Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va turizm fakulteti turizm yo'nalishi mustaqil ish bajardi: taniqulov zafarbek turizm hind-ingliz guruh talabasi



Download 38,59 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi38,59 Kb.
#685387
Bog'liq
DINSHUNOSLIK MUSTAQIL ISH TANIQULOV ZAFARBEK


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI VA TURIZM FAKULTETI TURIZM YO'NALISHI
MUSTAQIL ISH


Bajardi:TANIQULOV ZAFARBEK
Turizm hind-ingliz guruh talabasi

REJA:


  1. PAYG’AMBARIMIZ MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA ENG AFZAL BO’LGAN 4 TA SAHOBA

  2. TIRIKLIGIDA JANNATIY BO’LISHI BASHORAT QILINGAN 10 TA SAHOBA



 
Islomiyatda Sahobalar Islom dini payg`ambari Muhammadning din jihatdan yo`ldoshlari.Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan birga mo’min-musulmonlikda yashagan va mo’min-musulmonlikda vafot qilgan kishilardir. Har qaysilarini biz do’st tutmog’imiz lozim. Ularning eng afzallari hazrati Abu Bakr Siddiq , hazrati Umar ibn Xattob, hazrati Usmon ibn Affon, hazrati Ali Murtazo roziallohu anhumlar. Ushbu to’rt sahoba muhtaramu mukarram choryorlardir..
Eng avvalgi musulmon va eng birinchi siddiq va Rasulullohning hamsuhbatlari hamda Ulardan keyingi birinchi xalifa bo‘lmish Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibni Abu Qahofa ibni Omir nasablari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga tutashadi.. Va Murra ibni Kab’i ibni Luayda jamlanadi. Onalari esa Omirning o‘g‘li Sahrning qizlari bo‘lmish Salmo nomli ayol edilar. Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu fil yilidan ikki yilu to‘rt oydan so‘ng tug‘ilganlar. Rasululloh alayhissalomdan ikki yoshu to‘rt oylik kichkina edilar. Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya’ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar. Yahudiylar Rasululloh alayhissalomdan Isro voqeasini eshitgan so‘zlariga ishonmasdan, Abu Bakr huzurlariga keladilar. «Sohibingiz mana shunday deyapti, siz shunga ishonasizmi?» — deb so‘raydilar. Shunda Olloh va Rasulining do‘sti, Islom ravnaqi yo‘lida butun borlig‘ini fido etuvchi zot bo‘luvchi Abu Bakr makkor yahudiylarga shiddat-la qarab: «Agar bundan ham boshqa ajabliroq narsalarni Rasululloh hazratlari aytsalar men ko‘nglimga zarracha shubha va shak keltirmagan holimda hech bir to‘xtovsiz darhol tasdiq etaman», dedilar, Ushbu kundan boshlab Islom jon fidosining taxalluslari laqablari Siddiq bo‘lib qoldi. Qiyomatga qadar, inshoolloh, shunday bo‘lib qoladi. Olloh Kalimasining yuksalishi yo‘lida sof niyatli, xolis ixlosda xizmat qiladigan har bir muxlis mo‘‘minning nomi albatta jahon ayvonida mana shunday yuksak fazilatli nomlar qatorida avlodlar qalbiga muhrlanib, to qiyomatga qadar unutilmay qolajakdur. Nodonlik va nafosatsizlik, befarosatlik kasalligiga yo‘liqqanliklari sababli OLLOH kalimasining yuksalish yo‘llariga g‘ov solishga behuda chiranib urunuvchi badbaxtlarning nomlari esa asrlar osha la’nat tamg‘asiga uchrab avlodlar nafratiga sazovor bo‘lajakdur. Bu ikki yo‘ldan birini o‘zingiz tanlab olavering, misollar esa atrofingazda qalashib yotibdi.

Abu Bakr Siddiq (r,a.), Rasululloh alayhissalom bilan Islomni e’lon qilgan kunlaridan boshlab doimo birga hamsuhbat bo‘lganlar. U janob qurayshlardan va boshqa nodonlardan juda ko‘p izo jafo chekkanlar. Boyliklari ham, nasablari ham, xalq orasida tutgan o‘rinlari, e’tiborlari ham, xushxulqlari ham qurayshlarning izosidan qaytara olmagan. Islom diniga birinchilardek musharraf bo‘lganliklari Rasulullohning eng yaqin hamkorlaridan bo‘lganlari sababli qurayshliklar u janobga har turli izo jafolarni yetkazganlar. U janobning Rasulullohning juda ko‘p o‘rinlarda mushriklardan mudofaa qilganliklari tarix kitoblarida bitilgandur, U janob Rasulullohni himoya qilish yo‘lida mushriklar izosidan zarracha qo‘rqmay, jafolarini pisand etmay, jonfidoliklar etganlar. Siyrat kitoblarda bu haqda quyidagi voqea bayon etilgan.


Umar ibni Hattob qoruvli, uzun bo‘yli, quyuq-soqol mo‘ylovli, boshlarining old tomoni sochsiz, ikki qo‘llari bilan teng harakat qila oladigan, ulkan odimlar tashlab, biroz shoshilibroq yuradigan kishi edilar. O’zlari Quraysh qabilasidan bo‘lib, otalarining nomlari Hattob o‘g‘li, Nufayl o‘g‘li, Abdul Uzzo o‘g‘li, Riyoh o‘g‘li, Qurt o‘g‘li, Razoq o‘g‘li, Adiy o‘g‘li Ka’bdur. Nomlari Umar, kunniyalari Abu Xafs, laqablari esa Foruqdir. Haq birla botilni o‘rtasini to‘g‘ri ajratganliklari uchun Rasu-lulloh hazratlari tomonlaridan ushbu Foruq, ya’ni ajratuvchi de-gan laqab bilan laqablangandilar. Onalari Xantama nomli ayol bo‘lib, Qurayshning bani maxsum naslidandurlar. Umar (r.a.) fil yilidan uch yil keyin tug‘ilgan bo‘lib, Rasululloh payg‘ambarlikka musharraf bo‘lgan vaqtlarida 27 yoshlar chamasida edilar. Umar ibni Hattob johiliyat zamonida sharif va sayyid kishilardan bo‘lib, Qurayshning elchilik xizmatini bajarardilar. Yoshlik pallalaridan tortib to xalifa bo‘lgunlariga qadar savdogarlik bilan shug‘ullangandilar. O’zlarining aytarlik katta boyliklari yo‘q edi. Yoshlik vaqtlarida otalarining qo‘ylarini boqib yurardilar. Xalifa bo‘lib, amalga mingan vaqtlarida mana sho‘ yoshlik ayyomlarida qo‘y boqib yurgan yerlaridan o‘tib qolsalar har doim «Mana shu yerlarda Hattobning qo‘ylarini o‘tlatib podachilik qilardim. Otam muomalasii qattiq kishi edilar. Ba’zan qo‘y boqib, ba’zan esa o‘tin terib kunni o‘tkazardim. Hozir esa xalqni kutishga boshladim. Endilikda mendan ustun Rabbil olamindan boshqa kimsa yo‘q» — der ekanlar. Ular johiliyatda Abu Jahl kabi xalq ichida nufuzga ega kimsa bo‘lgandilar. G’oyat qattiq qo‘lliklari bilan omma o‘rtasida shuhrat topgandilar. Musulmon bo‘lmasliklaridan burun ahli Islom Umardan juda qattiq izolar chekkandilar. Shu sababdan Rasululloh Abu Jahl yohud Umarni Islomiyatga kiruvlarini orzu etardilar. Shunday bo‘lganda ahli Islomga mushriklar izolari bilan pasayar, degan umidda bo‘lardilar. Umar Islomga kirmaslaridan avval ahli Islom o‘zlarining ozchiliklari hamda qurayshlarning jafolaridan ehtiyot chorasi sifatida ibodatlarni yashirin tarzda ado etardilar. Ko‘proq ular Arkam ibni Abu Akram hovlilariga yashirincha yig‘ilib ibodatlarini o‘tashar va hamda Rasulullohdan din ta’limlarini o‘rganishardi.


13-yil 22-jumodil avvalda (634 yil 23 avgust) xalifalik mansabiga saylangan Umar ibni Xulafoi roshidiyn. Rizouddin ibn Faxriddin www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Hattob «Islom davlatini boshlab to‘g‘ri asosga bino qilgan zot», deya ta’rif etiladurlar. O’zlarining eng birinchi xutbalarida tutayotgan siyosatlari haqida qisqacha, ammo g‘oyat ochiq tarzda bayonot bergandilar. Mana shu xutbalarida aytgan so‘zlariga umrlarining oxirigacha amal qiloldilar, uddasidan chiqdilar. «Arablar yetaklovchiga ergashadigan asov tuyalarga o‘xshaydilar. Ammo men ularni, Ollohga qasam ichib aytamanki, to‘g‘ri yo‘lga solaman», degandilar. Voqean shunday bo‘ldi. Hech qanday tartib va intizomni bilmaydigan arab jazzirasidagi xalqlarni bir butun davlat qo‘l ostida birlashtirib, o‘z zamona-sidagi eng kuchli sanalmish Eron va Vizant saltanatlariga tahdid soladigan millatga aylantira oldilar. Mana shu boshboshdoq xalqlarni birlashuvi oqibatida tuzilgan davlat Eron kabi yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan saltanatning to‘rt ming yillik tarixini yer yuzidan o‘chirib tashlay oldi. Vizant saltanatining arklarini esa larzaga solib yubordi. Juda ko‘p yerlarni qo‘lidan tortib oldi va o‘z davlati chegarasiga qo‘shdi. Iroq, Suriya, Misr kabi dunyoda eng unumdor boy mamlakatlar sanalgan joylarni ham arab davlati hisobiga kengaytirib qo‘shib oldi. O’n yildan ortiqroq vaqt mobaynidagi hukmdorliklarida Umar ibni Hattob Abu Bakr zamonlarida boshlangan futuhotlarni g‘oyat jiddiyat ko‘rsatib davom etdirdilar. Amalda zo‘r muvaffaqiyatga erishdilar.

SHAHIDUL MEHROB USMON IBN AFFON Raziyallohu anhu Bundan maqsad, ul ulug‘ning uchinchilari bo‘lgan, xilm va viqorda nihoyatda go‘zal namuna bo‘lgan va hamda tajovuz va zulm tufayli namoz o‘qiyotgan mehroblarida o‘ldirilgan, Rasulullohning ikki muborak qizlarining kuyovlari, o‘zlaridan keyingi ikki xalifalarning xalifa lari bo‘lgan Usmon ibni Affon ibni Abdul Os ibni Umayya ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning ta’riflaridur. U kishi asli quraysh toifasidan bo‘lib, nasablari Rasululloh nasablariga Abdumannob orqali birlashadi. Usmon (r. a.) fil yilining oltinchi sanasida, ya’ni eng to‘g‘ri rayga ko‘ra Rasululloh hazratlarining tug‘ilishlaridan olti yil keyin dunyoga kelganlar. U zot barokat Toif shahrida olamga keldilar. Onalari Arvo Qurayz ibni Habib ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning qizlaridurlar. Momolari esa nabiy alayhissalomning ammalari bo‘lmish Abdul Mutallibning Bayzo nomli qizlari edilar. Usmon (r. a.)ning Islomdan avvalgi hastlari to‘grisida tarix bizga juda oz narsani ma’lumot bsrgan. U kishi ko‘rkam, o‘rta bo‘yli, chiroyli yuzli edilar, demoqdan o‘zga narsalar to‘g‘risida mufassalroq xabar bsrmaydi. «Quyuq sochli, bug‘doyrang yuzlarida chechakdan qolgan ikki nuqtalari bo‘lgan xushtabiat bir kishi edilar», deya yozadi tarix kitoblari. Bundan tashqari, ya’ni u zot Quraysh qabilasining nasabida ulug‘laridan bo‘lganliklari hamda yaxshi-yomonni ajratishda tamizli bir zot bo‘lganliklari, xasli hamda, Qurayshning katta savdogarlaridan bo‘lganliklari ham qayd etilgan. U kishi haqlarida Islomga kslmasdan burun aytilgan gaplar, aniqrog‘i mana shulardan iboratdur.


Ali ibn Abu Tolib Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib xonadonida tavallud topdi. Bu paytda Rasulullohning yoshlari o‘ttiz ikkida edi. Hazrati Alining otasi Abu Tolib Qurayshning ulug‘ va atoqli shaxslaridan bo‘lib, Nabiy sallallohu alayhi vasallamga Quraysh mushriklari aziyat yetkazganda himoya qilgan, Islomni qabul qilmagan bo‘lsada dinga juda katta foydasi tekkan fozil kishi edi. Abu Tolib jiyani Nabiy alayhissalomni eng qiyin va og‘ir vaqtlarda. ahvollari tang bo‘lib qolganda himoya qilardi. Abu Tolib serfarzand kishi edi. Rasuli Akram payg‘ambarlik yuborilmasdan ilgari amakisi Hamza ibn Abdulmuttolib bilan kelishgan holda uning ismi farzandini o‘z qaramog‘iga olishgan edi. Abbos Hamzaning Ali esa Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hujralarida ulg‘aya boshladi.
Hazrati Alining ranglari bug‘doy rang, tepakal va faqat boshining orqa qismidagina sochlari bo‘lgan. Soch va soqollari oq tus bo‘lgan. Ko‘zlari qop-qora, yelkalari keng, kaftlari dag‘al, qorindor, to‘lalikka yaqin, o‘rta bo‘yli, tishlari ko‘rinib turadigan va chiroyli yuzli, agar yursa, gavdalarini ko‘tarib yuradigan kishi bo‘lgan. Ota-onasining hamma ishlarida yordam berardi.
Bolalardan birinchi bo‘lib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keltirgan dinni qabul qiladi.
Ali yoshligidan johiliyatning har xil nopok odamlaridan yiroq bo‘lib voyaga yetdi. U islomni qabul qilganida o‘n yoshda edi. Bir kuni otasi Abu Tolib Alini Makka daralaridan birida Muhammad (s.a.v.) bilan birga namoz o‘qiyotganini ko‘rdi va o‘g‘lidan so‘radi:
- Ey o‘g‘ilcham, sen ham amaking keltirgan dinga iymon keltirdingmi?
Ali aytdi:
- Ey ota, men amakim Muhammad (s.a.v.) Allohning payg‘ambari ekaniga iymon keltirdim va tasdiqladim. Hozir ko‘rganingizdek Alloh uchun namoz o‘qib, u kishiga ergashdim.
Abu Tolib dedi:
- U seni yaxshilikka boshlagan bo‘lsa. uni lozim tut. Ali amakisi Muhammadni yaxshi ko‘rar, hurmat qilar va ba'zi ishlarida yordam berardi. Abul Qosim sallal-lohu alayhi vasallam Makkadan chiqib ketadigan hijrat kechasida o‘z joylariga Alini yotqizib ketgan edilar.
Hazrati Ali Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga qilgan hijratlarini qo‘yidagicha eslaydi;- Rasululloh Madinaga hijrat qilgach, menga Makkada qolishni tayyinladilar. Chunki men Rasululloh (s.a.v.)ning qurayshliklarga berishi kerak bo‘lgan omonatlarini yetkazishim zarur edi. Quraysh qabilasi Nabiy alayhissalomni "Amin" kunyasi bilan sifatlardi. Men Qubays tog‘iga chiqib uch marta: "Kimning Muhammadga omonati bo‘lsa, kelib olib ketsin, deb e'lon qildim. Omonatlarni ado etib bo‘lganimdan so‘ng Rasululloh alayhissalom orqalaridan yo‘lga chiqdim. U zot qo‘nim topgan Amr ibn Avf uyiga yetib kelib, Gulsum ibn Xidomning xovlisiga joylashdim.Rasululloh alayhissalom Madinaga kelganlaridan so‘ng masjid qurilishi boshlanib ketdi. Birinchi bo‘lib Nabiy alayhissalom, keyin Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhular navbat bilan g‘isht qo‘yishdi. Musulmonlarning kuch qudrati va ahilligi bilan masjid qisqa muddatlarda qurib bitkazildi. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muhojirlar va ansorlarni bir-birlari bilan birodar bo‘lishga chaqirdilar. Nabiy alayhissalomning o‘zlari Ali ibn Abu Tolib bilan birodarlik rishtasini bog‘ladilar.
Jannati hushhabari berilgan 10ta sahoba 1 Abu Bakr as-Siddik r.a 2 Umar ibn al-Hattob r.a 3 Usmon ibn Affon r.a 4 Ali ibn Abu Tolib r.a 5 Talha ibn Ubaydulloh r.a 6 Said ibn Zayd r.a 7 Zubayr ibn Avvom r.a 8 Sa'd ibn Abu Vakkos r.a 9 Abdurahmon ibn Avf r.a 10 Abu Ubayda ibn al-Jarroh r.a
Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb al Quroyshiy (arabcha: طلحة بن عبيدالله; 595-656) — Islom payg’ambari Muhammadning ilk safdoshlari (sahoba)dan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan. Arablarning Quroysh qabilasidagi Toim ibn Murra qabilasidan kelib chiqqan[2]. Abu Bakr Siddiqning qarindoshi hisoblanadi[3]. Abu Bakrning va do’stlarining tavsiyasi bilan Islomni qabul qilgan. Uhud jangida Muhammadni himoya qilgan va Jannat bashoratini olgan. Muhammadning o’limidan so’ng xalifalikka Abu Bakr nomzodiga ovoz bergan. Xalifa Usmon ibn Affonning o’limidan ko’p o’tmay, Tuya jangida halok bo’lgan. O’g’li Muhammad ibn Talha ham shu jangda o’lgan. Yana bir o’g’li Muso ibn Talha esa uning boy merosiga ega bo’lgan. Qizi Oysha binti Talha esa, arablarning nufuzli ayollaridan biri edi.

SAID ibn ZAYD (taxminan 600-671) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashshara ahlidan. Otasi Zayd Banu Adaviy urug‘idan bo‘lgan. Saidning bobosi johiliya davrida Makkadaga boshliqlardan hisoblanganSaid ibn Zayd Umar (ra)ning pochchasi edi. Zavjasi Fotima bilan ikkisi Umar (ra)dan avval musulmon bo‘lishgan, Habashistonga ham birga ko‘chishgan.Talha bilan birga Shomga jo‘natilgani uchun Badr jangida qatnashmagan. Lekin g‘animatlardan uning ulushi ajratilgan. Boshqa janglarda qatnashgan.Xalifa Abu Bakr Siddiq davrida Shom fathida ishtirok etgan. Said ibn Zayd saxiy, ibodatga qattiq berilgan, taqvo sohibi, mujohid bir zot bo‘lgan.Dunyo ishlariga ahamiyat bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan. Said ibn Zayd Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan.
Zubayr ibn Avvom toʻliq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al- Asadiy al-Qurayshiy (? -656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan. Quraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urugʻidan. Muhammad (sav)ga xolavachcha, Xadichaga esa, akaning oʻgʻli. Oishaning singlisi Asmoga uylanganligi uchunRasuliAkramga boja hisoblanadi.12yoshida islomga kirgan. Oldin Habashistonga,soʻngra Madinaga koʻchgan(hijratqilgan)lardan. Muhammad(sav)ning barcha gʻazotlarida qatnashgan. Badr jangida dushmanga birinchi boʻlib qilich solib hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan. Misrni fath etishda qatnashgan. Zubayr ibn Avvom badavlat boʻlib, uning bir quli, hisobsiz moli, yer va bir necha uyi boʻlgan; u xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yoʻlida sarflagan. Savdogarlik bilan shugʻullangan. Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan 6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga qoʻshilgan. Jamal jangida Aliga qarshi chiqqan, soʻngra afsus chekib, orqaga qaytgan. Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida oʻldirilgan. Qotil Ibn Jurmuz Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali paygʻambarimizning "Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi hadislarini oʻqib bergan. Zubayr ibn Avvom paygʻambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan.

Arablarning Quroysh qabilasidan. Muhammad onasining amakivachchasining o’g’li.Rasululox (s.a.v) ning tog’alari S.i.A.V Forsni egalagan qumondon hisoblanadi bu sahoba hal qiluvchi Qodisiya jangida bosh sarkarda bo’ladi bu jang Xalifa Umar ibn Xattob davrida bo’ladi.Bu sahoba Jannat habari tirikligidayoq berilgan 10 ta sahobadan 1 tasi.Umar r.a vafotidan kegin Ahli Sho’ro bolgan 6 ta odamning 1 tasi.Rasuloloh (s.a.v) “OTA ONAM FIDO BO’LSIN) degan sanoqli sahobalardan edi.Sa’d ibn Abu Vaqqos r.a duosi ijobat bo’ladigan sahobalardan edilar.Ularni Rasuloloh (s.a.v) duo qilgan edilar.



Abdurahmon ibn Avf (taxminan 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. Abdurahmon ibn Avf ham Habashistonga, ham Madinaga koʻchgan muhojirlardan. Badr, Uhud va boshqa janglarda Muhammad (sav)ning yonlarrida boʻlgan. Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, soʻngra tijorat bilan shugʻullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni koʻp qiladigan, bu odatni yaxshi koʻradigan zot boʻlgan. Bir kunda oʻttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini gʻoziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan soʻng xalifa boʻlishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bayʻat qilgan. Abduramon ibn Avf Abdur Rahman bin Awf, (Arabchasi:عبد الرحمن بن عوف‎) Fil yilidan 10 yildan so'ng tavallud topgan va 31 hijriy yilda – 652 milodiyda 72 yoshida vafot topgan. Payg'ambar s.a.v ning sahobalaridan.

ABU UBAYDA ibn Jarroh (? - 639) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan keyin islomga birinchi boʻlib kirgan kishi. Asharai Mubashsharalardan.


Ismi Omir, quraysh qabilasining bani Fixr urugʻidan boʻlgan. Abu Ubayda ibn al-Jarroh Habashistonga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Muhammad (sav) bilan hamma gʻazotlarda qatnashgan.Islom tarixida shijoatli va oʻta jasur mujohid, buyuk sarkarda, odil bir inson sifatida tanilgan. Otasi Badr jangida makkalik mushriklarga qoʻshilib, musulmon qoʻshinlariga qarshi kurashgan, oʻgʻli Abu Ubayda ibn al-Jarrohni oʻldirishga qasd qilgan, doimo uni ta'qib etgan.Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida Shom (Suriya) fathi uchun yuborilgan.Abu Ubayda ibn al-Jarroh odil, shafqatli va halim zot boʻlgan. Bu hol dushmanni yengishga qoʻl kelgan, Shomning urushsiz olinishiga sabab boʻlgan.639 yil Shomda ogʻir, yomon kasallik (touni amvos) garqalgan. Kasallik dastlab Falastindagi Amvos qishlogʻidan chiqqan boʻlib, bu kasallikdan bir oy ichida yigirma ming musulmon vafot etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

https://hozir.org/mavzu-10-islom-dini sayti
O'z/ME.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi". Davlat ilmiy nashriyoti. („www.ziyouz.com kutubxonasi“ dan olindi.)

Download 38,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish