2.3. O'zbekiston va Yaponiya munosabatlari
O‘zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do‘stlik rishtalari, savdo va
madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo‘li davrining boshlanishiga borib
taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko‘hna
poytaxti Nara shahri bo‘lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300
yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli dinlaridan biri bo‘lgan
buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O‘zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik
O‘rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va
Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o‘rtasidagi umumiy
tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri,
Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning ―agar Yaponiya
buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo‘lsa, u holda ko‘hna O‘zbekiston
zamini uning g‘arbiy tomonidir‖
3
, degan so‘zlari muhim ahamiyatga egadir.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili
sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.
Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrda e'tirof etdi va 1992
yil 26 yanvardan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtaisda diplomatik munosabatlar
o‘rnatildi.
Mustaqillik
e'lon
qilingandan
so‘ng
O‘zbekiston-Yaponiya
munosabatlari sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 1994 yilning may oyida
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki
rasmiy tashrifi o‘zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy
qadriyatlariga nisbatan hurmatga asoslangan do‘stona aloqalarni rivojlantirish
uchun mustahkam poydevor yaratdi.
3
Ikuo Xiroyama
21
Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan
ikkinchi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik,
Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Hujjatda
tomonlarning do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o‘zaro
hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan
me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o‘z ifodasini topgan. Savdo-sotiq,
sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa
sifatida belgilagan.
2010 yilning dekabrida Tokioda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
delegatsiyasi ishtirokida birinchi parlamentlararo forum o‘tkazildi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham ijobiy
an'analar kuzatilmoqda. 2009 yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo
aylanmasi 139 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonga
Yaponiya tomonidan ajratilgan moliyaviy mablag‘lar hajmi 2,3 milliard AQSh
dollaridan iboratdir.
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O‘zbekiston-Yaponiya va
Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa
qo‘shib kelmoqda. Ushbu ikki qo‘mita tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib
kelinayotgan qo‘shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng
qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O‘zbekiston bilan Yaponiyaning
ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o‘rtaga
tashlanadi. O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalarining
navbatdagi o‘ninchi yig‘ilishi joriy yilning 8 fevral kuni Tokio shahrida
o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik
bo‘yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO)
mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish, ikkala
tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va
22
gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga
oshirishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.
O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko‘plab yirik loyihalar
hayotga tadbiq qilinmoqda. ―Mitsui‖, ―Mitsubisi‖, ―Itochu‖, ―Marubeni‖ va boshqa
shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. Iqtisodiyot
yo‘nalishidagi so‘nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri
sifatida Samarqand avtomobil zavodida ―Isuzu‖ rusumli avtobus va yuk
mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko‘rish mumkin.
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari
amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida
yaqinda qurib bitkazilgan ―Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on‖ yangi temir yo‘l
yo‘nalishini sanab o‘tish o‘rinlidir.
Ikki davlat o‘rtasida sarmoyalar kiritish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy
asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida
―Sarmoyalarni liberalizatsiya va o‘zaro himoya qilish hamda rag‘batlantirish
to‘g‘risidagi‖ hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi.
2010 yil aprelda Tokio shahrida ―Yaponiyalik hamkorlar uchun
O‘zbekistondagi yangi sarmoyaviy imkoniyatlar‖ mavzusidagi taqdimot marosimi
bo‘lib o‘tdi va unda Yaponiya korporatsiyalari, vazirliklari, muassasalari va
siyosiy doiralarining 400 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik
elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo‘ljallangan 300
million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratish borasidagi bitimning
imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 30 foizdan 50 foizgacha oshirish
hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish imkonini yaratadi.
2001 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi xalqlarimizning yaqinlashuvi va
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvining o‘sishiga xizmat qiluvchi
omillaridan biri bo‘ldi.
23
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning 8-10 fevral kunlari
Yaponiyaga amalga oshiriladigan rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va
Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari,
shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va halqaro ahamiyatga molik
masalalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning
Yaponiya bilan turli sohalardagi hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan qator
hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga tashrifi ikki davlat
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli muvaffaqiyatli hamkorlikni yangi ufqlarining
ochilishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarining do‘stlik rishtalari
hamda savdo va madaniy aloqalarining tarixi ko‘hna Buyuk Ipak yo‘li davriga
borib taqaladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlarlik tarixga ega bo‘lgan yaqin
aloqalar bugungi kunda davom etmoqda hamda ular O‘zbekiston va Yaponiya
o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida qolmoqda.
1991 yil 28 dekabrda Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan kundan
boshlab davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga asos
solindi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan edi. Shundan
e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar sifat
jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi va qator yuqori darajadagi uchrashuvlar
mamlakatlarimiz o‘rtasida faol siyosiy muloqot olib borilayotganini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011 yil 8 - 10 fevral kunlari
Yaponiyaga buyurgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga
yangi kuchli turtki berdi. Tashrif chog‘ida yuqori texnologiyalar sohasiga
ixtisoslashgan yirik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishildiki, ular neft-
gaz, kimyo, neft-kimyo, energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati kabi
mamlakatimiz
iqtisodiyotining
jadal
rivojlanayotan
sohalariga
yapon
texnologiyalari va sarmoyalarini jalb etishga yo‘naltirilgan.
Zamonaviy bosqichda har ikki davlat mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga
molik qator masalalarda bir-birini siyosiy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlamoqda.
24
Xususan, O‘zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zoligiga
qabul qilinishini ma'qullaydi. Yaponiya, o‘z navbatida, Prezident Islom
Karimovning O‘rta Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish bo‘yicha
tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Bugun Yaponiya - O‘zbekiston Respublikasining yirik investorlaridan biridir.
Neft-gaz sohasi, transport jabhasi, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim,
qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlardagi ustuvor loyihalarni ro‘yobga chiqarish
uchun yotqizilgan moliyaviy mablag‘larning umumiy hajmi 2,3 milliard dollardan
ziyodni tashkil etdi.
Davlat imtiyozli yena kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha - 1,2 milliard dollardan
ziyod, beg‘araz yordam yo‘nalishi bo‘yicha - 280 million dollardan ortiqroq,
texnikaviy ko‘mak yo‘nalishi bo‘yicha 110 million dollardan ziyod, tijorat
kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha 720 million dollardan oshiq mablag‘ shular
jumlasidandir.
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Yaponiya va Yaponiya -
O‘zbekiston qo‘mitalari savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga salmoqli hissa
qo‘shmoqda.
O‘zbekistonda yapon kapitali ishtirokida ko‘pgina yirik loyihalar
muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilayotir. «Mitsui», «Mitsubishi», «Itochu»,
«Marubeni» singari va boshqa yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari
ochilgan. Samarqand avtomobil zavodida «Isuzu» rusumli avtobuslar va yuk
mashinalari ishlab chiqarilayotgani iqtisodiyot sohasidagi muvaffaqiyatli
hamkorlikning yorqin misollaridan biri hisoblanadi.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, barcha sohalarda yo‘lga qo‘yilgan ikki
tomonlama munosabatlarning darajasi, O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari
o‘rtasidagi iliq va do‘stona aloqalar, o‘tgan davr ichida o‘zaro hamkorlik borasida
erishilgan yuqori natijalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatiya aloqalarining
yanada rivojlanishi, kengayishi va mustahkamlanishi uchun muhim asos bo‘lib
xizmat qiladi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |