1. Bulbul chamani sevar, Odam-Vatanni



Download 17,88 Kb.
Sana07.07.2021
Hajmi17,88 Kb.
#111793
Bog'liq
O'zbek xalq maqollari


1.Bulbul chamani sevar,

Odam-Vatanni.


2. Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas.
3.Vatani borning baxti bor,

Mehnati borning - taxti


4.Vataning tinch – sen tinch.
5.Ona yurting – oltin beshiging.
6.Ona yurting omon bo‘lsa,

Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.


7. Elga xizmat – oliy himmat.
8. Yurtim dedim, yuzga kirdim.
9.O‘z yurtingning qadri

O‘zga yurtda bilinar.


10.Bilganingni eldan ayama.
11. Suvning oqishiga qara,

Xalqning xohishiga qara.


12. Xalq aytgani – haq aytgani.
13.Xalq aytmas,

Xalq aytsa, hech qaytmas.


14. Xalq aytsa, elab aytar,

Haq so‘zni bilib aytar.


15. Xalq ishi – haq ish.
16. Xalq tinchligini buzgan omon qolmas.
17. Xalq qarg’asa, xor bo‘lasan,

Xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan.


18. Xalqqa xiyonat qilding,

O‘zingga jinoyat qilding.


19. El qadrini bilmagan,

Har baloga yo‘liqar.


20.Elga qilma xiyonat,

Turolmaysan salomat.


21. Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,

Hosil berar, to‘ksang ter.


22. Gapni oz so‘zla,

Ishni ko‘p ko‘zla.


23. Daraxt yaprog’i bilan ko‘rkam

Odam – mehnati bilan.


24. Daryo suvini bahor toshirar,

Odam qadrini mehnat oshirar.


25. Ishsevarni el sevar.
26. Mehnat baxt keltirar.
27. Mehnat bilan yer ko‘karar,

Duo bilan – el.


28. Mehnat, mehnatning tagi rohat.
29. Mehnat – rohatning poydevori.
30. Sen ishni quvsang,

Non seni quvar.


31.Yutuqning kaliti-mehnat.
32. Qush qanoti bilan tirik,

Odam – mehnati bilan.


33. Harakating – sog‘liging,

Mehnating – boyliging.


34. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan,

Mehnat qilsang, davron surasan.


35. Halol mehnat yerda qolmas.
36. Mehnatingni halol qilsang,

Huzurini ko‘rasan.

37. Manman kamtardan yengilar,

To‘g’ri el ichida tanilar.


38. To‘g’ri boshni egri qilich kesmas.
39. To‘g’ri yo‘l – el yo‘ldoshi.
40. Yomon farzand poygaga tushirar,

Yaxshi farzand to‘rga o‘tqazar.


41. Kimki bo‘lsa dilozor,

Undan el-u yurt bezor.


42. Obod qilgan obod bo‘lar,
43. Oltin olma, duo ol,

Duo oltin emasmi.


44. So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.
45. Til – aql bezagi.
46. Til – aql tarozusi.
47. Til - aql o‘lchovi.
48. Til bor, bol keltirar,

Til bor, balo keltirar.


49. Til – dil kaliti.
50. Til- dil tarjimoni.
51. Til yaxshisi bor etar,

Til yomoni xor etar.


52. Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
53. Tilga e’tibor – elga e’tibor.
54. Tili shirinning do‘sti ko‘p.
55. Tig’ jarohati bitar,

Til jarohati bitmas.


56. Do‘stlik – barcha boylikdan afzal.
57. Xalq do‘stligi – yurt boyligi.
58. Osoyishtalik – eng yaxshi malham.

59. Tinch elning bog’i gullar.


60. Tinchliging – hurliging.
61. Tinchlik – baxt, sog’lik – taxt.
62. Tinchlik – farovonlik yo‘ldoshi.
63. Yurti tinchning eli tinch.
64. Oz – ozdan o‘rganib, dono bo‘lur,

Qatra – qatra yig’ilib, daryo bo‘lur.


65. Aql ko‘pga yetkazar,

Hunar – ko‘kka.


66. Bilagi zo‘r birni yiqar,

Bilimi zo‘r – mingni.


67. Bilgan o‘zar,

Bilmagan to‘zar.


68. Bilim – aql chirog’i.
69. Bilim baxt keltirar.
70. Bilim – davlatdan qimmat.
71. Bilim – kuchda,

Kuch – bilimda.


72. Bilimli – olim,

Bilimsiz – zolim.


73. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,

Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.


74. Ilm – aql bulog’i,

Aql – yashash chirog’i.


75. Ilm baxt keltirar,

Bilim taxt keltirar.


76. Ilm olish – nina bilan quduq qazish.
77. Ilm olishning erta-kechi yo‘q.
78. Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas.
79. Kasbning yomoni yo‘q.
80. Kitob – aql qayrog’i.
81. Kitobsiz aql – qanotsiz qush.
82. Til bilgan yo‘lda qolmas.
83. O‘qigan – olim,

O‘qimagan – o‘ziga zolim.


84. Qadam qo‘y asta-asta,

Qadam yetguncha ilm ista.


85. Qund bilan o‘rgan hunar,

Hunardan rizqing unar.


86. Har kasbning o‘z gashti bor.
87. Hunar bo‘lsa qo‘lingda,

Non topilar yo‘linda.


88. Hunar, hunardan unar.
89. Bola – aziz, odobi undan aziz.
90. Odobli bola elga manzur.
91. Ona tilim – dono tilim.
92. Ustoz – otangdan ulug’.
93. Otasini og’ritgan

El ichida xor bo‘lar,

Onasini og’ritgan

Parcha nonga zor bo‘lar.


94. Tilni bilish – dilni bilish.
95. Vaqting bor – naqdning bor.
96. Vaqting ketdi – naqding ketdi.
97. Xalq qarg’asa, xor bo‘lasan,

Xalq qo‘llasa, bor bo‘lasan.

98. Dilning kaliti – til.
99. Maqtanma go’oz,

Hunaring oz.


100. Tiling bilan ko‘nglingni bir tut.
101. Hushyorliging – tinchliging.

Beg’amliging – o‘lganing.


102. Hushyorlik – mustahkam qo‘rg’on.
103. Hushyorlik – umr posboni.
104. Salomatlik – tuman boylik.
105. Sog’ tanda – sog’lom aql.
106. Tozalik – sog’lik garovi.
107. Qari bor uyning zari bor.
108. Qarisi bor uyning parisi bor,

Parisi bor uyning barisi bor.


109. Qari uyning farishtasi,

Saranjomi, sarishtasi.
Download 17,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish