Tehron shahri atroflaridagi dialektlar
Bu dialektlarda so‘zlashuvchi aholining soni juda ozdir. Tajrish qishlog‘i aholisining dialekti, Gozerxon qishlog‘i aholisining dialekti. Tehron shahri dialekti, hozirgi zamon fors adabiy tilining dialekt manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu haqda Malik-ul-shuara Bahor, M.Vohidiy va L.S.Peysikovlarning ilmiy ishlari mavjud.
-
M.Bahor. Tarix tatavur-e zabon-e forsi. Tehron.
-
L.S.Peysikov. Tegeranskiy dialekt. M., 1947.
Tayanch iboralar
Musulmon tatlar, juhud tatlari, shia mazhabi, Mozandaron tili Shamirzod dialekti, Velatru dialekti, Lur va baxtiyor qabilalari.
Savollar
-
Eronning Kaspiy bo‘yi dialektlari soni nechta?
-
Lar mustaqil tilmi yoki dialekt?
-
Eronda o‘rganilgan fors dialektlari bo‘yicha yozilgan ilmiy asarlar mualliflari kimlar?
-
Eronda o‘lib borayotgan dialektlar bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |