Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom 
ettirayotgan
korxonalar ulushi 20% ni tashkil etgan xolos. Qolganlari 
esa turli 
sabalar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar ham tasdiqlaydi.
Statistik ma’lumotlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996- yilda tashkil 
qilingan 7 -400 kichik korxonadan 20%, 1998 yili esa 37 -00 ta korxonadan 7 -0% 
tugatilib 
ketgan. 
Shu 
boisdan 
ko‘pgina 
tadbirkorlar 
faoliyat 
bilan 
shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni 
oxirigacha etkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 
2000 - yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan 
kichik biznes sub’ektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7 -% yoki 25 -52 tasida 
ta’sischilar bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan 
tugatilganlari 25 -,6% ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan.
Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 - yil 22 - dekabrda Oliy Majlisga qilgan 
Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada 
rivojlanmayapti ? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari 
ko‘p. Ochig‘ini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat 
idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon 
saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab 
ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’ektlarini 
jadal barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur 
choralar ko‘riladi”, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1998- yil 9- apreldagi 
“Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish 


115 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. 2001- yil 22 - avgustda esa 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazib va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror 
qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni 
rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etildi. 
Kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat 
birjasi, “O‘zulgurjisavdo” orqali moddiy-texnika resurslari sotildi.
Mustaqillik yillarida soha rivoji tahliliga ko‘ra yana raqamlarga murojaat etilsa, 
2003 - yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab kichik 
va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari 
yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003 - yilda 1 milliard 200 million so‘mlik 
xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan 
shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli 
tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida 
moddiy ko‘maklar berilgan. 2003 - yilda 25 - mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va 
nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. 
So‘ngi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish 
bilan band aholi soni ham yil sayin ortib, 2007 - yildagi 2094,2 ming kishidan 2011- 
yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paygan. Respublikada tadbirkorlik 
faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan 
band bo‘lgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007 -2011- yillarda respublika 
bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega 
tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 
4,96 marta ko‘paygan.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish