90
Oliy Majlisda Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (Ombudsman) institutini tashkil
etish zarurati ilk bor 1995- yil 23-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi
sessiyasida ilgari surildi. Shu tariqa mamlakatimiz mustaqillik yillari tarixida ilk bor
1995- yilning 23-fevralida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili tashkil
etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali
bajarishga ko‘maklashish maqsadida 1995- yil 6-mayda Oliy Majlis tomonidan “Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili huzurida Fuqarolarning konstutsiyaviy
huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 881-sonli
qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra Inson huquqlari bo‘yicha vakil huzurida
jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha 10 kishidan iborat komissiya tasdiqlandi.
Ombdsman instituti faoliyatining yanada takomillashuvida O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999- yil 14ـaprelda
Oliy Majlisning XIV
sessiyasidagi ma’ruzasidagi quyidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etdi: “Insoniy
mezonlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va
ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Yevropa xavfsizlik
va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim.
Respublika mintaqalarida Inson huquqlari bo‘yicha vakil samarali faoliyat ko‘rsatishi
uchun shart-sharoit yaratish, Ombudsman institutining haqiqiy mustaqilligini
ta’minlash zarur”.
1999-yilning 12-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
7981-sonli
“Insonning konstutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha
komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”
gi
qarori bilan komissiya
tarkibiga yana 10 nafar komissiya qo‘shilib, Ombudsmanning mintaqalardagi vakillik
instituti vujudga kelishi uchun ilk
“tamal tosh”
i qo‘yildi.
Parlament Vakil va Komissiyaning asosiy faoliyati esa Oliy Majlis Kengashi
tomonidan 1995-yil 29-avgustda qabul qilingan Oliy Majlisning Inson huquqlari
bo‘yicha vakili to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solindi.
Shuningdek, Nizomda Vakilning saylanish tartibi, uning asosiy vazifalari,
shikoyatlarni taqdim etish (Vakilga) va ko‘rib
chiqish tartibi, Vakilning va shikoyat
etuvchining huquqlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha vakil huzurida fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning
Vakilga o‘z faoliyatini amalga oshirish jaryonidagi vakolatlari belgilandi.
Biroq shu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu Nizom Ombudsman
faoliyatining to‘liq huquqiy asosini tashkil eta olmas edi.
Birinchidan,
Oliy
Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risidagi
Nizom qabul qilingan
bo‘lsaـda, ushbu Nizom qoidalari hali milliy qonunchiligimizda o‘zining to‘liq
kafolatiga emas edi.
Ikkinchidan,
Nizomning 6-bandida vakil hokimiyat vakillik organlarining
harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqmaydi degan
qoidaning kiritilishi Ombudsmanning inson huquqlarini ta’minlashga doir
vakolatlarini cheklar edi. Chunki bugungi kungacha ham Ombudsmanga kelib
91
tushayotgan murojaatlarda hokimiyat vakillik organlari faoliyatidan qoniqmaslikka
doir arizalar anchani tashkil etmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili institutining, huquqparvar
jamoat tashkilotlarining mavqei va maqomini ko‘tarish zarur. Inson huquqlarini
himoya qilish sohasidagi mavjud Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikri instituti,
Amaldagi qonunchilik
monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy markaz singari
tashkilotlarni rivojlantirish hamda boshqa yangi institutlarni tashkil etish lozim. Bir
so‘z bilan aytganda, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini boshqarish va
nazorat qilishning yangi samarali mexanizmlarini barpo etish zarurati etildi”.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘g‘risidagi qonunining
loyihasi ustida 1996-yilda ish boshlandi.
Unda Oliy Majlis deputatlari,
respublikamizning huquqshunos olimlari, chet ellik ekspertlar ishtirok etdilar. Qonun
loyihasini tayyorlashda chet el Ombudsmanlari tajribasi, shuningdek, 1996- yil
sentabr’ oyida Toshkent shahrida YYXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy
institutlar” mavzusida o‘tkazilgan seminar-kengashda chet ellik mutaxassislar
bildirgan taklif va fikr-mulohazalar hisobga olindi. Inson huquqlari bo‘yicha
vakil
to‘g‘risidagi Qonun loyihasi 1997 - yil 14-fevralda umumxalq muhokamasi uchun
“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 - yil 24 - aprelda bo‘lib o‘tgan
sakkizinchi sessiyasida esa “
Do'stlaringiz bilan baham: