109
–milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim yaratish;
–ko‘p
ukladli
iqtisodiyotni
vujudga
keltirish,
kishining
mulkdan
begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama
o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya
qilinishini ta’minlash;
–korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik
ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
–moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishni
ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
–kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini
o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va shakllarini o‘zi
mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy-islohotlarning asosiy va muhim tomonlari
aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga
e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar;
institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari;
agrar islohotlar;
tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Islohotlar jarayonini huquqiy jihatdan ta’minlash, qonuniy asoslarini yaratishga
alohida e’tibor berildi.
“Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat”.
(Islom Karimov. O‘zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., “O‘zbekiston”, 1995-, 29- bet.)
Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston bozor munosabatlarini
shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan o‘z yo‘lini tanlab oldi. Bu yo‘lning
asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston bozor munosabatlariga
o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida asoslab berildi (besh tamoyil).
Birinchidan,
iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish, iqti- sodiyotning
siyosatdan ustunligi. Bu yo‘lda xalqaro tajriba asos qilib olindi, xo‘jalik
imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar
hisobga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: