Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Tayanch iboralar: 
Narxlarni erkinlashtirish, Sog‘lom ona va bola, Davlat 
sanitariyasi, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida“, Dori vositalari 
va farmatsevtika faoliyati, “Xarakatlar strategiyasi”, “Korrupsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida qonun”
 
 
1.Aholining kam ta’minlagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni soqlash 
tizimidagi islohotlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor 
yo‘nalishlari. 
Mustaqil O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl 
maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, 
deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor 
bermaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug‘diradi. Bozor 
munosabatlariga o‘tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy 
himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish mavqeyini egalladi. 
“O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim 
qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli 
ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir”. 
(I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, 
siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322 -bet.) 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining 
vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi 
daromadlari darajasini saqlashga alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq 
iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi 
sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi. Shu maqsadda 1993 
- yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, 
xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi 
vositasi bilan bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam 
oshirish orqali aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994 - 
yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 
1995- yilda 250 so‘m, 2009 - yil 1 dekabrdan 37 680 so‘m, 2010 - yil 1-dekabrdan 
49735 so‘m, 2012- yil 1- avgustdan 7 2355 so‘mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelib 


125 
chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik 
maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib 
borildi.
Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa, 
qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yanada 
yuqoriroq darajada o‘sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stirendiyalar 
miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o‘sib bordi. 
Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat 
qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to‘lovlar 2000 - yilda 
187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan 
stirendiyalar miqdori 1998 - 2000 - yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 - yilda oliy o‘quv 
yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stirendiya oldi. Davlat 
tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining 
keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste’mol bozoriga, 
oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari narx-navosiga bog‘liq, albatta. 
Iqtisodiy 
islohotlarning 
birinchi 
bosqichida 
amalga 
oshirilgan 
narxlarni 
erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat 
tomonidan nazorat qilish choralari ko‘rildi. Narxlar 1992- yil yanvaridan boshlab 
bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan 
ko‘rib qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni 
erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 1992- yil 10 
yanvardan boshlab O‘zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat 
mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va 
xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o‘tildi. Hukumat aholini 
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari 
narxlarining chegarasini, ko‘rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori 
tariflarini belgilab qo‘ydi. Shu munosabat bilan don, bug‘doy yetishtirish uchun, un 
va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlabchiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir 
qismi respublika budjetidan to‘landi. O‘quvchi va talabalarga bepul nonushta va 
imtiyozli ovqat berishdan ko‘rilgan zarar davlat hisobidan qoplandi, bolalarga 
mo‘ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda 
korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993 - yilda qat’iy belgilangan va tartibga 
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning 
ro‘yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish 
to‘xtatildi. 1994 - yilning oktabr-noyabr oylarida xalq iste’moli mollari asosiy 
turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning 
tariflari oshirildi. Lekin aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida non va unning 
narxlari, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi 
to‘la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar 
xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi. 
Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat ichki 
iste’mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg‘armalarini 
tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi 
pul to‘lovlarini keng qo‘lladi.


126 
Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi 
xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol 
mollari va xizmatlarining ko‘pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o‘rni davlat 
budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 2 yoshgacha bo‘lgan 
bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning 
arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy 
bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy 
himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. 
Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p 
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994 - 
yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy 
himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari, 
maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus 
o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va 
kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg‘iz pensionerlar turar joy va 
kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur 
mollarni belgilangan me’yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish 
imkoniyati yaratildi.
O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir 
qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari 
xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida 
arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-
kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi 
qo‘llanildi. 1994 - yil 24 - avgustda “

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish