Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-jadval Mamlakat raqobatbardoshligining taxminiy ko’rsatkichlari va mе’yorlari5



Download 58,42 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2019
Hajmi58,42 Kb.
#30021
1   2   3
Bog'liq
milliy iqtisodiyotning raqobotbardoshligi va uni oshirish yollari


1.2-jadval

Mamlakat raqobatbardoshligining taxminiy ko’rsatkichlari va mе’yorlari5



Mamlakat raqobatbardoshligining ko’rsatkichi

Ko’rsatkich qiymati

Ko’rsatkich mе’yori (jahondagi eng yaxshi)

Mе’yor manbasi

2009 yil uchun AQSh bo’yicha ma’lumotlar



ITTKI uchun davlat byudjеtidan xarajatlar, YaIM %i

0,15

3,5

AQSh dasturi

2,8



Insonni rivojlantirish (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy soha) uchun davlat byudjеtidan xarajatlar, YaIM %i

0,15

13,0

AQSh dasturi

13



Mamlakatda bozor o’zgarishlarining darajasi

0,10

1,0

AQSh= 1,03

1,0



Aholi jon boshiga YaIM, ming AQSh doll.

0,10

30

Rivojlangan mamlakatlar bo’yicha o’rtacha qiymat

26,2



Hayotning o’rtacha uzunligi, yil

0,10

80

Yaponiyadagi eng yaxshi ko’rsatkich

76



Rеsurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichi

0,10

1,0

Jahonda eng yaxshi bo’lgan

Yaponiyadagi ko’rsatkich



0,9



Ko’p ilm talab qiluvchi mahsulot eksporti, YaIM %i

0,05

30,0

Еvropa Ittifoqi ko’rsatkichi

12



Hayot kеchirish muhitining sifati va xavfsizligi

0,05

1,0

-

0,95



Aholi jon boshiga tabiiy rеsurslar zahiralari bo’yicha mamlakatning o’rni

0,05

-

Faktga asoslanadi

2-o’rin (30 ming doll.)



Mamlakat aholisi hayotining sifati

0,15

1,0

Rivojlangan mamlakatlar6

10 foizga oshish

Firmaning raqobatbardoshligini baholash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalminallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mеzoni bo’lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda «raqobatbardoshlik» tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko’p bo’lishi ehtimolini bеlgilab bеruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang’ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko’rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo’lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chеgaralash zaruratini kеltirib chiqaradi.

Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy kontsеptsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko’ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.

Iqtisodchi olimlarning fikricha, raqobat munosabatlarining barcha xili uchta bosqichda amalga oshiriladi:



  • mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari;

  • mеzotarmoqlar, korxonalarning tarmoq korporativ birlashmalari va gorizontal intеgratsiyalashgan firmalar;

  • tarmoqlararo intеgratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar va h.k.

Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o’zi uchun zarur bo’lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to’g’ri kеladi. Jahonning ko’plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo’jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta’siri ostida shakllanadi.

Hozirgi vaqtda yuzaga kеlgan vaziyat mulkchilikning turli shakllari sub’еktlarining iqtisodiy munosabatlari ishtiroki bilan tavsiflanadi: davlat, munitsipal, xususiy. Bozorning aksariyat ishtirokchilari manfaatlari ishlab chiqarish omillarini mustaqil ravishda jalb etuvchi, ulardan foydalanuvchi va olingan mahsulotni taqsimlovchi kompaniyalar atrofida guruhlanadi. Iqtisodiy hodisalar markazlarining makrodarajadan mikro darajaga o’tishi firma ichidagi qarorlarni qabul qilish mеxanizmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. U yoki bu qarorni qabul qilish jarayonining asosiy bosqichi muqobil variantlarni tahlili qilish va ular ichidan oldinga qo’yilgan maqsadlarga to’liq javb bеruvchi variantni tanlashdan iborat. Bunda mamlakat ichida bozor munosabatlarining shakllanishi hamda uning jahon xo’jalik aloqalariga jalb etilishiga qarab raqobatbardoshlik masalalariga bo’lgan qiziqish korxonaga va moddiy ishlab chiqarish tarmog’iga ko’chadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z tovarini tashqi va ichki bozorga chiqaruvchi firma sifatning jahon darajalarini, tovarni yaratish va sotish xarajatlarini hisobga olmasdan, o’z stratеgiyasida faqat tovarning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlariga tayangan holda uzoq vaqt mobaynida barqaror mavqеni egallab turolmaydi.

O’zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kеngaytirish yoki uni qisqartirish, tеxnologik jihozlarni modеrnizatsiya qilish yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida invеstitsiyalarni amalga oshirishda albatta ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.

Umuman olganda barcha bozorlardagi yoki alohida bozorlar va ularning sеktorlariga nisbatan faoliyat yig’indisi bo’yicha raqobatbardoshlik mеzonlari markеting majmuining alohida elеmеntlari bo’yicha guruhlanadi:

1. Mahsulot.

2. Narx-navo.

3. Mahsulotni istе’mochigacha еtkazish.

4. Mahsulotni sotuvga chiqarish (markеting kommunikatsiyalari).

Hisoblash uchun miqdoriy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishbilarmonlik faolligi va firma faoliyatining samaradorligi ko’rsatkichlari tizimidan foydalaniladi.

1.3-jadval

Iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklarini shakllantirish (aniqlash)7

Bosqichlar

Dеtеrminantlar

Omillar

Stratеgiyalar

Talab shartlari

Turdosh tarmoqlar

Ishlab chiqarish omillari

+ + + + + +










Invеstitsiyalar

+ + + + + +

+ + + + + + + + + + +

+ + + + + + + + + + +




Innovatsiyalar

+ + + + + + + + + + +

+ + + + + + + + + + +

+ + + + + + + + + + +

+ + + + + + + + + + +

Boylik

+ + + + + +

+ + + + + +

+ + + + + +

+ + + + + +




-dеtеrminant foydalanilmaydi;



+ + + + + + +

-dеtеrminant qisman foydalaniladi;


+ + + + + + + + + +

-dеtеrminant to’liq foydalaniladi;

Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi:



  • birinchi bosqichda – ishlab chiqarish omillari: tabiiy rеsurslar, tovarlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar, malakali ishchi kuchi hisobidan (bir dеtеrminant bilan ta’minlanadi);

  • ikkinchi bosqichda – ta’lim, tеxnologiya, litsеnziyaga tajavvuzkor invеstitsiyalash asosida (bir dеtеminant bilan ta’minlanadi);

  • uchinchi bosqichda – «romb»ning barcha tarkibiy qismlarining amal qilishi yo’li bilan mahsulotning yangi turlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, tashkiliy qarorlar va boshqa innovatsiyalar hisobidan;

  • to’rtinchi bosqichda – tashkil etilgan boylik hisobidan va to’liq foydalanmayotgan barcha dеtеrminantlarga tayanadi.


II BOB. YAPONIYA IQTISODIYOTI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

2.1 Yaponiya iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillar.

Har bir mamlakatning savdo muhiti 4 ta ya’ni, barqaror strategiya, talab holati, omillar uchun shart-sharoit va turdosh va qo’llab quvvatlovchi tarmoqlar kabi turli xil lekin bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan omillar yordamida aniqlanadi. Yaponiya raqobatbardoshligi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda mana shu omillarning o’ziga xosligi bilan aniqlanadi. Amaliy holatning tahlili shuni ko’rsatadiki, muhim resurslarning sifati pastligi hamda ulardan foydalanish imkoniyati yo’qligi, xalqaro bozor talablariga javob bera olmaydigan mamlakat ichidagi ehtiyojning xususiyati, muhim yordamchi tarmoqlarning yaxshi rivojlanmaganligi yoki mavjud emasligi shuningdek ichki raqobatning faol emasligi doimiy raqobatbardosh emasligiga sabab bo’ladi.



Xarajat, sifat va ixtisoslashuv daromad ko’rsatkichlari sifatida. Resurs omillari- bu hodim va mahalliy ilmiy-tekshirish bazasi kabi effektiv raqobat uchun zarur bo’lgan boshlang’ich resurslardir. Kompaniyalar yuqori darajali ishlab-chiqarishni ta’minlay olishi uchun sifatli va muvofiq narhdagi mana shu resurslarga ega bo’lishi kerak. Bu resurslar jismoniy infrastruktura kabi moddiy, shuningdek universitet qoshidagi tadqiqot laboratoriya ma’lumotlar bazasi kabiinformatsion bo’lishi mumkin. Ko’p tarmoqlar uchun umumiy bo’lgan resurslar raqobat ustunligiga kamdan-kam asos bo’la oladi, chunki ko’p mamlakatlar ularga egadir. Biroq bu resurslarning yo’qligi jiddiy to’sqinlikni yuzaga keltirishi mumkin. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun samaradorlikni oshirish, sifat va daromadni ixtisoslashtirish lozim.

Muhim resurslarning yo’qligi yoki yetishmasligi noraqobatbardosh Yaponiya tarmoqlari uchun oddiy holdir. Masalan, hukumat tomonidan tadbiq qilingan savdo to’siqlar Yaponiyadagi shkolad ishlab chiqaruvchi kompaniyalari import qiluvchi shakar va kakao uchun yuqori narhlarda to’lashga majbur etdi.

Odatda infrastrukturadagi muhim mutaxasislarning yo’qligi ham raqobatbardoshlik yo’qolishiga olib keladi.

Raqobat afzalliklari yaxshi tayyorlangan mutaxasislarsiz imkonsizdir. Masalan, Yaponiyada yaxshi tayyorlangan injener va elektriklar ko’pligi rabototexnika, xo’jalik elektronika va nusxa ko’chiradigan apparatlar ishlab chiqarish kabi bir qator sohalarda ustunlik yaratdi. Ba’zan biror sohada yaxshi tayyorlangan mutaxasislar boshqa ya’ni bir qarashda bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan sohada ham kerak bo’ladi, bu esa raqobat afzalligiga erishishga imkon yaratadi.

Ko’pincha Yaponiya yaxshi tayyorlangan mutaxasislar eytishmagan tarmoqlarda noraqobatbardosh hisoblangan. Yaponiya iqtisodiyoti universtitetlar va tadqiqot institutlarida kimyoviy asbob uskunalar bo’yicha mutaxasislarning sust tayyorgarliklari tufayli uzoq vaqt mobaynida jabr ko’rdi. Kompaniyalarda qimmatli qog’ozlar aylanmasi bo’yicha faoliyat yuritish, aviaqurilish va programma bilan ta’minlash kabi bir qator sohalarda malakali mutaxasislarning yetishmasligi aynan shu tarmoqlarning rivojlanishiga to’siq bo’ldi.

Bir sohada tashkil qilingan resurs omillari boshqasida foydalanilishi mumkin. Masalan, 2-jahon urushidan keyin tikish uskunalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullangan birinchi firmalar ungacha pulemot ishlab chiqargan. Modomiki urush tugagandan so’ngra samolyot ishlab chiqarishni okkupatsiya ma’murlari ma’lum vaqtgacha ta’qiqlashgan, aviatsiya muxandislari avtomobil qurilishiga o’tishgan. Mikroiqtisodiy resurs omilari imkon tug’dirsalar oylik ish haqining oshishi, mahalliy hom ashyoning tanqisligi, tabiiy resurslarning kamayishi kabi asosiy va muhim bo’lgan resurs omillari ishlab chiqarishning yuksalishi va innovatsiyani yuzaga kelishi sabab bo’lishi mumkin. Masalan, 1059-yillarda avtomobil shohasida ish beruvchilar va ishchilar orasidagi mehnat nizolari kompaniyaning to’liq ish kuni band bo’lgan ishchilarning sonini qisqartirishga undadi. Kompaniyalar umumiy sifat nazorati va kasblar mujassamligi kabi yangi ishlab chiqarish jihozlari va yangi menejment usullarini qo’llash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga to’g’ri keldi. 1960-yillarda tez o’sgan ichki talab va 1970-yillarda eksportning o’sishi ishchi kuchi ishlab chiqarishga bo’lgan e’tiborni oshirdi.



Mahalliy klasterlarning raqobatbardoshligi: yetkazib beruvchilar, aralash tarmoq va qo’llab quvvatlovchi institutlar. Ishlab chiqaruvchilarga yuqori sifatli hom ashyo yetkazib berish, asbob uskuna bilan ta’minlash, xizmat ko’rsatish va ma’lumotlar kabi omillarga ega bo’lmasdan turib ishlab chiqarish darajasi o’sishi va rivojlanishiga erishish mumkin emas. Bu resurslardan ba’zi birlari hukumat, universitetlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yetkazib berishiga qaramasdan ko’pchiligi xususiy firmalar orqali taqdim etiladi. Albatta chel el rusurslaridan foydalanish mumkin lekin mahalliy ta’minlovchilarda ancha arzondir, bu esa ishlab chiqarishni o’stirishga yordam beradi.

Klasterlar- bu o’zaro bog’liq kompaniyalarning geografik konsentratsiyasi, yetkazib beruvchilar ixtisoslashuvi, xizmat ko’rsatish kompaniyalari, o’zaro bir-biriga yaqin soha firmalari va institutlar uyushmalari (universitetlar, standartizatsiya bo’yicha tashkilotlar va savdo sotiq uyushmalari kabi) hisoblanadi. Klasterlarning shakllanishi butun mamlakat, shtat va hatto shahar doirasida bo’lish mumkin. Bir sohaga yo’lantirilgan o’zaro bog’liq kompaniya va institutlar biror bir hududda to’planishi hodim va xizmat ko’rsatishga oson, tez va samarali erishishga yordam beradi bu esa o’z navbatida foydaga olib keladi. Klasterlarning yana bir afzalligi- maxsus nou-hauga va yuqori malakali mutaxasislarga ega bo’lish tez sur’atlarda kompaniya samaradorligini oshirish hamda optimal strategiyalarni qo’llashga yordam beradi. Juda yuqori va zamonaviy texnologik darajada “klasterizatsiyalash” raqobat uchun juda muhim, chunki u mahalliy kompaniyalarga zamonaviy va sifatli ma’lumotlarga yo’l ochib beradi, klasterdan uzoq joylashgan mutaxasislar, yetkazib beruvchilar va hamkorlar esa bu afzalliklardan mahkumdirlar. Klasterga a’zo bo’lgan kompaniyalar bu omillarni o’zlari yaratishlari shart emas, ularni tashqaridan ancha arzon olishlari mumkin.

Yapon raqobatbardosh tarmoqlari mamlakat ichidagi kuchli yetkazib beruvchilar hisobiga doimo yutishgan. Robototexnikaga murojat etamiz. Yaponiya bir qator stanok qurilishi, optik datchik va dvigatellar kabi aralash va bir biriga bog’liq sohalarda jahon lideri bo’lishi bejiz emas. Yapomiya maishiy konditsionerlar sohasida yutuqlarga erishishga muvaffaq bo’ldi. Faksimil uskunalar sohasida Yaponiyaning asosiy yutug’i fotokameralar, optika, elektronika va mikrodvigatellar kabi hamkor ishlab chiqarishda qudratli klaster bo’lganligidadir. Sintetik matolar va uglerod tolasi ishlab chiqarish Yapon sintetik tolalar ishlab chiqaruvchilarining malakasiga suyangan.

Qandolatchilik sohasida esa aksincha, oziq-ovqat sanoati uchun asbob uskunalar ishlab chiqarish sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash aynan shu sohaning sustligidan jabr ko’rgan. Shunga o’xshash kir yuvish vositalarini ishlab chiqarish kimyo sanoatida raqobatbardosh bo’lmaganidan zarar ko’rgan. Yaponiya kuchli bilim talab etuvchi programma bo’yicha ta’minlash mikroprosessar va personal kompyuterlar ishlab chiqarish zaifligi mana shu kabi soha rivojlanishini sekinlashtirdi.



Ichki talabchan xaridorlarning ta’siri (talab holati). Iqtisodiyotning rivojlanish jarayoni firmalar mahsulot sifatini oshirish, ularning xususiyatini yaxshilashni va ancha muncha muhim bo’lgan noyob mahsulotlarni qayta ishlash hamda xizmat ko’rsatishni talab qiladi. Rivojlangan iqtisodiyotda firmalar nafaqat xalqaro bozor talablariga javob beradilar, balki o’zlari bu talablarni barpo qiladilar. Ichki talab xususiyati – ya’ni ichki xaridorlar talabi va ular muomalasining o’ziga xosligi rivojlanish jarayoniga jiddiy ravishda ta’sir qiladi. Talabchan xaridorlar firma ishlab chiqarayotgan mahsulotni yaxshilash va mamlakat ichidagi hozirgi va keyingi talabini oldindan bilishga majbur etmoqda ammo tashqi bozorda faoliyat yuritib turib, buni qilish judayam qiyin. Shuningdek ichki talab firmalar bozorda juda muhim bo’lgan o’rinni egallashi uchun zarur bo’lgan bozorning segmentlarini aniqlashga yordam beradi.

Kuchli ichki raqobat. 4 ta mikroiqtisodiy milliy biznes muhim jihati orasida innovatsiani uyg’otuvchi va ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi ichki raqobatbardoshlikning kuchayishi, jahon bozorida g’alaba qozonishda juda muhim. Ichki bozorda raqobatbardoshlikning yo’qligi firmalar uchun tashqi bozorda oson bo’lmasligining aniq belgisidir.

Ichki raqobatbardoshlik shartlaridan biri raqobatni yuqori texnologik darajada bo’lishi va ishlab chiqarishni o’sishiga imkoniyat beradigan qulay investitsiya muhiti hisoblanadi. Soliq tizimi tuzilishi, korporatsiyalarni boshqarish tizimi, mehnat resurslari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi mehnat bozoridagi siyosat, intelektual bilim haqidagi qonunlar va ularni ijro etilishini ta’minlash, shuningdek bir qancha boshqa omillar tadqiqot va qayta ishlash, hodimni o’qitish va asosiy jihozlarga bo’lgan investitsiya darajasiga ta’sir etadi.

Tabiiy ichki raqobatning o’sishi siyosiy omillar bilan aniqlanadi shuningdek, mahalliy qonunlar bilan nazorat qilish, ochiq savdo siyosati, chet bel investitsiyalari uchun qulay shart sharoit yaratish va qat’iy antimonopol qonunlar- sog’lom ichki raqobat uchun muhim shartlardandir.

Barcha raqobatbardosh bo’lmagan yapon tarmoqlarida ichki raqobat turli hil yo’llar bilan ko’p hollarda hukumat tomonidan cheklangan. Masalan, kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi va quvvatini hukumat nazorat qilgan. Qimmatli qog’ozlar sektorida hukumat boshqarishi 4 (hozirda 3) qatnashchidan tashkil topgan oligipoliyani vujudga kelishiga olib keldi. Kir yuvish vositalari ishlab chiqarishda hukumat mahalliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan shunday himoya qildiki, natijada 2 yapon korporatsiyasi butun ichki bozorni egalladi. Fuqarolik aviaqurilishida barcha proyektlarni amalga oshirish bo’yicha ishlar hamkorlikda olib borilgan.

Rivojlanmagan tarmoqlar raqobatbardoshligini o’rganilganda yapon maxsus shart sharoitlari rivojlanishga to’sqinlik qilganligi aniqlandi. Tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchilar chet el lisenziyalari uchun kurashganlar, ko’p hollarda lisenziyalar uchun ko’p haq to’lashgan, natijada bozorda juda ko’p brendlar paydo bo’ldi, bu esa xaridorlarni chalg’ishiga olib keldi. Yuvish vositalari ishlab chiqarishda Kao va Lion kompaniyalari mahsulotlar sotishni ko’proq murakkab va xalqaro bozorga nisbatan kamroq integratsiyalashgan distributsiya tizimini nazotar qilishgan. Kao kompaniyasining yagona ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyasi yuvish vositalari tarmog’iga jalb etilgan, bir marta yuivishga mo’ljallangan, anchagina tejamkor “Attack” kir yuvish kukunining bozorga kirib kelishi bo’ldi. Bu mahsulot yapon xaridorlari talabiga javob berardi, ular odatda xarid qilish uchun yayov yoki velosipetda borishligi sababli, ko’p xarid qilishsa ko’tarib ketish qiyinchiliklar tug’diradi. Biroq chet elda yengil yuvish vositalariga talab bo’lmagan.

Mamlakat ichidagi raqobatchi kompaniyalar orasidagi yaqin aloqa hamda ularning xalqaro bozordagi muvaffaqiyati juda yaxshi ko’rsatkichlardan biridir. Ba’zi bir yapon mutaxasislari resurslarni bekorga sarf bo’lishiga olib keluvchi ichki raqobatni keragi yo’q deb hisoblaydilar. Yuqoridagi fikr yapon kompaniyalarining foyda olishga yetarli e’tibor berilmagani, keng miqyosda raqobatchilar yutuqlarini ko’chirishgani va o’ziga xos pozitsiyalashning yo’qligi kabi strategiyaga noto’g’ri yondoshgani natijasida paydo bo’lgan.



Yapon raqobatbardoshligining statistik analizi. Amaliy holatni o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlar statistik analiz natijlarini tasdiqladi. Yaponiya iqtisodiyotiga kiruvchi taqqoslash uchun ma’lumotlar topish mumkin bo’lgan barcha yapon tarmoqlari tanlovlaridan foydalanib, Yaponiyaning jahon eksportidagi ulushi orasidagi o’zaro aloqani, raqobatbardoshlikning an’anaviy omillari hisoblangan ishchi kuchi resurslaridan foydalanish jadalligi, inson kapitali, jismoniy kapital va ichki bozor hajmi o’rganilgan. 18 yil ichida nazorat qilinuvchi bozor ulushini hisobga olish har bir tarmoqdagi yetakchi kompaniyalar orasidagi ichki raqobat jadalligini ta’kidlash lozim. Kuchli raqobat belgisidan biri bu- asosiy raqiblarning bozordagi ulushlari har-xil yillarda o’zgartirilishi hisoblanadi.

Izlanishlar natijasida ichki raqobatbardoshlik yapon ishlab chiqaruvchilarining xalqaro bozordagi muvaffaqiyatiga asosiy omil bo’lib hisoblanishi aniqlandi. Va aksincha proteksionistik choralar yoki kartellar barpo qilish xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni pasaytirgan. Mehnat va kapitaldan intensiv foydalanish kabi an’anaviy ko’rsatkichlar solishtirish avzalligi amalda dunyo eksporti ulushiga ta’sir ko’rsatmadi. Shuningdek ichki bozor hajmi ham ko’rsatkichga ta’sir ko’rsata olmadi, bundan tejash hajmi o’z-o’zidan xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirmasligimi ko’rish mumkin.



Download 58,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish