106
inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari
yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir etib,
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. Unga amal qilgan
davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib
bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor munosabatlari iqtisodiyotning
yetakchi shakliga aylanib bordi.
Sobiq Ittifoq
hukmronligi davrida esa
hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni
yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni
markazlashtirilgan
tarzda
ma’muriy-
buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish
va taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror
toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib
ko‘rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o‘zini
oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi,
xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi.
Aksincha, millionlab odamlar qancha-qancha
balo-qazolarga uchradi, bunday
g‘ayritabiiy yo‘lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo‘ldi. Oxir-oqibatda ma’muriy
buyruqbozlik
asosida
boshqariladigan
o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan
iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi
yangilanish, tub o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet
tuzumidan bizga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib,
chuqur anglab
yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv,
o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini
o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston
rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular
qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar
edi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati yuritishda
qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sobiq
Ittifoqdan mo‘rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni
arzon xomashyo
va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.
Respublika iqtisodiyotida boy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz
foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, „Qayta qurish“ davrida batamom
barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, baqiriq-
chaqiriq, o‘g‘rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib
qolgan
edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo‘yicha boshqa korxonalar bilan
bog‘langan bo‘lib, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish
murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik
asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va
oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta
maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi natijasida
107
O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va boshqa
eng muhim oziq-ovqat mollari,
xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi.
Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar
tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas
edi. O‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni markaz-dan dotatsiya sifatida so‘rab, yolvorib
olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo‘yicha nochorlik, sobiq Ittifoq
miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi.
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o‘laroq,
O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. Eski
mustabid tuzumdan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi.
Aholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zaxiralarining
ifloslanganligi,
radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda
katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra,
birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo‘ron tufayli 1575 million tonna chang-
to‘zon ko‘tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni ifloslantirardi, aholini
turli-tuman kasalliklarga mubtalo qilardi. „Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni
xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan
taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama
iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan
yarimmustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi“.
(Islom Karimov. “O‘zbekiston
XXI asrga intilmoqda”. T., “O‘zbekiston”, 1999-, 6- bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: