Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 4-kurs koreyashunoslik fakulteti jahon siyosati yo’nalishi talabasi Abdullayev Shahzodning Ilmiy Tadqiqot asoslari fanidan mustaqil ishi (Ilmiy maqola)
Mavzu : Hindiston va pokiston o`rtasidagi etno-diniy masalalar.
1947-yilda inglizlar o‘zlarining eng boy mustamlakasidan chiqib ketishidan oldin Hindistonni diniy mansublikka qarab ikkiga — Pokiston va Hindistonga bo‘lib yubordi. Natijada musulmonlar bilan hindlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Millionlab odamlar uy-joysiz qoldi, o‘ldirildi, musulmonlar Hindistondan Pokistonga, hindlar Pokistondan Hindistonga qochishga majbur bo‘ldi. Kashmir rojaligining taqdiri noaniq bo‘lib qoldi. Roja hind, aholisining ko‘pchiligi musulmon edi. Aynan shundan asosiy mojaro boshlandi. 1948-yilning boshida Pokistonga ittifoqchi bo‘lgan mustaqil pushtun qabilalari Kashmirga bostirib kirdi. Roja Hay Singh Hindistonga qo‘shilishini e’lon qildi. Kashmir hududiga Hindiston va Pokiston qo‘shinlari kiritildi. BMT vositachiligida urush 1949-yil yanvarida to‘xtatildi. Kashmirning uchdan bir qismi Pokistonga, uchdan ikki qismi Hindistonga o‘tdi. Bu dastlabki Hind-Pokiston urushi edi.
1965-yilning aprelida 2-urush boshlandi. Hindiston nazoratida bo‘lgan Rani-Kutch tog‘li hududi artileriyadan o‘qqa tutilgach, keng miqyosdagi urush harakatlari boshlanib ketdi. Urush harakatlari Kashmirga ham yoyilib, 23-sentabrdagina o‘t ochish to‘xtatildi. Bitim tuzilib, unga muvofiq Rani-Kutch hududi Pokistonga, Sialkat shahri atrofi bilan birga Hindistonga o‘tdi1.
3-urushga Pokistondagi ichki siyosiy fojialar sabab bo‘ldi. 1970-yil dekabridagi parlament saylovida Sharqiy Pokistonni Bangladesh nomi bilan mustaqil davlatga aylantirishni istagan Mujibir Rahmon boshchiligidagi “Hurlik ittifoqi” partiyasi g‘alaba qozondi. Davlat rahbari general Yahyoxon parlament ochilishini kechiktirdi. Natijada Sharqiy Pokistonda norozilik chiqishlari boshlanib, Mujibir Rahmon mustaqillik e’lon qildi. Bunga javoban G‘arbiy Pokistondan qo‘shin yuborilib, Rahmon tarafdorlari terror qilina boshlandi. Bir millionga yaqin odam o‘ldirildi, 10 million odam Hindistonga qochib o‘tdi.
1971-yilning kuzida hind armiyasi bengal qo‘z’olonchilariga yordamga keldi. Bunga javoban Yahyoxon G‘arbiy Pokistondan turib Kashmirga zarba berishva uni egllab, hindlarni Kashmirni Bangladeshga almashtirishga majbur etishga qaror qildi. Pokiston tanklari Kashmirga bostirib kirib, Chhamb shahrini egallab oldi. Lekin kuchlar teng emas edi. Hind armiyasi ikki barobar ustun edi. Sharqiy Pokistonda ham, Pokiston armiyasining ahvoli ham, hind qo‘shinlarining ahvoli ham bengal partizanlarining hujumlari bois og‘irlashib qoldi.
Dekabr o‘rtalarida urush to‘xtadi. 16-dekabrda g‘arbiy frontdagi o‘t ochish ham so‘ndi. Natijada Bangladesh mustaqillikka erishdi, Yahyoxon iste’foga ketishga majbur bo‘ldi. Pokiston zaiflashib, Xitoyga tayanishga majbur bo‘lib qoldi. Hindiston Pokistonni parchalab, o‘z ta’sir doirasini o‘rnatmoqchi bo‘ldi, lekin buyuk davlatlar bunga yo‘l qo‘ymadi.
Keyinchalik ikki davlat orasidagi munosabatlar biroz yaxshilandi. Lahor va Hindiston o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ammo sovuqlik tugamadi. Har ikki davlat o‘z atom quroliga ega bo‘ldi. Bu esa ikki davlatni katta urushdan tiyib turishi kerakdek edi. Lekin so‘nggi kunlardagi voqealar dunyo jamoatchiligini xavotirga solmoqda.Pokistondagi terrorchi guruh uyushtirgan portlash oqibatida 40 ga yaqin hind harbiysining halok bo‘lishi hind aviatsiyasi tomonidan ularning qarorgohi bombardimon qilinishiga olib keldi. Bunga javoban Pokiston harbiy kuchlari ikki hind harbiy uchog‘ini urib tushirdi va bir harbiy uchuvchini hibsga oldi. Vaziyat yana keskinlashdi. BMT va buyuk davlatlar mojaroni tinch yo‘l bilan halq qilishga chaqirishmoqda. Pokiston bosh vaziri hind uchuvchisi yaxshi niyat belgisi sifatida ozod qilinishi va Hindistonga topshirilishi haqida rasmiy bayonot berdi.
Hindiston bosh vaziri keskin bayonot bilan chiqqan. Ammo urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda qo‘shni davlatlar uchun ham ancha iqtisodiy zarar yetkaziladi.1978-yil noyabr oyida I. Gandi yana parlamentga saylanadi. 1978-yil dekabrda I.Gandi parlament imtiyozlarini suiiste'mol qilganligi uchun hibsga olindi. U qamoqda atigi bir hafta bo'ldi va shuning o'zi mamlakatdagi ilgarigi obro'-e'tiborini tiklash uchun yetarli bo'ldi. Bundan tashqari M.Desaya hukumati mamlakatda barqarorlikni tiklash va inflyatsiyani qisqartirishga qodir emasligi ma'lum bo'ldi.
1880-yil yanvar oyida Janata partiyasi mag’lub bo’ladi va I. Gandi yana bosh vazir lavozimini egallaydi. Ayni paytda I. Gandi shaxsiy hayotda o’g’ir yo’qotishga uchraydi, ya’ni uning kichik o’g’li va bosh siyosiy maslahatchisi Sanjay aviahalokatga uchraydilar. Sanjay o’limidan so’ng I. Gandi katta o’g’li Rajivni siyosat bilan shug’ullanishga undaydi. 1980-yillar boshida I. Gandi bir qator diniy va etnik mojorolarga duch keladi. Terroristik guruhlarning bir qismi Amritsardagi sikx dinining asosiy qadamjosi - Oltin Ibodatxonani egallab oladilar. Fuqarolar urushining oldini olish uchun 1984-yil 5-iyunda I.Gandi sikxlarning Amritsardagi o'chog'i - Oltin ibodatxonani shturm bilan bosib olishga buyruq berdi. Otishmalarda mingdan ortiq kishi halok bo’ladi. Oradan besh oy o’tgach, 1984-yil 31-oktabrda sikxlarga mansub tan soqchi I.Gandiga uch marta o'q uzib o'ldirdi. Sikxlar ayovsiz jazolandi: minglab sikxlar o'ldirildi, 50 mingdan ko'prog'i boshqa shtatlarga qochib ketdi. I.Gandi o'rnini uning o'g'li Rajiv Gandi (1944-1991) egalladi. U mamlakat birligi yo'lidagi o'z onasining kurashini davom ettirdi. 1983-yilda Assomda etnik va diniy negizga asoslangan ommaviy g'alayonlar bo'lib o'tdi. Panjobda sikxlar terrorizmi hukm surib, etnik va diniy to'qnashuvlar davom etdi.Panjobning mamlakatdan ajralib chiqishi Hindistonning markaziy qismida katta oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi. Bundan tashqari Nangaladagi yirik elektrostansiya mamlakat shimoliy qismidagi elektr energiyasining yarmini berar edi.
I.Gandi o'limidan so'ng boshlangan repressiya sikx¬lar qarshiligini kuchaytirib yubordi. Rajiv Gandi sikxlar terrorizmini yo'q qilishga kirishdi va 1987-yil may oyida Panjobning markaziy hukumatga bo'ysunishi to'g'risida (shtat maqomiga ega avtonom huquqlarni bekor qilish) qaror qabul qildi. 1988-yil may oyida yana Oltin ibodatxonaga hujum boshlandi va minglab odamlar halok bo'ldi.
Hind parlamenti R.Gandining iste'foga chiqishini talab qilishga majbur bo'ldi. 1989-yil boshida parlament uni siyosatni tushunmaslikda va korrupsiyada ayblab ishonchsizlik bildirdi. Biroq HMK uni partiya yetakchisi lavozimida saqlab qoldi va 1991-yil may oyidagi saylovda nomzodini qayta qo'yishdi. Ammo ayni saylov qizg'in pallada - 21-may kuni u o'ldirildi2.
Saylovda yana HMK g'alaba qozondi va bu safar Narasimxa Rao boshchiligidagi hukumatni tuzishdi. Unga og'ir meros qolgan edi. Mamlakatni diniy-etnik nizolar yemirdi. G'alayonlar Uttar-Pradesh, Assam, Bixar, Jammu va Kashmirga ham o'tdi. Assamda 1993 va 1994-yillardagi etnik g'alayonlarda minglab kishilar o'lib ketdi. 1993-yil may oyida ro'y bergan zo'ravonlik butun Bombay va Kalkuttani larzaga soldi. Bu yerda bomba portlashi oqibatida 300 kishi halok bo'ldi va 120 kishi yaralandi. Mazkur mudhish voqeaga 1992-yilda XVI asrga mansub musulmon masjidining buzib tashlanishi sabab bo'ldi.
Kashmirdagi to'polonlar ham bundan kam emas edi. Hind hukumatining bu yerda to'g'ridan-to'g'ri boshqaruv rejimini joriy etishi keskin norozilikni va Kashmirga mustaqillik berish talabini keltirib chiqardi. Natijada Hindiston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuzaga keldi hamda Pokiston bilan qo'shilish tarafdori bo'lgan musulmon separatistlari harakati kuchaydi.
N.Rao hind iqtisodida tub o'zgarishlar o'tkazishga harakat qildi. U denatsionalizatsiya jarayonini boshladi. Ko'pgina zarar keltiradigan fabrika va zavodlar yopildi. N.Rao inflyatsiyani to'xtatish, sanoatga sarmoya qo'yishni ko'paytirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni kuchaytirishga erishdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi ko'paydi. 1994-1995-yillarda bu sohadagi o'sish 10 foizni, yalpi milliy mahsulotning yillik o'sishi 5 foizni tashkil etdi.
1996-yil boshida HMK yuqori rahbariyatidagi korrupsiya va aynish holatlari ochib tashlandi. 30 ta yirik siyosatchi poraxo'rlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Hatto bosh vazir ham tergovga tortildi3.
Hindistonda hind birligiga rahna soluvchi katta dushman - jangovar induizm millatchiligi paydo bo'ldi. Uning amaldagi timsoli Hindistondagi mashhur siyosiy shaxslardan biri Atal Bexari Vajpai yetakchiligidagi Bxarati Janata partiyasi (BJP) edi. Yangi partiya mamlakatda to'liq induizm hukmronligini o'rnatish va musulmonlarni siyosat hamda iqtisoddan siqib chiqarishga chaqirdi. BJPga o'xshash partiyalar Hindistonning deyarli barcha burchaklarida paydo bo'la bordi. U ayniqsa markazi Bombay shahri bo'lgan Maxarashtra shtatida kuchli faoliyat yurgizdi. Bu yerda hind iqtisodrning muhim tarmoqlari va mamlakatdagi eng yirik port joylashgan. Bombay hind to'qimachilik, mashinasozlik, metalni qayta ishlash sanoati markazi sanaladi. Mazkur viloyat Hindistonning atom elektr stansiyasi hisobiga elektroenergiya bilan to'liq ta'minlangan yagona hududi sanaladi.
Shtat hukumatini Shiv Sen partiyasi boshqaradi. Uning rahbarlari mamlakat nomini Hinduston deb o'zgartirishni talab etishgan. Ularning taklifiga ko'ra Bombayga yangi - Mumbay nomi berilgan.
R.Gandi o'limidan so'ng Hindiston ichki siyosatidagi ahvol o'ta murakkablashdi, Panjobdagi separatistlar va ekstremistlar harakati faollashdi. Diniy-etnik va mazhablararo to'qnashuvlar kuchaydi, bir qator yetakchi partiyalarda fraksiyalar kurashi keskinlashdi. Muxolifat partiyalar faoliyati ham tiklana boshladi. 1998-yil fevraldagi parlament saylovlarida Bxarati Janata partiyasi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-mart kuni bosh vazir etib saylandi. Oktabr oyidagi saylovlarda Vajpai rahbarligidagi siyosiy alyans g'alaba qozondi va BJPning yetakchi partiya sifatidagi ahamiyatini mustahkamladi. Hukumat tepasiga millatchilar kuchlarining kelishi Pokiston bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. 1999-yil may-iyunda Pokiston bilan chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo'shinlari o'rtasida keyingi o'n yillikdagi eng og'ir to'qnashuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli sinovini o'tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o'z yadro qurolini bir necha marta sinovdan o'tkazdi. Ikki davlat o'rtasidagi janjal yangi bosqichga ko'tarildi. 1997-yil iyulda Hindistonda muhim voqea yuz berdi. K.R.Narayanan mamlakat prezidenti etib saylandi. U Hindistondagi eng quyi shudra mazhabi vakili bo'lib shu paytgacha birorta yuqori davlat lavozimida ishlamagan. Bu hoi mamlakatda mazhablar o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy yo'lga qo'yilishiga umid bildirar edi. 2002-yilda mamlakat prezidenti etib D.A.Kalam sayiandi.
2004-yil yanvarda Islomobodda Hindiston bosh vaziri Vadjpai va Pokiston prezidenti uchrashdi, ular ikki mamlakat o'rtasidagi mojaroni tinch yo'l bilan hal etishga intilishlarini namoyon etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |