAN tashkiloti qamrab olgan hududning yarim aholisi malayziya tilida so‘zlashadi.
Tipologik jihatdan malay tili agglutinativ – prefiksal tildir. Ushbu til qo’shimchalari turlarining ko’pligi va ularning o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Mazkur tilda yangi so’zlarni hosil qilishda affiksatsiya usulidan keng foydalaniladi.
Mavzuning dolzarbligi. Mazkur kurs ishi “Malay tilida qo’shma otlar” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, bugungi kunga kelib o’zbek tilshunoslari tomonidan malay tilida so’z hosil qilish usullarining keng ko’lamda, chuqur o’rganilmaganligi, o’zbek tilida malay grammatikasi, xususan, morfologiya – so’z yasash usullariga bag’ishlangan manba, kitoblarning yo’qligi, respublikamizda malay tiliga bo’lgan qiziqishning ortib borishi va ushbu masalaga bag’ishlangan o’zbek tilidagi adabiyotlarga bo’lgan talab va ehtiyojning yuqoriligi mavzuning nihoyatda dolzarbligini ko’rsatib turibdi.
Kurs ishining predmeti va obyekti. Kurs ishining predmeti malay tilidagi so’z yasovchi qo’shimchalarning morfonematik, grammatik xususiyatlari, gapdagi ma’nolari va qo’llanilishini chuqur o’rganishdan iborat.
Ishning obyekti dunyo lingvistlarining affikslar mavzuidagi nazariy asarlari, tadqiqot ishlari, malay, ingliz, rus tillaridagi terminologik, izohli lug’atlar, lingvistik entsiklopediyalar, malay tilida nashr etilgan “Tatabahasa Melayu” (Malay tili grammatikasi) asari; internet manbalari.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Kurs ishini yozish jarayonida ko’plab ingliz, rus, malay va o’zbek tilida yozilgan manbalarga murojaat qilindi va ushbu tillarda yozilgan manbalar asosidagi tarjimalar kurs ishining asosini tashkil etadi. Bularga Nik Satiah Karim va Farid M.Onn tomonidan yaratilgan “Tatabahasa Dewan, Edisi Baharu”, T.V.Dorofeyevaning rus tilida yozilgan “Учебник малайского языка”, Osman Sulaymonning ingliz tilida yozilgan “Malay for everyone”, Asraf Zaitoning “Sistem Bahasa” kabi ilmiy asarlari va boshqa manbalar kiradi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishi “Malay tilida qo’shma otlar” deb nomlangan bo’lib, ishni yozishdan maqsad - zamonaviy malay tilidagi ot so’z turkumi, yasalishi va qo’shma otlarning xususiyatlarini tushuntirib berish va ularni hosil qilish usullarini tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun esa quyidagi vazifalar qo’yildi:
1) Malay tilida ot so’z turkumi, uning ma’no turlarini izohlab berish hamda morfologik va sintaktik jihatdan tahlil qilish;
2) Malay tilidagi qo’shma otlar, ularning xususiyatlari hamda yasalish usullarini ko’rsatib berish;
3) Malay tilidagi otlarning hosil qilish jarayonida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tushuntirib berish.
Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda mavzuga bog’liq bo’lgan nazariy adabiyotlar o’rganib chiqildi. Ushbu nazariy adabiyotlarni 2 guruhga bo’lish mumkin:
1. O’zbek tilidagi umumiy tilshunoslikka oid bo’lgan adabiyotlar. Ushbu adabiyotlar yordamida ot haqidagi umumiy ma’lumotlar o’rganib chiqildi.
2. Malay tili bilan bevosita bog’liq nazariy adabiyotlar: Masalan: Nik Satiah Karimning “Tatabahasa Dewan” va Farid Osmanning “Tatabahasa Dewan. Edisi Baharu” asarlari. Ular yordamida mavzu bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavzuni o’rganishda darsliklar, o’quv qo’llanmalari, lingvistik lug’atlar hamda ikki tilli lug’atlardan ham foydalanildi Ushbu guruh adabiyotlariga A.Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati”, Othman Sulaymanning “Malay for everyone”, M.Havkinsning “Kamus dwibahasa” ikki tilli lug’ati va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Ushbu kurs ishda mavzuni yoritishda tasviriy metoddan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, qo’llanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, asosiy qism 3 rejaga ajratilgan. Birinchi rejada malay tilidagi otlar va qo’shma otlar hamda ularning grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot berib o’tilsa, keyingi rejalar malay tilidagi ot yasalishining affiksatsiya usuliga bag’ishlanadi. Jumladan, ikkinchi va uchinchi rejalarda malay tilidagi ot yasovchi grammatik xususiyatlar tahliliga bag’ishlanadi. Har bir qo’shma ot va ularni hosil qilish usullari turli misollar yordamida tushuntirib beriladi. Xulosa qismida esa material asosida kelib chiqqan xulosalar, erishilgan natijalar keltirib o’tiladi.

[1] Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”,


2011. – B.3.
[2] http://www. google.com
[3] http://en.wikipedia.org/wiki/Malay_language
[4]Farid Osman.Tatabahasa Dewan Edisi Baharu – KL.: Dewan Bahasa dan Pustaka. 2004.hl.25-67.
[5] http://en.wikipedia.org/wiki/Malay_language


Download 86,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish