Boshqaayolobrazlaribazisyujetlarijudahamyumorgaboybo’lganisababli, qiziqarlidir.”95
Hayot materialini badiiy badiiy aks ettirishda rang-barang tasvir vositalaridan foydalaniladi. Syujet mana shunday vositalardan biridir.
Xeyan davrining ayollari ideal ravishda shakllanganlar. Ular juda nozik, didli, nazokatli, kuchli bo’lgan. U o’zini hurmat qila olgan, hissiyotlarga berilgan va boshqalarni fikrlarini hurmat qila olgan o’zini juda yaxshi tutugan. Ularning kiygan kiyimlari katta ahamiyat kasb etgan.Ularning kiyimlarida yapon xalqining milliyligini, urf-odatlarini ko’rishimiz mumkin. Xeyan davrining zodagon ayoli chiroyli yozishni, o’qishni, she’r yozishni, xat yozishni, turli cholg‘u asboblarida kuy chalishni, tikishni, raqsga tushishni mahorat bilan bajarganlar. Qolaversa yapon san’ati bo’lmush ikebana, adabiyot bilan ham shug‘ullanganlar. Ular har tomonlama bilimlarini oshirib ideal ayolga aylanishga harakat qilganlar. Shu sababdan ham, bu davrdagi ko’pgina asarlar ayol yozuvchilar tomonidan yozilgan va asarlarning ko’pida bosh qahramon obrazlarini ayollar yaratganlar. Tabiiyki, zodagon ayollar o’zlariga ko’p e’tibor berganlar. Ular Xeyanning butun hayotini asosiy elementi bo’ldilar. Atrofda tarqalgan estetizm va hissiyotlilik ularga tayangan edi va mujassamlangan edi. Bundan tashqari ular bunday hayotni ko’p jihatdan boshqaradilar, ularning yo’nalishi belgiladilar. Xeyan davrigacha ayolning roli juda katta bo’lgan. Ayol keyinchalik bo’lganidek, hali o’zining namoyon bo’lishida cheklanmagan edi. Ma’naviy madaniyat sohasida- xususan, poeziyada. Nara davridayoq ayollar erkaklardan kam emasdilar. Shu davrning qancha she’r va poetik antologiyalari - “manyeshyu”lar shoiralarga tegishli bo’lgan.96 Xeyan davri boshlanishi bilan esa o’ziga shak-shubxasiz o’z o’rniga ega bo’ldi. Adabiy qobiliyatga ega bo’lgan qator ayol yozuvchilar paydo bo’ldi. Ularning mo’yqalamlariga hayotning har ehtimolga qarshi xolatlari va har qanday hisssiyotlar bilan bitilgan son sanoqsiz tankalar mansub. O’sha davr kishilarining fikr va hissiyotlarini to’liq va batafsil ifodalagan kundaliklar yuritdilar, ular o’zlarini o’rab turgan haqiqatni tariflaydilar va romanlar, qissalar orqali bayon etadilar. “Genji monogatari” (源氏物語)“Ulug‘vor Genji ajoyib shaxzoda”-davrning eng yirik romanlaridan hisoblanadi. U o’sha davrning ayol yozuvchisi Murasaki Shikibuga tegishli. Asar yosh shaxzoda Genjining tug‘ilishidan o’lishiga qadar hikoya qiladi. Asar 54 bobdan iborat bo’lib, 300 ta personajlar bo’lib, ulardan asosiylari 30 ga yaqin.97 Shu davrda yozilgan “Yurakdagi bitiklar” nomli asarning muallifi ham ayol yozuvchi- Sey Syonagon tomonidan yozilgan. Ularning “Kokinshyu” antologiyasida ishtiroki esa, unda ko’pgina ajoyib tankalar mavjudligi sabab bo’lib, ular shu turdagi poeziyaning benuqson na’munalari hisoblanadi. Onnano Komatining (X asardagi shoirani ismi) – Xeyan davrining “Rokkashen”-“Oltita o’lmas shoirlar” nomli to’plamida yorqin yulduz bo’lib porlamoqda. Biroq birgina Onnano Komatining o’ziga qarab Xeyan davri ayoli qanday rol o’ynaganligi to’g‘risida to’liq tasavvur hosil qilish mumkin. Qomati nafaqat shoira sifatida, balki u butun asrlarga go’zallik na’munasi sifatida ham mashxur. U shoirada muhim ikki hislat –shoirona san’at va go’zllik uning siymosida shunchalik uyg‘unlashib ketgan.98 Xeyan davrdagi ayollar uchun qo’rslik, tarbiyasizlik, nafis muomala va poeziya san’ati sohasidagi uquvsizlik singari noma’qulchilklar ham kam kechirilgan bunday kamchilklar ular uchun begona bo’lgan.
Bu davrda ko’p asarlarni ayol yozuvchilar yaratganligi sababli ko’p asarlarda asosiy mavzu ayollar va bosh qahramonlar ro’li ham ayollar bo’lgan.Va asar syujeti asaosan o’sha davr ijtimoiy hayotidan kelib chiqib yozilgan. Bu davr asarlarida ham yomon va yaxshi nayol obrazlari talqin qilingan. Xuddi bizning ertaklarimizda uchraydigan yalmog‘iz obrazi va ijobiy yaxshililklar keltiruvchi obrazlar kabi.
Yaponlarda yalmog‘iz obrazi “Yamamba” (山姥- “tog‘ alvastisi”) yapon mifologiyasi hisoblanadi. Yamamba u yoshi katta, xunuk qariya. Sochlari uzun oqargan, taralmagan. U odatda qizil kir kimano kiyib yuradi. Uning og‘zi kattaligidan qulog‘igacha boradi. Bazi manbalarda uni 2 ta o’g‘izli deb qayd qilishgan. U tog‘dagi g‘orlarda va o’rmonlarda yashaydi. U har doim aql bilan ish yuritib odamlarni ayyorlik yo’li bilan yo’ldan ozdiradi.
Yuqorida misol tariqasi keltirilgan obrazni biz deyarli barcha xalq ertaklarida turli ismlar orqali ko’rishimiz mumkin. O’zbek xalq ertaklari orasida ham bunday obrazga juda yaqin bo’lgan obraz yalmog‘iz kampir obrazini ko’rishimiz mumkin. Unining tashqi ko’rinishi deyarli Yamamba obrazi bilan bir xil tarzda yaratilgan. Yalmog‘zi kampir ham o’rmonlarda yashaydi, uning ham sochlari to’zigan holda, kiyimlari chirib ketgan, ko’zlari katta, o’gzi ham qulog‘iga yetadigan darajada katta u juda hunuk kuladi.
Ochikubo monogatarida asosiy qahramonlar ayol obrazlari hisoblanadi. Ulardan o’gay ona obrazi- Kitanokata, Ochikubo, Ochikuboning yaqin dugonasi-Akogi, Ochikuboning o’gay singlisi Sannokimi va boshqalar.
Ochikubo- asarning bosh qahramoni, u juda mehnatkash, mehribon Xeyan davrining go’zalidir. Uni ertak mehnatga bo’lgan muhabbati, mehribonligi uchun ham mukofatlagan asarning bosh qahramoni hisoblanadi. U churuk kiyimda ahvoli chidab bo’lmas darajada achinarli tarzda. Lekin uning churuk kiyimlari go’zalligini yashirmaydi. Uydagi hamma ishni qiladi. Tinmasdan o’gay onani siltovlariga chidab xo’rliklarga chidab yig‘lab-yig‘lab xizmat qiladi. O’z uyida cho’ri. U har doim o’z hayotidan nolib shunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |