Mahmud Koshg‘ariy Markaziy Osiyoda ilk O‘rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo‘lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o‘rganish sohasida mashhur bo‘ldi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi



Download 28,07 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi28,07 Kb.
#461299
Bog'liq
Махмуд Кошғарий


Mahmud Koshg‘ariy Markaziy Osiyoda ilk O‘rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo‘lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o‘rganish sohasida mashhur bo‘ldi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi.
Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad bo‘lib, kelib chiqishiga va tiliga ko‘ra Koshg‘ariy nisbatini olgan. U XI asrda tug‘ilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar o‘rnini qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo‘la boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan o‘lkalarda turkiy elatlar namoyondalari ko‘payib, turkiy tilga e’tibor oshgan edi. Mahmud Koshg‘ariy ham o‘zining uzoq yillar davomida bunyod etgan «Devonu lug‘atit turk» kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan bo‘lgan baland mavqeli (Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag‘ishlagan, Asarning asosiy matni o‘sha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va O‘rta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan bo‘lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Mahmud Koshg‘ariy Balasog‘unda tug‘ilib, shu yerda yigitlik chog‘larini kechirgan bo‘lsa ham, uzoq yillar «Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afg‘onistonga qadar cho‘zilgan» turkiy o‘lkalarni, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va laxja xususiyatlarini o‘rgandi, ularni adabiy til bilan chog‘ishtirdi, o‘z ishi uchun nihoyatda boy material to‘pladi. Lug‘at tuzishda arab tilshunoslari yaratgan an’anadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.
Koshg‘ariy asari, o‘zi ta’kidlashicha, «oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma’lum bo‘lmagan alohida bir tartibda» tuzilgan. Unda ko‘p shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar ko‘rsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tug‘dirish uchun sodda va lo‘nda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lug‘atda turkiy so‘z tuzilishi an’analari, jumladan, so‘z tartibi, fe’l shakllari, so‘z etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif ko‘rsatishicha, kitob 8 bo‘limdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir bo‘limda ot-ism so‘zlar, fe’llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. «Devon»da 7500 dan oshiq turkiy so‘z va iboralar izohlangan. «Devonu lug‘atit turk» ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan bo‘lib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati o‘rtacha adabiy tildagi 10—12 so‘zga, shevaga oid bir so‘zga to‘g‘ri keladi, ya’ni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat o‘sha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega bo‘lganini tasdiqlovchi qatiy da-lildir. Lug‘atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o‘lka nomlari, dare, tog‘, yaylov, vodiy, dara, yo‘l, dovon, ko‘l, soy kabi jo‘g‘rofiy atamalar, turli qabila, urug‘, elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik ko‘rsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan. She’riy parchalarning ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to‘rtliklardan iborat. Ammo «Devon»da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo‘lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g‘azal, qit’a parchalari bo‘lib, ularni Koshg‘ariy o‘zi ham ko‘pincha «bayt» deb ataydi. Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo‘shiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, she’r-ar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshg‘ariy devonida keltirilgan VIII—XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o‘tish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy she’riyat namunalarida ishlatilgan bo‘lib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday she’rlarni muallif o‘zi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq she’riyatida keng tarqalgan bo‘lib, bu bahr ohangi turkiy she’riyat tabiatiga moye kelishidan bo‘lsa kerak.
«Devon»dagi epik doston-qo‘shiqlar ko‘proq jangnoma xarakterida bo‘lib, ba’zi yirik parchalarga shartli ravishda «Tangutlar bilan jangnoma», «O‘yg‘urlar bilan jangnoma», «Yabaku bilan jangnoma» deb nom qo‘yilgan. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglari tasvirlangan epik rivoyatlariga o‘xshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa she’riy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mexr va qahr tuyg‘ulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, o‘zaro nizo-adovatlardan o‘kinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi g‘oyaning yetmasligi ushbu qo‘shiqlar ko‘proq islomdan ilgarigi og‘zaki she’riyat namunalari ekanidan darak beradi. Qadimgi epik qo‘shiqlardan «Devon»da saqlangan ikki yirik asar ko‘pchilikning diqqatini tortib keladi. Bulardan biri «Ali Er Tunga marsiyasi» va ikkinchisi — «qish va yoz» munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda ma’lum ma’noda turkiy el o‘zining sevimli qahramo-ni, xoqoni va yo‘lboshchisigagina emas, boy berilgan imkoniyatlari, parchalangan elati, tushkunlikka yuz tutgan turkiy imperiyadagi ma’naviy yo‘lsizlik holatiga ham ko‘z yosh to‘kadi, motam qiladi. Bu qo‘shiq xalq og‘zaki ijodidagi «yig‘i» janrining adabiylashgan namunasi desa bo‘ladi. «Qish va yoz» munozarasi turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan birinchi yorqin namunasi bo‘lib, unda turkiy elatlarning butun tabiati, yashash, tafakkur tarzi, sevinchlari, qayg‘ulari batafsil aks etgan. Ayniqsa, tabiatga mexr go‘zal ifoda topgan. Asar majoziy tasvirlar, tashbehlar, istioralar, jonlantirish va yengil kinoyalarga boy. Uni o‘qiganda chorvador turkiy elatlar hayoti, faoliyati, tabiiy muhit ko‘z oldingizda yaqqol gavdalanadi:
Alin topu yashardi
Urut o‘tin yashirdi,
Ko‘lning suvin kushardi,
Sigir buva mungrashur.

Mazmuni:
Tog‘ boshlari yashardi,


Qurug‘ o‘tni yashirdi,
Ko‘l suvlari toshurdi,
Sigir, buqa ma’rashur.

Bu bahor tasviri. Qish tasviri aksincha:

Keldi asin asnayu,
Qozqa to‘pal usnayu.
Kirdi budun qusnayu,
qara bulit ko‘krashur.

Mazmuni:
Keldi shamol huvillab,


Bo‘ron bo‘lib g‘uvillab,
Xalq titrashur uvillab,
Qora bulut guldirar.

Bu manzaralar chorvadorlar hayoti uchun islomdan oldingi davrda ham, keyinchalik ham xarakterli edi. Bu janrda jangnoma va marsiyalar singari dramatizm ruhi juda kuchli. Shu bilan birga romantik surur ham mavjud.


Devonda islom davr she’riyati asosan ishqiy, falsafiy-didaktik, madhiyaviy qasida va she’r namunalari bilan namoyon bo‘lgan. Unda ham mazmun, ham shakliga ko‘ra Ahmad Yugnakiy dostoniga asos bo‘lgan to‘rtdiklarni eslatuvchi «aaba» qofiyali o‘n bir hijoli parchalar uchraydi:

Yag‘a erur yo‘liguqin nangi tavar,


Bilig eri yig‘isin nelik sevar,
Tavar yiig‘ib suv aqin indi saqin,
Ko‘rum kabi izisin qo‘di suvar.

Mazmuni:
Dushman erur insonga molu tovar,


Olim odam yovini qanday sevar,
Mol yig‘ishni sel kelish deb
Mol egasini tosh kabi yumalatar.

«Devon»dagi birgina madhiyaviy qasidadan parcha ayol kishiga — malikaga bag‘ishlangan. U tashakkurnoma yo‘sinda yozilgan bo‘lib, aruz vaznining «munsari» bahriga to‘g‘ri keladi. Falsafiy-didaktik kasida va masnaviylar pandnoma yo‘sinida bo‘lib, turkiy elatlar ma’naviyatiga xos bo‘lgan bunday yo‘nalish «Devon»da ko‘proq aks etgan. Ularda ilm o‘rganish tashviq etiladi, jaholat, kibru havo qoralanadi, saxovat va himmat, mehmondo‘stlik ulug‘lanadi, mol-dunyoga hirs qo‘yish, baxillik va ochko‘zlik fosh qilinadi, ota-onani hur-matlash, ularning so‘ziga quloq osishga da’vat etiladi. «Devon»da mardlikni ulug‘lash, hushyorlikka, dushmandan ehtiyot bo‘lishga chaqiruvchi baytlar ham pand-nasihat qatorida uchraydi:


Bilga eran savlarin alg‘il o‘gut,


Ezgu savi ezlasa o‘zga singar.
Ardagi tila o‘rganing, bo‘lma quvaz,
Ardashsizin - o‘gunsa angma angar.

Mazmuni:
Olim kishi so‘zidan olgil o‘git,


Ezgu so‘zni eshitsang dilga singar.
Ilm-hikmat o‘rgangin, bo‘lma qaysar,
Himmati yo‘q maqtanchoq yo‘l yo‘qotar.
Bu ilm-hunarga tashviq, olimga xurmax hakida bo‘lsa, quyidagi bayt mehmondo‘stlik xususida:
Kelsa qali yag‘lig‘ bo‘lib yo‘nchig‘ uma,
Kelur anig‘ bo‘lmish anig‘ tutma uma.

Mazmuni.
Kelsa agar xonang uzra g‘arib mehmon,


Bor narsangni oldiga qo‘y, bo‘l mehribon.

«Devonu lug‘atit turiada keltirilgan qasida va qatralar mazmun jihatdan o‘sha davrning turkiyzabon shoiri Yusuf Xos Hojib dostoni mavzulari bilan juda uyg‘undir. Shu jihatdan ham undagi parchalarni Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq»iga va Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig» asari orasidagi davr she’riyatiga mansub ekanligini tan olish mumkin. Hatto dunyoning o‘tkinchi va bevafoligi, inson taqdirining o‘zgaruvchanligi haqidagi misralar ham bu tasavvurni ta’kidlab turadi:


Ko‘zum yashi savruqub quzi aqar,


ilnib ajun emgagin tugal uqar,
Emgaksizmi turg‘u yo‘q munda tamu,
Ezgulugug ko‘rmazib ajun chiqar,
Ajun kuni yo‘lduzi tutchi tug‘ar.

Mazmuni:
Ko‘zim yoshi tirqirab quyi oqar,


Anglab dunyo g‘amini tugal uqar,
Mashaqqatsiz hayot bunda aslo,
Ezgulikni ko‘rmasdan ulur bitar,
Tug‘ilgan zot dunyoda mangu porlar.
«Devon»da, oz bo‘lsa-da, dunyoning yaratilishiga oid, ya’ni kosmologik mavzudagi satrlar ham uchraydi:
Tangri ajun to‘rutti,
Chig‘ri uzu tazginur,
Yulduzlari chargashib,
Tun-kun uza yurganur.
Yaratti yashil chash,
Savurdi urung qash,
Tizildi qaraqush,
Tun-kun uza yurganur.

Mazmuni:
Tangri olam yaratgi,


Falak doim aylanur,
Yulduzlari saflashib,
Tun-kun uzra burkanur.
Yaratti yashil osmon,
Yulduzlar yo‘li samoy,
Qorakush yulduz-mezon,
Tun-kun uzra burkanur.

«Devon»dagi she’larning badiiy saviyasi yuqori ekanligi, ularni yaratgan shoirlarning juda ma’lumotli bo‘lgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekanligi olimlar tomonidan ta’kidlanadi.


Maxmud Koshg‘ariy asarida dunyo xaritasi doyra shaklida chizib ko‘rsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasog‘un, Shosh, O‘zgan, Isfijob, Marg‘inon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador ko‘rsatilgan. XI asr jug‘rofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova qilinishi Koshg‘ariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.
Xulosa qilib aytganda, Mahmud Koshg‘ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to‘plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ul-kandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-jo‘g‘rofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan ma’lumotlar VIII—XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham og‘zaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai bo‘lgani sababli imkon doirasi-da batafsil tavsif etildi.
«Devonu lug‘atit turk»ni o‘sha davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Bu asar ustida tadqiqotlar olib borgan Fitrat, S. Mutallibov, I. V. Stebleva, V. V. Reshetov, g‘. Abdurahmonov, A. Rustamov kabi olimlar Mahmud Koshg‘ariyni qadimgi turkiy tillarni o‘rganishga buyuk hissa qo‘shgan o‘z davrining o‘ta bilimdon olimi ekanligini ta’kidlaydilar. «Devonu lug‘atit turk» 3 tomda, o‘zbek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Maxmud Koshg‘ariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi, deb tan oladi.
Download 28,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish