150
2000 - yil 12- may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on
qurbonlari xotirasi“ muzeyi qurilib, 2002-yil 27 -avgust kuni foydalanishga
topshirildi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”
muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati Shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun
qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik
tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy
xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi
Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning
farzandlari xotirasini
abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va Shu yili 9-
May kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi
tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida
34 jildlik “Xotira” kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 - May kuni “Xotira va
qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu
tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat
qilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik
majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni
ko‘tarishga
hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini
shakllantirishga ko‘maklashmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan
insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017 -yilning
o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda
Islom
Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm
viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada
Erkin Vohidov,
Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf
xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan
ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon
va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. Yurtimiz
taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz
va madaniyatimiz
rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov
tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston
Prezidentining 2017 -yil 27 -martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof
Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017 -yil
6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-
yanvardagi
“O‘zbekiston
Respublikasining
Birinchi
Prezidenti
Islom
Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga
ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom
Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib
ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-
yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand shahrida, Islom
Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p
yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom
151
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir
qator ko‘chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni
bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi,
24 -martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Mustaqillik yillarimizda yurtimizdagi qadimiy shaharlarning yubileylari
respublika va xalqaro doirada keng miqyosda nishonlanadi. Bu shaharlarda ulkan
obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
1997 -yil Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
2002 yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
2002 -yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
2003 - yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do‘stlik”
ordeni bilan mukofotlandi.
2006-yil – Qarshi shahrining 27 -00 yilligi nishonlandi.
2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
2007 -yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
2007 -yil – Marg‘ilon shahrining 2000 - yillik yubileyi o‘tkazildi.
2009 -yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: