1.3. Xitoy Xalq Respublikasini tashkil topishi, undagi iqtisodiy bazaning shakllanishi va rejali iqtisodiyotni amalga oshirilishi.
XX asr Xitoyning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalishi uchun juda mashaqqatli tarixiy davr bo‘ldi. Uzoq yillik urushlar xitoy iqtisodiyotini qaloqlashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri bo’ldi. XXRsi tashkil topgungacha mamlakatda hukm surgan feodal byurokratik tizim sharoitida iqtisodiyot barqaror rivojlanmadi. Fuqarolar urushi, o‘zaro urushlar va Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash mamlakat xalq xujaligini izdan chiqardi. 1949 yilning 1-oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi e’lon qilinib, mamlakatda boshqa bir tizim hukmron bo‘lgan bo‘lsada, mamlakat iqtisodiyoti juda qaloq ahvolda edi. Albatta, buning sababi mehnatga yaroqli aholining urushga safarbar qilinishi, mamlakat ijtimoiy hayotida barqarorlikning yoqligi, davlat boshqaruv tizimlarining tez-tez o‘zgarib turishi va shunga o‘xshash omillar bilan bog‘liqdir.
1949 yilda Xitoyda yetishtirilgan don mahsulotlari 113,8 mln.t., paxta ishlab chiqarish 444 ming t ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 1936 yilga nisbatan mos ravishda 30% va 48%ga kamayib ketdi. Mamlakatdagi mavjud qoramollar soni 16%ga, umumiy qishloq xo’jaligi esa, 30%ga tushib ketdi. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi keskin ravishda pasayib ketib, g‘alla hosildorligi 10,24 sentnerni, paxta xosildorligi esa- 1,575 s.ni tashkil etdi. Vaholanki, shu davrda Xitoyning YaMMdagi qishloq xo‘jaligini ulushi 80-90% tashkil etardi.
XX asr boshida Xitoy yagona siyosiy davlat bo‘lib birlashmaganligi sababli, bunday ahvol asr oxirigacha saqlanib qoldi.
Ma’lumki, Xitoy Xalq Respublikasi “Bitta davlat- ikki tizim siyosati” tamoyili asosida rivojlanayotgan mamlakatdir. Buning sababi, oxirgi yillarda mamlakatda ikki tizimda, ya’ni sotsialistik va bozor munosabatlari tizimida rivojlanayotgan hududlar orasida siyosiy muommolar yuzaga kelishidir. Ularni hal etish va yaxshilash uchun Xitoy Markaziy hukumati jiddiy harakatlar olib bormoqda.
1949 yildan so‘ng, XXRda Markaziy davlat boshqaruvi joriy etilib, urushda inqirozga yuz tutgan xalq xo‘jaligi tizimi asta- sekinlik bilan izga tushirila boshlandi. Shu yillardan boshlab, mamlakatdagi siyosiy tizim va uning iqtisodiyoti, ijtimoiy hamda madaniy rivojlanish muommolari mamlakatning eng muhim va birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari sifatida qabul qilindi. Xitoyda ilgari asosiy korxonalar, mahalliy kapitalistlar va gomindan hukumati qo‘lida bo‘lgan edi. Mamlakatda barpo etilgan yangi hukumat esa, aholi turmush tarzini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq xo’jaligini yo‘lga qo’yish maqsadida, Xitoydagi mavjud byurokratik hukumatga tegishli bo‘lgan kapitalistik korxonalarni musodara qildi va ular davlat tasarrufiga o’tdi, ya’ni milliylashtirildi. Sanoat, transport va aloqa tizimidagi to‘Rejagan kapitalning 4/5 qismi davlat tomonidan musodara qilindi.
1949 yilning oxiriga kelib, mamlakatdagi 2850ta korxona davlat sektoriga o‘tkazildi va ular mamlakat yalpi mahsulotining 60% ini ishlab chiqara boshladilar. Mamlakatdagi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 58%i, qazib olingan ko’mirning 68%i, cho’yanning 92%i, po’latning 97%i, sementning 68%i, va yetishtirilgan paxtaning 53%i davlat sektori ulushiga to‘g‘ri keldi. Temir yo’l tarmoqlari va boshqa transport tizimlarining katta qismi, mamlakatdagi banklar, tashqi savdoning asosiy bo‘lagi davlat nazorati ostiga o‘tkazildi. Lekin, mamlakatdagi yakkahokimlik tizimi davlatni siyosiy, iqtisodiy boshqaruvida qator xatolarga yo‘l qo‘yishiga olib keldi.
1949 yilning 1-oktyabrida Tyananmen maydonida 300 ming nafar aholi yig‘ilib, Xitoy Xalq hukumati raisi Mao Szedun tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganligi e’lon qilindi. Keyinchalik, mamlakatda asosiy e’tibor (1950-52 yy.) xalq xo‘jaligini tiklashga qaratildi va1953-56 yillarda qishloq xo‘jaligida sotsialistik o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatdagi kustar sanoat va kapitalistik tizimga asoslangan korxonalar o‘zgartirilib, ishlab chiqarish vositalariga umumxalq mulki sifatida qarash holati xalq ongiga singdirilib borildi. Shu asnoda, yangi demokratiyadan sotsializmga o‘tish yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |