Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, jahondagi ko`plab rivojlanayotgan
mamlakatlar Yaponiya iqtisodiyoti tajribasini, uning ―bosib o`tgan yo`llari‖ va
bosqichlarini tahlil qilgan holda o`z mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida
tatbiq qilgan. Jumladan, Tailand, Malayziya, Singapur, Indonеziya, Janubiy
Korеya, Tayvan, Filippin kabi mamlakatlarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va
dasturlarda aynan ―yaponiya tajribasi‖ning ba'zi jihatlaridan unumli foydalanilgan.
Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo`jaligida eng еtakchi mamlakatlar
qatoridan munosib o`rin egalladi.
Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining
2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy
potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Uning yalpi ichki
mahsuloti 5,46 trln. dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni
tashkil qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 34 ming
dollardan oshadi. «Iqtisodiy mo`jiza» sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda
hukumatning kuchli nazorati ostida vujudga kеldi. Shuning uchun ham, mamlakat
iqtisodiyotida davlat sеktori ustuvor hisoblanadi.
Yaponiya kema, avtomobil, traktor, maishiy xizmat ko`rsatish tеxnikalari,
stanoklar, kompyuterlar, rangli tеlеvizorlar, vidеomagnitafonlar, elеktr-tеxnika
asboblari,sanoat robotlari,optika asboblari, sun'iy ipak tolasini ishlab chiqarish,
baliq ovlash bo`yicha bo‗yicha dunyoda birinchi o‗rinda,elektr energiyasi,
kimyoviy tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo‗yicha esa ikkinchi
o‗rinda turadi.
Yaponiya iqtisodiyoti tashqi savdoga juda bog‗liq. Mamlakat o‗ziga zarur
paxta, jun, boksitning 100%, miss rudasi, neft, temir rudasining 99 % ini,
toshko‗mirning 82 % ini import orkali oladi. Yaponiya xalqaro savdoda AQSH va
26
Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %,
importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to‗g‗ri keladi. Dengiz mahsulotlarini
olish bo‗yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‗rinda turadi (12 mln. tonnaga yaqin).
Yaponiya oltin valyuta zahiralari
hajmibo‗yichaham jahonda birinchi o‗rinda
turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to‗g‗ri keladi. Olti yapon
banki jahonning o‗n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo‗lib, bu jahon
investitsiyasining
qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi.
Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo‗libqolmoqda.
Taraqqiyotga rasmiy ko‗mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga
imtiyozli iqtisodiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha u dunyoda birinchi o‗ringa chiqdi.
Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatishga ajratilgan ularning
mablag‗i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi.
Ilm – fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo‗yicha
Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o‗rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga
harajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 4% dan ko‗proqni tashkil etadi.
Jahonda ro‗yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi
ulushiga to‗g‗ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)
jahonning juda ko‗p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab
beradigan Universiteti joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |