I BOB. GENDER TENGLIKNI TARIXIY-HUQUQIY JIHATDAN TADQIQ ETILISHI
I.1. Gender tenglikning ilgari surilishi tarixidan
Bugungi kunda, zamonaviy jamiyatda globallashuv va integratsion jarayonlarning keng ko’lamda quloch otishi, yangi muammolarni keltirib chiqara boshladi. Jamiyatshunos tadqiqotchilar tomonidan izchil va chuqur o’rganilishi lozim bo’lgan muammolar qatoriga bugun hech ikkilanmasdan “gender” jarayonlarini ham kiritish mumkin.
Jins erkaklar va ayollar o’rtasidagi universal biologik bo’lib, anatomik va fiziologik mohiyatni, individning biologik jinsga – erkak yoki ayol jinsiga mansubligini aniqlash uchun asos bo’ladigan biologik belgilar birligidir. Erkaklar va ayollar rollaridagi jiddiy bo’lmagan farqlar ularning biologik xususiyatlariga taalluqlidir.
Biroq, erkaklar va ayollar o’rtasidagi biologic farqlardan tashqari o’z tabiatiga ko’ra biologik bo’lmagan sabablarga asoslanuvchi ko’plab farqlar bor. Ya’ni, ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining bo’linishi, xatti-harakat va individlarning psixologik xarakteristikalarida farqlar mavjud.
Ta’kidlangandek, erkaklar va ayollar o’rtasidagi biologik, tabiiy farqlar bilan erkakalr va ayollarning xatti-harakatini, ijtimoiy va madaniy xarakteristikalarini aniqroq farqlash uchun gender atamasi qabul qlingan. Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki tushuncha – biologik va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi. Gender ( inglizcha gender – jins) jins tushunchasini fiziologik voqelik ustqurmasi bo’lgan ijtimoiy konstruksiya sifatida belgilaydi.11
Gender ayollar va erkaklarga ta’sir ko’rsatuvchi barcha ijtimoiy jarayonlarda tashkil topadi va qayta tiklanadi. Genderning ijtimoiy tashkil topishi nazariyasida uchta asosiy tushuncha farqlanadi: jins, jinsiy mansublik va Gender.
1970 yillar boshigacha jins xususida bu anatomik, fiziologik xususiyat, individga berilgan maqom, degan aniq tasavvur mavjud bo’lgan. Gender esa feminist tadqiqotchilar tomonidan “psixologik, madaniy va ijtimoiy vositalar bilan erishiladigan maqom” sifatida ko’rib chiqiladi. Biroq shaxsning Gender identifikatsiyasi 5 yoshlarga kelib shakllanishi, keyinchalik esa jamlanadigan tajriba mustahkamlanib borishi Gender erishish mumkin bo’lgan maqom ekanligi to’g’risidagi qarashni shubha ostiga oladi. Shu natijasida, davrlar va zamonlar o’tib borishi bilan Gender tengligi va ayollar huquqlarini himoya qiluvchi mexanizmlar, tashkilotlar hamda bir guruh shaxslar jamoasi paydo bo’la boshladi.12
Xotin-qizlar harakati dastavval Shimoliy Amerikada, 1775-1783 yillar davomida mustaqillik uchun kurash sharoitida va Fransiyada 1789-1794- yillardagi inqilob davrida vujudga keldi . Dastlabki feministlar xotin- qizlarning ezilishi hamda ularning erkaklarga qaramligi sababini izlar ekan, ularni ham huquqiy va ijtimoiy jabhalarda ko’radi. Ularning qarashlari feministik dunyoqarash, keyinchalik feministik nazariya shaklini oldi.
Feminizmning rivojiga 1792-yilda Germaniyada chop etilgan Teodor fon Gippelning “Xotin-qizlarning fuqarolik holatlarini yaxshilash to’g’risida”gi asari, 1792-yilda Angliyada chop etilgan “Xotin – qizlar huquqlarini himoya qilish” asari kuchli ta’sir ko’rsatgan.
1840-yilda xotin-qizlar huquqlari uchun kurashning ayollar guruhi tashkil etildi. Unga Elizabet Kedi Stenton rahbarlik qildi. Shu yili Londonda qullikka qarshi kurash bo’yicha xalqaro konferensiya uyushtirildi va Elizabet Stenton unda nutq so’zlash hamda mazkur masalaning muhokamasida qatnashish niyatida edi. Biroq, unga rad javobini berishdi. Shunda konferensiyaning boshqa ishtirokchi ayollari norozilik bildirib, Konvent zalidan chiqib ketdi. Konferensiyaga kelib, keyin uni tashlab ketgan ayollar orasida qullikka qarshi kurash harakatining faol ishtirokchisi Lukretsiya Mott bor edi. Bu yerda shu ayol va Kedi Stenton xotin-qizlarning ijtimoiy, fuqarolik va diniy huquqlari uchun kurash to’g’risida kelishib olishdi. Ularning bu yo’nalishdagi faoliyati yaxshi samara keltirdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan turli mamlakatlar xotin-qizlarining feministik harakatdagi ishtiroki ortdi. Asosiy talab- ayollarga saylov buquqini berilishi edi. 1888 yilda amerikalik feministlar tashabbusiga ko’ra tarixda birinchi xalqaro xotin-qizlar tashkiloti – Xalqaro xotin-qizlar kengashi tashkil etildi. Keyinchalik 50dan ortiq mamlakatda milliy xotin-qizlar tashkilotlari paydo bo’ldi va ular 1893 yilda Xalqaro kengashga birlashdi. Sharq mamlakatlarida xotin –qizlar harakati XIX asrning oxirlarida shakllana boshladi. Arabistonda birinchi feminist suriyalik ayol Varda al-Yazichiy bo’lgan. Bu davrda xotin-qizlar jurnallari chop etila boshlandi: Misrda – “ Al- Fagat”, “Fagat ush-sharqiy” (Sharq qizi), Suriyada – “Al - Xusnat”, (Go’zal) shu jumladan. Turkiyada xotin-qizlar harakati a’zolari “Toleyn nisvan jamiyat” tashkilotini tuzib, maxsus xotin-qizlar jurnalini chiqara boshladi. Bunda Xolida xonim, Fotima, Oliya, Nigor xonim va boshqalar faol ishtirok etgan.
XX asrning boshida ko’plab mamlakatlardagi feministik harakatlar radikal bosqichga o’tadi. Xotin-qizlarning o’z huquqlari uchun ko’p ming sonli yurishlari va namoyishlari bo’lib o’tadi. Faqatgina saylov huquqiga erishgach bunday namoyishlar to’lqini nisbatan pasaya boshlaydi. 13
Aytib o’tish joizki, ayollаr muаmmolаrini hаl qilish vа ulаrni hаl etish mаqsаdidа xаlqаro konferensiyаlаr ham tаshkil etildi. Аyollаr hаrаkаtlаrining muhim bosqichlаri:
1975 – yil I Butunjаhon Аyollаr Konferensiyаsi vа Xotin – qizlаr yili deb e’lon qilinishi (Mexiko, Meksikа);
1976 – 1985 – yil BMT tomonidаn “Tenglik, Tаrаqqiyot, Tinchlik” shiori ostidа Аyollаr o’n yillligi deb e’lon qilinishi;
1980 – yil II Butunjаhon Аyollаr konferensiyаsi (Kopengаgen, Dаniyа);
1985 – yil III Butunjаhon Аyollаr konferensiyasi (Nayrobi, Keniya)
1995 – yil Аyollаr holаti bo’yichа IV Butunjаhon konferensiyаsi (Xitoy, Pekin), Pekin deklаrаtsiyаsi vа Hаrаkаtlаr Plаtformаsi;
1995 – 2004 – yillаr BMT Bosh Аssаmbleyаsining 49 – sessiyаsidа “Inson huquqlаri tа’limining o’n yilligi” e’lon qilinishi.14
Do'stlaringiz bilan baham: |