Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti janubiy osiyo tillari kafedrasi



Download 140,2 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2017
Hajmi140,2 Kb.
#1804
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI

JANUBIY OSIYO TILLARI KAFEDRASI



BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MAVZU: MALAY TILIDA YASAMA FE’LLAR

5220100 - FILOLOGIYA (SHARQ TILLARI)



Bajardi: “Malay filologiyasi” ta’lim yo’nalishi

bitiruvchi kurs talabasi Abdurasulov

Sardor Abduraimovich _________________

(imzo)


Ilmiy maslahatchi: Janubiy Osiyo tillari

kafedrasi dotsenti, f.f.n. X. Begizova___________

(imzo)

Ilmiy rahbar: Janubiy Osiyo tillari kafedrasi

o’qituvchisi F. Mirzayeva _________________

(imzo)

TOSHKENT - 2013

MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………….…....3

I BOB. MALAY TILIDA FE’L VA UNING GRAMMATIK TAHLILI


    1. Fe’lning morfologik va sintaktik xususiyatlari, uning ma’no turlari……9

    2. Malay tilida fe’l nisbatlari va ularning yasalishi……………………….11

    3. Malay tilida fe’llarning yasalishi………………………………………...13

II BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI PREFIKSLAR

    1. meN- fe’l yasovchi prefiksining grammatik tahlili………………………16

    2. ber- fe’l yasovchi prefiksining grammatik tahlili………………………..27

    3. ter- prefiksining grammatik tahlili………………………………………..39

    4. memper- prefiksining grammatik tahlili……………………………...….45

III BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI SUFFIKSLAR

3.1. –kan suffiksi va uning grammatik tahlili………………………………….48

3.2. –i suffiksi va uning qo’llanilish doirasi…………………………………...51

IV BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI KONFIKSLAR

4.1. meN-…-kan konfiksining qo’llanilishi…………………………………...54

4.2. beR-…-an konfiksining qo’llanilishi…………………………………......60

4.3. memper-…-kan konfiksining qo’llanilishi………………………………..62



XULOSA………………………………………………………………………....65

ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………..67

KIRISH

“Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”, deb Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganlar.1 Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi juda ko’p davlatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan bo’lib, bu davlatlar orasida dunyoning iqtisodiy hayotida faol ishtirok etuvchi Malayziya davlati ham muhim o’rin egallaydi.

O‘zbekiston va mamlakatimizning Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yaqin sheriklaridan biri – Malayziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 20 yil to‘ldi. Malayziya 1992-yil 1-yanvarda O‘zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992-yil 21-fevralda esa davlatimiz bilan diplomatik munosabatlarini o‘rnatdi. Shundan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasida iliq va ishonchli aloqalar davom etib keladi. O‘zbekiston va Malayziyani siyosiy jihatdan bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish, xalqlarimizni esa diniy va madaniy qadriyatlarning mushtarakligi singari jihatlar bir-biriga yaqinlashtiradi.

Tarixdan ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992-yili Malayziyaga buyurgan rasmiy tashrifi va Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammadning 1993-yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida do‘stona aloqalar va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish uchun poydevor qo‘yilgan. 2003-yilda O‘zbekistonga Malayziya qiroli Tuanku Sayyod Sirojuddin Sayyod Jamalullayl tashrif buyurdi. Bugungi kunga kelib turli sohalarni, jumladan, savdo, sarmoyalar, soliqqa tortish, havo yo‘li, ilm-fan, madaniyat, sayyohlik, xavfsizlik va terrorizm bilan kurash, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi 20 dan ortiq hujjatdan iborat bo‘lgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos mavjuddir.2

Malayziya bilan mamlakatimiz o’rtasidagi munosabatlar nafaqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga, balki ta’lim va madaniyat almashinuviga asoslanadi. Malayziya iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi, shu bilan birga yuksak tarixiy madaniyatga ega bo’lgan davlatlardan biridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998-yili Toshkent shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston-Malayziya” do‘stlik jamiyati faol ravishda gumanitar aloqalarni, ta’lim, sayyohlik va sport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan turli xil tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Davlatlarimiz o’rtasidagi turli muhim sohalarni qamrab oluvchi diplomatik munosabatlar o’rnatilar ekan, aloqalar yanada rivojlanib, ijobiy natijalarga erishishda yurtimizda tajribali kadrlar, xususan, malayziya tili mutaxasislariga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu sababli, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Janubiy – Sharqiy Osiyo tillaridan biri - malay tili 2004 yildan boshlab asosiy va qo‘shimcha xorijiy til sifatida o‘qitila boshlandi. O’zbekiston uchun malay tili yangi, ko’plab qirralari noma’lum til hisoblanib, ushbu tilga oid bo’lgan adabiyotlar ham nihoyatda oz miqdorni tashkil etadi. Bu esa mamalakatimizdagi malay tilini o’rganayotgan talaba va o’quvchilar oldiga yana bir muhim vazifani – o’zbek xalqini malay tili haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlash, ularda malay tili va adabiyoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish kabi masalalarni qo’ydi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, malayziya tilini o’rganuvchilar uchun uning grammatikasi, tarixi va boshqa sohalarga oid kitob va darsliklarga talab ortmoqda. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan kitob va darsliklarning ko’pchiligi rus va ingliz tillarida bo’lib, bu narsa o’rganish jarayonida ma’lum bir qiyinchiliklarni tug’diradi. Boshqa tillar kabi, Malayziya tili grammatikasida ham fe’llar mavzusi, jumladan ularning yasalishi nihoyatda muhim o’rin egallaydi.

Malay tili avstroneyz tillari oilasiga mansub bo’lib, Malayziya va Indoneziya hududlarida ming yillardan beri qo’llanilib kelmoqda.3

Avstronez tillari Malay arxipelagi (Indoneziya, Filippin), Malakka yarim oroli (Malayziya, Singapur, Bruney), Hindi-Xitoyning janubiy tumanlarida, Tayvan va Madagaskar oroli hamda Okeaniyaning ko’pgina orollarida keng tarqalgan. Avstronez tillari oilasi undagi tillarning xilma-xilligi, ko’pligi bilan bir qatorda, so’zlashuvchilar sonining ko’pligi jihatidan ham yirik til oilalaridan biri hisoblanadi. Mazkur til oilasi tarkibida 1100 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, ushbu tillarda so’zlashuvchilarning umumiy soni 240 million kishidan iborat. Malayziya tili mazkur til oilasining o’zida ko’plab til guruhlarini mujassamlashtirgan Nusantara (malaycha “nusa” – vatan, ona yer, “antara” – oralig’i, atrofi) tarmog’iga mansub bo’lib, mazkur tarmoqda taxminan 200-300ga yaqin tillar mavjud4.


Avstronez tillar oilasi



Melaneziya

Mikroneziya



Nusantara tarmog’i

Polineziya



Sumatra guruhi



Malay tili

Geneologik nuqtai nazardan ko’rib chiqadigan bo’lsak, malay tilining kelib chiqishi haqidagi bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, Yunonistondan miloddan avvalgi 2500 yilda bir guruh malay tilida so‘zlashuvchi odamlar Janubiy Sharqiy Osiyo hududiga kelib joylashganlar. Keyinchalik taxminan miloddan avvalgi 1500 yilda ikkinchi guruh odamlar mazkur hududning sohil va vodiylariga o‘rnashganlar. Birinchi guruh Malay Proto va ikkinchi guruh Malay Deutro deb nomlanib, bu guruhlar birgalikda avstroneziya guruhini tashkil qilgan. Malay tili Malay arxipelagida paydo bo‘lganligi haqidagi yana bir fikrga ko‘ra, Yava orolidan yoshi ming yilga teng odam qoldig‘ining topilganligi Malayya orollarida odamlar qadim davrlardan beri istiqomat qilganliklarini ma’lum qiladi. Bugungi kunda malay tili Malayziya, Indoneziya, Bruney Sultonligining milliy tili bo‘lishi bilan birga Singapurning to‘rt rasmiy tili(ingliz, xitoy, tamil, malay tillari) dan biri hisoblanadi5. Shuningdek, malay tili xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan katta tashkilotlar tili maqomini olishga nomzodlik qilmoqda. Buning isboti tariqasida, 2004 yilning boshida Malayziyaning Dewan Bahasa dan Pustaka ( Til va Adabiyot Nashriyoti) va MABBAM tashkilotlari tomonidan malay tili – ASEAN (Janubiy Sharqiy Osiyo millatlari tashkiloti) ning rasmiy tili sifatida faoliyat yurgizishi masalasi muhokamaga qo‘yilganligini aytib o‘tish mumkin. Chunki ASEAN tashkiloti qamrab olgan hududning yarim aholisi malayziya tilida so‘zlashadi.

Tipologik jihatdan malay tili agglutinativ – prefiksal tildir. Ushbu til qo’shimchalari turlarining ko’pligi va ularning o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Mazkur tilda yangi so’zlarni hosil qilishda affiksatsiya usulidan keng foydalaniladi.

Mavzuning dolzarbligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi “Malay tilida yasama fe’llar” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, bugungi kunga kelib o’zbek tilshunoslari tomonidan malay tilida so’z hosil qilish usullarining keng ko’lamda, chuqur o’rganilmaganligi, o’zbek tilida malay grammatikasi, xususan, morfologiya – so’z yasash usullariga bag’ishlangan manba, kitoblarning yo’qligi, respublikamizda malay tiliga bo’lgan qiziqishning ortib borishi va ushbu masalaga bag’ishlangan o’zbek tilidagi adabiyotlarga bo’lgan talab va ehtiyojning yuqoriligi mavzuning nihoyatda dolzarbligini ko’rsatib turibdi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti va obyekti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti malay tilidagi so’z yasovchi qo’shimchalarning morfonematik, grammatik xususiyatlari, gapdagi ma’nolari va qo’llanilishini chuqur o’rganishdan iborat.

Ishning obyekti dunyo lingvistlarining affikslar mavzuidagi nazariy asarlari, tadqiqot ishlari, malay, ingliz, rus tillaridagi terminologik, izohli lug’atlar, lingvistik entsiklopediyalar, malay tilida nashr etilgan “Tatabahasa Melayu” (Malay tili grammatikasi) asari; internet manbalari.



Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida ko’plab ingliz, rus, malay va o’zbek tilida yozilgan manbalarga murojaat qilindi va ushbu tillarda yozilgan manbalar asosidagi tarjimalar bitiruv malakaviy ishining asosini tashkil etadi. Bularga Nik Satiah Karim va Farid M.Onn tomonidan yaratilgan “Tatabahasa Dewan, Edisi Baharu”, T.V.Dorofeyevaning rus tilida yozilgan “Учебник малайского языка”, Osman Sulaymonning ingliz tilida yozilgan “Malay for everyone”, Asraf Zaitoning “Sistem Bahasa” kabi ilmiy asarlari va boshqa manbalar kiradi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishi “Malay tilida yasama fe’llar” deb nomlangan bo’lib, ishni yozishdan maqsad - zamonaviy malay tilidagi yasama fe’llarning xususiyatlarini tushuntirib berish va ularni hosil qilish usullarini tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun esa quyidagi vazifalar qo’yildi:

1) Malay tilida fe’l so’z turkumi, uning ma’no turlarini izohlab berish hamda morfologik va sintaktik jihatdan tahlil qilish;

2) Malay tilidagi yasama fe’llar, ularning xususiyatlari hamda yasalish usullarini ko’rsatib berish;

3) Malay tilidagi fe’llarning hosil qilish jarayonida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tushuntirib berish.

Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda mavzuga bog’liq bo’lgan nazariy adabiyotlar o’rganib chiqildi. Ushbu nazariy adabiyotlarni 2 guruhga bo’lish mumkin:


  1. O’zbek tilidagi umumiy tilshunoslikka oid bo’lgan adabiyotlar. Ushbu adabiyotlar yordamida fe’l haqidagi umumiy ma’lumotlar o’rganib chiqildi. Bunga misol tariqasida Komil Meliyevning “Turkiy tillarda fe’l kategoriyasi” asarini olishimiz mumkin.

  2. Malay tili bilan bevosita bog’liq nazariy adabiyotlar: Masalan: Nik Satiah Karimning “Tatabahasa Dewan” va Farid Osmanning “Tatabahasa Dewan. Edisi Baharu” asarlari. Ular yordamida mavzu bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mavzuni o’rganishda darsliklar, o’quv qo’llanmalari, lingvistik lug’atlar hamda ikki tilli lug’atlardan ham foydalanildi Ushbu guruh adabiyotlariga A.Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati”, Othman Sulaymanning “Malay for everyone”, M.Havkinsning “Kamus dwibahasa” ikki tilli lug’ati va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Ushbu malakaviy ishda mavzuni yoritishda tasviriy metoddan foydalanildi.



Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, xulosa, qo’llanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, asosiy qism 4 bobga ajratilgan. Birinchi bobda malay tilidagi fe’llar va yasama fe’llar hamda ularning grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot berib o’tilsa, keyingi boblar malay tilidagi fe’l yasalishining affiksatsiya usuliga bag’ishlanadi. Jumladan, ikkinchi va uchinchi boblarda malay tilidagi fe’l yasovchi prefikslar va suffikslarning grammatik xususiyatlari yoritib berilsa, to’rtinchi bob fe’l yasovchi konfikslar tahliliga bag’ishlanadi. Har bir yasama fe’l va ularni hosil qilish usullari turli misollar yordamida tushuntirib beriladi. Xulosa qismida esa material asosida kelib chiqqan xulosalar, erishilgan natijalar keltirib o’tiladi.

I BOB. MALAY TILIDA FE’L VA UNING GRAMMATIK TAHLILI

    1. Fe’lning morfologik va sintaktik xususiyatlari, uning ma’no turlari

Fe’l - harakat bildiruvchi so’zlar turkumi. Grammatikada harakat juda keng tushunchaga ega bo’lib, u yugurmoq, sakramoq, uxlamoq, yig’lamoq, sevmoq, o’ylamoq, tinchimoq, ko’paymoq, qurimoq, sovimoq va shu kabi fe’llar bildiradigan harakat-hodisalarni nazarda tutadi. 6 Fe’llar nima qilmoq? Nima bo’lmoq so’roqlariga javob bo’ladi va qolgan barcha so’roqlar aynan shu so’roqlar asosida hosil bo’ladi, masalan, nima qildi? nima qilgan? nima qiladi? va hokazolar.7

Malay tilidagi fe’llar quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:



  1. O’timli va o’timsizlik xususiyatlariga ega:

Membaca(o’qimoq), membuka (ochmoq) – o’timli

Tidur(uxlamoq), pergi (bormoq), turun (tushmoq) – o’timsiz.

  1. Fe’llar boshqa turkumlardan yasalish xususiyatiga ega. Misol uchun ot turkumiga mansub bo’lgan kanun(qonun), buah (meva), sifat turkumiga mansub bo’lgan baik (yaxshi), putih(oq), son turkumiga mansub bo’lgan satu(bir, bitta) so’zlariga fe’l yasovchi qo’shimchalarni qo’shish natijasida fe’l turkumiga mansub so’zlar hosil bo’ladi:

kanun (qonun) - menganunkan (qonuniylashtirmoq);

bunga (gul) - berbunga (gul chiqarmoq,gullamoq);

baik (yaxshi) - membaiki (yaxshilamoq);

satu (bir) - menyatukan (birlashtirmoq).

O’zbek tilidan farqli ravishda, malay tilidagi fe’llarning bo’lishsizlik hamda zamon shakllari leksik yo’l bilan yasaladi:



pergi(bordi) - tak pergi (bormadi), tidur (uxladi) – tidak tidur (uxlamadi);

sudah tidur (uxladi, uxlab bo’ldi), sedang tidur (uxlayapti), akan tidur (uxlaydi).

Malay tilidagi fe’llar ham xuddi o’zbek tili singgari gapda fe’l kesim vazifasini bajarib keladi(fe’llarning sintaktik xususiyati): Musim bunga datang (Bahor keldi)



Fe’llarning ma’no guruhlari

Fe’llar lug’aviy (leksik) jihatdan quyidagi ma’no guruhlariga bo’linadi:



  1. Yurish – harakat fe’llari: berjalan (yurmoq), lari (yugurmoq), pergi (bormoq), naik (chiqmoq), tiup (yelmoq), lompat (sakramoq), terbang (uchmoq);

  2. Nutq fe’llari: berkata (gapirmoq), mengatakan (aytmoq), menceritakan (hikoya qilmoq), mengigil (shivirlamoq), gementar (pichirlamoq), meratap (o’kirmoq);

  3. Tafakkur fe’llari: berfikir (o’ylamoq), berhayal (hayol qilmoq), menggambarkan (tasavvur qilmoq), membayangkan (ko’z oldiga keltirmoq);

  4. Natija faoliyat fe’llari: lukis (chizmoq), menulis (yozmoq), membina (qurmoq), membangun (barpo qilmoq), membuat (yaratmoq), mengeluarkan (ishlab chiqarmoq), membersihi (tozalamoq), mewarnakan (bo’yamoq), makan (yemoq), mengelap (artmoq),memadamkan (o’chirmoq), membaiki (yaxshilamoq), membinasakan (buzmoq, vayron qilmoq);

  5. Holat fe’llari: tidur (uxlamoq), gelak (kulmoq), tersenyum (tabassum qilmoq), tangis (yig’lamoq), berputih (oqarib ketmoq), menebal (qalinlashmoq, yo’g’onlashmoq), mengurus (ozmoq)8.

Malay tilida o’timli va o’timsiz fe’llar

O’zbek tili singgari malay tilidagi fe’llar ham o’timli va o’timsizlik xususiyatiga ega.

O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir: membaca buku (kitobni o’qimoq), menulis surat (xatni yozmoq), membersih rumah (uyni tozalamoq), mendengar muzik (musiqa tinglamoq).

O’timsiz fe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: berlari (yugurmoq), pergi (bormoq), duduk (o’tirmoq), tidur (uxlamoq).



    1. Malay tilida fe’l nisbatlari va ularning yasalishi

Fe’l orqali ifodalangan harakatni amalga oshiradigan shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi yoki subyekti deb ataladi, harakat o’tgan narsa yoki shaxs esa obyekt deb ataladi. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada qatnashishini ifodalovchi fe’l shakllari fe’l nisbati deyiladi9.

Biz malay tilidagi nisbat kategoriyasini o’rganar ekanmiz, o’zbek tilidagi nisbat kategoriyasi bilan qiyoslab o’rgansak maqsadga muvofiq bo’ladi.Hozirgi o’zbek tilida fe’l nisbatlarining 5 xil turi uchraydi:



  1. Aniq nisbat. Ushbu nisbatdagi fe’llar harakatning ma’lum shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi, ya’ni bu fe’llar ifodalagan harakat-holatning bajaruvchisi aniq bo’ladi. Aniq nisbat hech qanday qo’shimchasiz yasaladi va harakat gapning egasi tomonidan bajariladi: Men maktabga bordim. Mohira maktabga bormadi. O’zbek tilidan farqli ravishda, malay tilida aniq nisbat ham qo’shimchasiz, ham qo’shimchalar yordamida yasalishi mumkin:

Pergi – bormoq

Setiap pagi dia pergi ke sekolah.

Har kuni ertalab u maktabga boradi.

beR + kerja(ish) = bekerja (ishlamoq)

Pak Saleh bekerja dari pagi hingga malam.

Solih amaki ertalabdan kech tungacha mehnat qiladi.

  1. Majhul nisbat. Ushbu nisbatdagi fe’llar ish-harakatning aniq bajaruvchisini ko’rsatmaydi. O’zbek tilida ushbu fe’llar n, -in, -l, -il qo’shimchalari yordamida yasaladi: to’kildi, to’plandi, olindi. Malay tilida esa fe’lning majhul nisbat shakli uning bajaruvchisining shaxsiga qarab ikki xil usulda yasaladi:

  1. I va II shaxsda quyidagi forma qo’llaniladi:

Ega + aniqlovchi + to’ldiruvchi + kesim

Buku ini sudah saya baca. (Bu kitob allaqachon men tomonimdan o’qib bo’lingan).

  1. III shaxsda di- prefiksidan foydalaniladi:

Bangunan ini dibina pada tahun 195710. – Ushbu bino 1957 yilda qurilgan.

  1. O’zlik nisbat. Fe’lning o’zlik nisbati subyekt tomonidan bajarilib, yana subyektning o’ziga qaytgan harakat va holatni bildiradi. Bunda harakatning bajaruvchisi ham, harakat qaratilgan predmet ham bir shaxsning o’zi bo’ladi, ya’ni fe’lning aniq nisbatida harakat subyektdan boshlanib, boshqa predmetga o’tsa, o’zlik nisbatida esa subyektning o’zida qoladi. O’zbek tilida ushbu nisbat fe’llari -n, -l, -in, -il va ba’zan –ish qo’shimchalari yordamida yasaladi: tarandi, sevindi, sudraldi, kerishdi. Malay tilida esa o’zlik nisbati uchun alohida bir qo’shimcha yo’q, ba’zan beR- qo’shimchasi yoki o’timli fe’l asosiga meN- qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi:

Dia suka berbaju baik. (U yaxshi kiyinishni yaxshi ko’radi).

Saya sudah memakan. (Men ovqatlanib bo’ldim.

  1. Orttirma nisbat. Ushbu nisbatdagi fe’llar ish-harakatning bajaruvchi ta’sirida boshqa biror shaxs yoki narsa-buyum vositasida bajarilganligini bildiradi. O’zbek tilida ushbu nisbatdagi fe’llar asosan –t, –tir, -ir, -ar, -kaz, -kiz, -qaz, -giz qo’shimchalari orqali yasaladi: uchirmoq, o’qitmoq, chiqarmoq, keltirmoq, ketkizmoq, tutqazmoq. Malay tilida esa ushbu nisbatdagi fe’llar asosan memper- old qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi:

alat (asbob, vosita) - memperalat (qurollantirmoq);

daya (kuch) - memperdaya(kuchaytirmoq);

besar (katta) - memperbesar (kattalashtirmoq).

  1. Birgalik nisbat. Ushbu nisbatdagi fe’llar ish-harakatning bir necha shaxs yoki narsa-buyum tomonidan bajarilganligini ko’rsatadi. O’zbek tilida ushbu nisbatdagi fe’llar asosan –sh va -ish qo’shimchalari orqali yasaladi:

Bolalar paxta terishdi.

Karim va Ahmad maqola yozishdi.

Malay tilida esa birgalik nisbat hosil qilishda ber-…-an konfiksidan foydalaniladi:



terbang (uchmoq) - berterbangan (uchishmoq)

Burung-burun berterbangan di langit11. – Osmonda qushlar uchishmoqda.

Kuychaytirish yoki ish-harakatning uzoq vaqt davomida bajarilishini ifodalash maqsadida qo’llaniladigan reduplikatsiya hodisasida esa ber- qo’shimchasi takror so’zning birinchi qismiga, -an qo’shimchasi esa ikkinchi qismiga qo’shiladi:



Musuh(dushman) – bermusuh-musuhan (uzoq adovatlashmoq)

Mereka lama bermusuh – musuhan12. – Ular uzoq vaqt adovatlashib yurishdi.

    1. Malay tilida fe’llarning yasalishi

Negizga yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yasalgan fe’llar yasama fe’llar deyiladi. Masalan: bezamoq, ko’karmoq, yaxshilamoq kabi.

Malay tilida fe’llar asosan yasovchi qo’shimchalar, ya’ni affiksatsiya (yoki morfologik) usulda yasaladi.



Affiks (lotincha “affixus” so’zidan olingan bo’lib, birlashtirilgan, biriktirilgan degan manolarni anglatadi) so’zga (leksemaga) zid qo’yiladigan, leksik ma’noga ega bo’lmagan, o’zi qo’shiladigan asosning lu’g’aviy yoki grammatik ma’nolarning shakllanishiga xizmat qiladigan morfema, qo’shimcha hisoblanadi13.

Affikslar o’zakning qaysi qismiga qo’shilishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:



Prefikslar o’zakning boshiga, ya’ni oldingi qismiga qo’shiluvchi qo’shimchalar bo’lib, ular malay tilida “awalan” (oldingi) deb ataladi.

meN– menulis(yozmoq), membaca(o’qimoq),mengajar (o’qitmoq)

ber– berjalan(yurmoq), bekerja (ishlamoq)

Suffikslar – o’zakning oxirgi qismiga qo’shiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi14. Ular malay tilida “akhiran” sifatida yuritiladi. Ushbu turdagi qo’shimchalarga malay tilidagi quyidagi qo’shimchalarni misol tariqasida keltirish mumkin:

kan bukukan (kitob qilmoq), wariskan (voris etib tayinlamoq)

i hambai(qul qilmoq), baiki (yaxshilamoq)


Download 140,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish