otga qo’shilgan holda:
-
ega bo’lmoq
baju (kiyim) – berbaju (kiyimga ega bo’lmoq, kiymoq)
Murid-murid sekolah berbaju seragam40.
O’quvchilari maxsus maktab libosini kiyadilar.
Rumah (uy) – berumah (uyga ega bo’lmoq)
Orang kaya lazimnya berumah besar.
Badavlat odamning ulkan uyga ega bo’lishi kerak.
Pelajaran(ta’lim) – berpelajaran (ta’lim olgan, savodxon)
Pekerja-pekerjanya berpelajaran baik belaka.
Ushbu ishchilar yaxshi ta’lim olishgan.
Isteri(ayol) – beristeri (uylanmoq, ayolli bo’lmoq)
Penulis muda itu sudah beristeri41.
Ushbu yosh yozuvchi uylanib bo’lgan.
Hak (haq, huquq) – berhak(haqli bo’lmoq, huquqqa ega bo’lmoq)
Manusia berhak menuntut keadilan.
Odamzod adolatni talab qilish huquqiga egadir.
-
kiymoq yoki foydalanmoq
kasut (tufli, poyafzal) – berkasut (poyafzal kiymoq)
Adik berkasut baru ke sekolah42.
Ukam maktabga yangi tufli kiyib boradi.
Kereta (mashina) – berkereta (mashina haydamoq)
Encik Khayrul tidak suka berkereta ke pejabatnya.
Janob Hayrul ishxonasiga mashinada borishni yoqtirmaydi.
Bedak (upa) – berbedak (upa surtmoq)
Anita suka berbedak dan bercelak.
Anita upa surtishni va tushdan foydalanishni judayam yoqtiradi.
basikal (velosiped) – berbasikal (velosiped haydamoq)
Kebanyakan di sekolah itu berbasikal.
Ushbu maktabdagilarning ko’pchiligi velosiped haydashadi.
bahasa (til) – berbahasa (tilda gapirmoq)
Lucy Lim dapat berbahasa Melayu dengan baik.
Lucy Lim Malay tilida judayam yaxshi gaplashadi43.
-
biror faoliyat bilan shug’ullanmoq
sawah (sholizor) – bersawah (sholikorlik qilmoq)
Pak Din bersawah padi.
Pak Din sholikorlik bilan shug’ullanadi.
Kebun (bog’) – berkebun (bog’bonlik qilmoq, bog’dorchilik qilmoq)
Petani itu mula berkebun kelapa.
Ushbu dehqon kokos bog’dorchiligi bilan shug’ullana boshladi.
Ladang (dala, mulk, ferma) – berladang (fermerlik qilmoq)
Mereka cuba berladang pula.
Ular ham fermerlik qilmoqchi bo’lishdi.
Kedai (do‘kon) – berkedai (do’kondorlik qilmoq)
Ah Chong berkedai runcit.
Ah Chong kichkina savdo do’konini yurgizadi.
Rotan (o’tin) – berotan (o’tinchilik qilmoq, o’tin termoq)
Mereka pergi berotan di hujung kampung.
Ular o’tin terish uchun qishloq chekkasiga bordilar.
-
hosil bermoq, chiqarmoq, yaratmoq
buah (meva) – berbuah (meva bermoq, pishmoq)
Pokok durian ayah saya mula berbuah44.
Durian daraxti meva bera boshladi.
Telur (tuxum) – bertelur (tuxum qo’ymoq)
Ayam borek itu sudah bertelur.
Bu qashqa tovuq tuxum bera boshladi.
Anak (bola, farzand) – beranak (farzand ko’rmoq, bolalamoq)
Kucing Mak Tom beranak empat ekor.
Tom xolaning iti to’rtta kuchuk tug’di.
Tunas(kurtak) – bertunas(kurtak chiqarmoq, o’smoq)
Tanaman bapa saya telah bertunas45.
Dadamning bog’idagi daraxtlar kurtak chiqara boshladi.
Akar (ildiz, tomir) – berakar (ildiz otmoq)
Pokok besar itu berakar banyak.
Bu katta daraxt juda ko’p ildiz otgan.
-
yordam so’rab murojaat qilmoq
guru (ustoz) – berguru (maslahat uchun murojaat qilmoq)
Kesemua mereka berguru kepada orang tua itu.46
Ularning barchasi maslahat uchun ushbu keksa odamga murojaat qiladilar.
Dukun (tabib) – berdukun (shifo izlab tabib huzuriga bormoq)
Mereka lebih suka berdukun daripada berubat ke hospital.
Ular kasalxonada davolanishdan ko’ra tabibga murojaat qilishni afzal ko’rishadi.
-
Sifat bilan birikkanda:
-
biror holat, sharoitda bo’lmoq
gembira (xursand, baxtiyor) – bergembira (xursand bo’lmoq)
Mereka bergembira dengan kejayaan kawan-kawan mereka.47
Ular do’stlarining muvaffaqiyatidan xursand bo’lishdi.
Sukacita (xursand, quvnoq) – bersukacita (quvnamoq, zavqlanmoq)
Mereka sukacita sepanjang hari.
Ular kun bo’yi bir-birini xursand qilib yurishadi.
Duka (g’amgin, tushkun) – berduka (tushkun kayfiyatda bo’lmoq)
Semenjak kematian ibunya dia sentiasa berduka.
Onasining o’limidan so’ng u doimo tushkun kayfiyatda yuradi.
Sedih (hafa) – bersedih (hafa bo’lmoq)
Karim bersedih dengan pemergian kawan karibnya.
Karim uning yaqin do’sti ketganligidan hafa bo’ldi.
Muram (g’amgin) – bermuram (ga’mgin bo’lmoq)
Seminggu lamanya Uda bermuram.
Bir hafta davomida Uda ga’mgin kayfiyatda yurdi.
-
Qo’lga kiritmoq, erishmoq
Untung (foyda) – beruntung (foyda olmoq, yutmoq)
Pasangan itu beruntung mendapat anak kembar.48
Bu juftlik egizaklarni asrab olib faqat foyda ko’rdi.
-
Son bilan birikkanda:
-
birlashmoq
Satu(bir) – bersatu (birlashmoq)
Mereka bersatu menghadapi serangan musuh.
Ular dushman hujumiga qarshi birlashdilar.
-
ter- prefiksining grammatik tahlili
ter- prefiksi ham fe’l yasovchi qo’shimchalardan biri hisoblanadi. ber- old qo’shimchasi singgari, mazkur qo’shimchaning ham faqatgina bitta, ya’ni ter- shakli mavjud bo’lib, o’zi birikadigan so’zning qanday harf bilan boshlanishidan qat’iy o’z shaklini o’zgartirmaydi49.
Masalan:
ikat - terikat
ambil - terambil
bubuh - terbubuh
carik - tercarik
jalin - terjalin
makan - termakan
pakai - terpakai
warta - terwarta
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, xuddi ber- prefiksi kabi ter- old qo’shimchasi ham r harfi bilan boshlanuvchi o’zakka qo’shilganda, tovush moslashuvi tufayli ikkita r harfidan bittasi tushirib qoldiriladi50. Masalan:
rasa - terasa
rentang - terentang
rendam - terendam
rancang - terancang
ringkas - teringkas
ter- old qo’shimchasi quyidagi so’z turkumlariga birikkan holda fe’l yasaydi:
-
ter- qo’shimchasi ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l turkumidagi so’zlarni yasaydi:
paku (mix) - terpaku (qoqilmoq)
nama (ism, nom) - ternama (mashhur bo’lmoq, nom qoldirmoq)
buku (kitob) - terbuku (kitob bo’lmoq)
pelajar (talaba) - terpelajar (ta’lim olmoq, savodxon bo’lmoq)
dayung (eshkak) - terdayung (qayiqda suzmoq)
-
ter- qo’shimchasi fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l turkumidagi so’zlarni yasaydi:
-
ter- qo’shimchasi o’timli fe’llarga birikkan holda quyidagi so’zlarni yasaydi:
beli (harid qilmoq) - terbeli (sotilmoq)
pukul (urmoq) - terpukul (bong urmoq)
makan (yemoq) - termakan (yeyilmoq)
ambil (olmoq) - terambil (olinmoq)
suruh (buyurmoq) - tersuruh (buyruq olmoq)
-
ter- qo’shimchasi o’timsiz fe’llarga birikkan holda quyidagi so’zlarni yasaydi:
duduk (o’tirmoq) - terduduk (o’zini tashlamoq)
diam (tinchlantirmoq) - terdiam (tinch holatda bo’lmoq)
baring (yotmoq) - terbaring (yotib qolmoq)
sandar (suyanmoq) - tersandar (suyab qo’yilmoq)
jatuh (yiqilmoq) - terjatuh (to’satdan yiqilib tushmoq)
teR- qo’shimchasi yordamida yasalgan fe’llarni shakl jihatidan 3 turga bo’lishimiz mumkin:
-
aniq nisbatdagi o’timli fe’llar:
termakan (yeb qo’ymoq)
Adik termakan makanan yang pedas itu.
Ukam bu achchiq ovqatni yeb qo’ydi.
terambil (bexosdan, bilmasdan olmoq)
Saya terambil buku Ali.
Alining kitobini men olgan edim.
ternampak (ko’rmoq, ko’rib qolmoq)
Kami ternampak seekor buaya dalam sungai itu.
Biz daryoda bitta timsohni ko’rib qoldik.
terbeli (sotib olmoq)
Ayah tidak terbeli rumah besar itu.
Dadam bu katta uyni sotib olmadi.
terbaca (o’qimoq)
Anita terbaca buku yang tebal itu.
Anita bu qalin kitobni o’qib chiqdi.
-
majhul nisbatdagi o’timli fe’llar:
pijak (bosmoq) – terpijak (ezilmoq, bosilmoq)
Bunga itu terpijak oleh Ali.
Bu gulni Ali bosib oldi. (so’zma-so’z:Bu gul Ali tomonidan bosib olindi)
ambil(olmoq) – terambil (olinmoq)
Buku saya terambil oleh bapa.
Mening kitobimni dadam oldi. (so’zma-so’z: Kitob dadam tomonidan olindi)
Angkat (ko’tarmoq) – terangkat (ko’tarilmoq)
Batu yang berat itu terangkat oleh Badang51.
Badang bu og’ir toshni ko’tardi. (so’zma-so’z: Og’ir tosh Badang tomonidan ko’tarildi).
Tewas(mag’lub bo’lmoq) – tertewas (mag’lub etilmoq)
Pasukan sekolah tertewas oleh pasukan pelawat52.
Maktab jamoasi mehmon jamoa tomonidan mag’lub etildi.
-
o’timsiz fe’llar:
jatuh – terjatuh (yiqilib tushmoq)
Dia terjatuh dari atas pokok.
U daraxtning ustidan yiqilib tushdi.
Tertidur (uxlab qolmoq)
Ali terduduk sejenak setelah mendengar berita itu53.
Ushbu xabarni eshitgach, Ali bir zumga o’tirib qoldi.
Terbaring (yotqizilmoq)
Pesakit itu terbaring di atas katil.
Ushbu kasalni karavotga yotqizishdi.
Terdiam (jim bo’lmoq)
Murid-murid terdiam apabila dimarahi guru.
O’qituvchining jahli chiqqach, o’quvchilar jim bo’lib qolishdi.
tersandar (suyanib qolmoq)
Pekerja itu tersandar di kerusi rotan.
Ishchi yo’g’och stulga suyanib qoldi.
teR- old qo’shimchasi o’zakka qo’shilib quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
-
biror ish harakatni ataylab emas, balki behosdan, to’satdan bajarmoq:
-
aniq nisbatda
termakan (yeb qo’ymoq)54
Pekerja itu termakan racun serangga.
Ishchi hasharotlarga qarshi zaharni yeb qo’ydi.
tersepak (tepib yubormoq)
Ali tersepak batu semasa berjalan di tepi pantai.
Ali sohil bo’ylab yurarkan, behosdan toshni tepib yubordi.
terpijak (bosib olmoq)
Adik terpijak paku ketika bermain.
Ukam o’ynayotib behosdan mixni bosib oldi.
-
majhul nisbatda:
terlanggar (urilmoq)
Anjingnya terlanggar oleh lori.
Uning iti mashina urib ketdi. (so’zma-so’z: Uning iti mashina tomonidan urib ketildi).
terpijak (bosilmoq, ezilmoq)
Kasut saya terpijak oleh Ali.
Ali tuflimni bosib oldi. (so’zma-so’z: Tuflim Ali tomonidan bosib olindi)
terambil (olinmoq)
Baju abang terambil oleh bapa.
Akamning ko’ylagini dadam olgan edi.(so’zma-so’z: Akamning ko’ylagi dadam tomonidan olingan edi).
tertidur (uxlatilmoq)
Adik saya sentiasa tertidur oleh emak saya.
Ukamni doim onam uxlatar edi. (so’zma-so’z: Ukam doim onam tomonidan uxlatilar edi).
Akhbar itu dibaca oleh hampir semua penduduk negera kami.
Bu gazeta yurtimizning deyarli barcha aholisi tomonidan o’qiladi.
-
qodir bo’lmoq, uddalamoq, muvaffaq bo’lmoq, eplamoq:
terangkat (ko’tara olmoq)
Badang terangkat batu yang besar itu.
Badang bu ulkan toshni ko’tarishga muvaffaq bo’ldi.
tertewas (mag’lub eta olmoq)
Pasukan negeri tertewas oleh pasukan pelawat.55
Shtat jamoasi mehmon jamoani mag’lub qilishni uddasidan chiqdi.
terbaca (o’qiy olmoq)
Cikgu Salmah tidak terbaca tulisan yang buruk itu.
Ustoz Salmah bu tushunarsiz husnixatni o’qiy olmadi.
terbuat (bajara olmoq, amallamoq)
Pak Tua terbuat kerja yang berat itu.
Janob Tua ushbu og’ir vazfani bajarishning uddasidan chiqdi.
ternampak (ko’ra olmoq)
Maymunah ternampak rumah mereka dari jauh sekali.
Maymuna ularning uyini juda uzoqdan ham ko’ra olar edi.
-
memper- prefiksining grammatik tahlili
memper- prefiksi ham fe’l yasovchi qo’shimchalardan biri hisoblanadi. Mazkur qo’shimchaning faqatgina memper- shakli mavjud bo’lib, o’zi birikadigan so’zning qanday harf bilan boshlanishidan qat’iy o’z shaklini o’zgartirmaydi56:
Ushbu qo’shimcha quyidagi so’z turkumlariga mansub bo’lgan so’zlarga qo’shilgan holda fe’l yasaydi:
Ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
Masalan:
Alat (asbob, vosita) - memperalat (qurollantirmoq)
Kerajaan memperalat pemuda – pemuda itu.
Hukumat yoshlarni kerakli asbob-uskunalar bilan qurollantirdi.
Daya (kuch) - memperdaya(aldamoq)
Ali memperdaya kawan-kawannya dengan janji-janji manis.57
Ali do’stlarini shirin va’dalar bilan aldadi.
Kacang (yong’oq) - memperkacang (sindirmoq, chaqmoq)
Dia memperkacang harta orang tuanya hingga habis.
U ota-onasining qalbini parcha-parcha qildi.
hamba(qul) - memperhamba (qul qilmoq)
Dia memperhamba semua orang di kampong itu.58
U qishloqdagi butun aholini qulga aylantirdi.
Sifat turkumidagi so’zlarga qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
besar (katta) - memperbesar (kattalashtirmoq, katta qilmoq)
Pak Mat memperbesar rumahnya.
Mat amaki uyini yanada kattalashtirdi.
Kemas (tartbli, saranjom) - memperkemas (tartibga keltirmoq)
Ibu memperkemas ruang tamu rumah kami.
Onam mehmonxonani tartibga keltirdi.
II bob bo’yicha xulosa
Malay tilidagi yasama fe’llar asosan affiksatsiya usulida yasaladi. Ushbu tilida fe’l yasovchi affikslarning barcha turini, ya’ni prefiks, suffiks, konfiks va infikslarni ko’rishimiz mumkin. Ammo, qo’llanilish darajasi jihatidan eng yuqori ko’rsatkich prefikslarga tegishli bo’lsa, infikslar malay tilidagi eng kam ishlatiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi. Miqdor jihatidan qiyoslash maqsadida fe’l yasovchi qo’shimchalarning gapda qo’llanilishi darajasi ko’rib chiqilgach, shu narsa ma’lum bo’ldiki, malay tilidagi eng ko’p qo’llaniladigan fe’l yasovchi qo’shimchalar meN- prediksi hisoblanar ekan. 1998-yilgi tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, malay tilidagi har 13ta so’zning birida ushbu fe’l yasovchi prefiks ishtirok etadi.
Prefiks o’zakka qo’shilganda morfonematik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarish sandxi, ya’ni “”tovushlar birikuvi yoki uyg’unlashuvi” deb ataladi. Sandxi qoidasi malay tiliga hind tili grammatikasidan o’zlashgan bo’lib, unga ko’ra yangi so’z yasash uchun qo’shilgan bir so’z (yoki morfema)ning boshlang’ich tovushidagi fonetik o’zgarishlari qonuniyati tushuniladi. Mazkur qoidaning malay tili grammatikasida mavjudligi qadimda unga Sanskrit tilining ta’siri juda katta bo’lganligining isbotidir. Sandxi qoidasiga ko’ra quyidagilar birikishi mumkin:
-
Unlilar (ya’ni bir so’z yoki morfemaning oxirgi unlisi bilan ikkinchi so’z yoki morfemaning boshlang’ich unlisi);
-
Undoshlar (ya’ni bir so’z yoki morfemaning oxirgi undoshi bilan ikkinchi so’z yoki morfemaning boshlang’ich undoshi yoki unlisi).
III BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI SUFFIKSLAR
Suffikslar – o’zakning oxirgi qismiga qo’shiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi59. Ular malay tilida “akhiran” sifatida yuritiladi. Malay tilidagi fe’l yasovchi suffikslar faqatgina ikkitani tashkil etadi. Bular:
-
–kan
-
–i
3.1. –kan suffiksi va uning grammatik tahlili
-kan suffiksi o’zakka qo’shilgan holda o’timli fe’l yasaydi. - kan suffiksi quyidagi so’z turkumlariga qo’shilgan holda fe’l yasashga xizmat qiladi
Ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l yasaydi:
buku (kitob) - bukukan (kitob shakliga keltirmoq)
diri (turmoq) - dirikan (qurmoq, ko’tarmoq)
sekolah (maktab) - sekolahkan (maktabga aylantirmoq)
riwayat (rivoyat, hikoya) - riwayatkan (hikoya qilib bermoq)
pasar (bozor) - pasarkan (bozorda sotmoq)
Sifat turkumidagi so’zlarga qo’shilib fe’l yasaydi:
besar (katta) - besarkan (kattalashtirmoq)
panjang (uzun) - panjangkan (uzaytirmoq)
sejuk (sovuq) - sejukkan (sovuq qilmoq)
biru (ko’k, havo rang) - birukan (ko’kartirmoq)
tinggi (baland) - tinggikan (baland qilmoq)
Fe’l turkumidagi so’zlarga qo’shilib yangi so’z yasaydi:
cari (topmoq, izlamoq) - carikan (topib bermoq)
baca (o’qimoq) - bacakan (o’qib bermoq)
kirim (jo’natmoq) - kirimkan (jo’natib bermoq)
beli (sotib olmoq) - belikan (sotib olmoq)
bangun(uyg’onmoq) - bangunkan (uyg’otmoq)
tidur (uxlamoq) - tidurkan (uxlatmoq)
terbang (uchmoq) - terbangkan (uchirmoq)
jatuh (yiqilmoq) - jatuhkan (yiqitmoq)
Yordamchi so’zlarga qo’shilib fe’l yasaydi:
dahulu (oldin, ilgari) - dahulukan (oldindan bajarmoq)
sudah (allaqachon) - sudahkan (tugatmoq)
ramai (ko’p) - ramaikan (ko’paytirmoq, oshirmoq)
jangan (aslo) - jangankan (qila ko’rmang!)
-kan qo’shimchasi o’zakka qo’shilib quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
-
Bajarmoq, amalga oshirmoq. Ushbu qo’shimcha yordamida yasalgan fe’l faqatgina I va II shaxsdagi otlar bilan birgalikda qo’llaniladi.
Buku (kitob) - bukukan (kitob qilmoq)
Rencana itu saya bukukan60.
Men ushbu maqolalarni kitob holiga keltirdim.
diri - dirikan (qurmoq, ko’tarmoq)
Rumah itu kami dirikan bersama – sama.61
Biz bu uyni birgalikda qurdik.
riwayat (rivoyat, hikoya) – riwayatkan (hikoya qilmoq)
Kisah itu anda riwayatkan dengan jelas.
Siz bu qissani batafsil hikoya qilib berdingiz.
pasar (bozor) – pasarkan (bozorda sotmoq)
Hasil kebun itu kami pasarkan.62
Biz bog’dagi hosilni bozorga olib chiqib sotdik.
-
Biror ish-harakatni boshqa shaxs uchun amalga oshirmoq:
beli sotib olmoq - belikan (boshqa biror odam uchun sotib olmoq)
masak (pishirmoq) - masakkan (boshqa biror odam uchun pishirmoq)
jahit (tikmoq) - jahitkan(boshqa biror odam uchun tikmoq)
-
Buyruq maylidagi fe’llarni yasaydi:
Belikan saya sepasang kasut.
Menga bir juft poyabzal sotib oling.
Tolong, padamkan lampu itu.63
Iltimos, chiroqni o’chiring.
Hendaklah kamu naikkan bendera itu.
Iltimos, bayroqni ko’taring.
Panjangkan sedikit tali.
Arqonni bir oz uzaytiring.
Harap matikan enjin kereta anda.
Iltimos, mashinangiz motorini o’chiring.
3.2. –i suffiksi va uning qo’llanilish doirasi
-i suffiksi quyidagi so’z turkumlariga qo’shilgan holda fe’l yasashga xizmat qiladi:
Ot turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l yasaydi:
contoh (misol, namuna) - contohi (misol qilib keltirmoq)
jalan (yo’l) - jalani (yo’lga qo’ymoq, bajarmoq)
air (suv) - airi (sug’ormoq)
belakang(ort, oqa) - belakangi (e’tibor bermaslik)
nama (ism, nom) - namai (atamoq)
Sifat turkumidagi so’zlarga qo’shilib, fe’l yasaydi:
Baik (yaxshi) - baiki (yaxshilamoq)
Dekat (yaqin) - dekati (yaqinlashtirmoq)
Kotor (kir, iflos) - kotori (iflos qilmoq, kir qilmoq)
Dalam (chuqur) - dalami (chuqurroq qilmoq)
Yordamchi so’zlarga qo’shilib, fe’l yasaydi:
Serta (birga, birgalikda) - sertai (ishtirok etmoq)
sudah (allaqachon) - sudahi (tugatmoq)
atas (ust, ustida) - atasi (yuqoriga ko’tarmoq)
-i qo’shimchasini –kan suffiksining ekvivalenti sifatida ko’rsatish mumkin. Ikkala qo’shimcha ham funksiya jihatidan deyarli bir xil vazifani bajaradi. -kan qo’shimchasi singgari, -i suffiksi ham o’timli fe’llar yasashga xizmat qiladi. –i suffiksi ham xuddi -kan qo’shimchasi kabi o’zakka qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
-
Bajarmoq, amalga oshirmoq. Ushbu qo’shimcha yordamida yasalgan fe’l faqatgina I va II shaxsdagi otlar bilan birgalikda qo’llaniladi.
baik (yaxshi) - baiki (yaxshilamoq)
hamba (qul) - hambai (qul qilmoq)
sudah (allaqachon) - sudahi (tugatmoq)
-
Biror yo’nalish bo’yicha harakatlanish:
Naik (ko’tarilmoq, tirmashmoq) - naiki (chiqmoq)
Dia tidak sempat naiki bas. – U avtobusga chiqishga ulgurmadi.
Jouh (uzoq) - jouhi (uzoqlashmoq)
Karim jouhi mereka. - Karim ulardan uzoqlashdi.
Dekat (yaqin) - dekati (yaqinlashmoq)
Salim terkejut dekati mereka. – Salim ularga yaqinlashishga qo’rqdi.
III bob bo’yicha xulosa
Suffikslar o’zakning oxirgi qismiga qo’shiluvchi qo’shimchalar hisoblanadi. Ular malay tilida “akhiran” sifatida yuritiladi. Qo’llanilish hajmi jihatidan suffikslar eng kam qo’llaniluvchi fe’l yasovchi qo’shimchalar hisoblanadi. Ushbu turdagi qo’shimchalarga malay tilidagi quyidagi qo’shimchalarni misol tariqasida keltirish mumkin:
– kan bukukan (kitob qilmoq), wariskan (voris etib tayinlamoq)
–i hambai(qul qilmoq), baiki (yaxshilamoq).
-i qo’shimchasini –kan suffiksining ekvivalenti sifatida ko’rsatish mumkin. Ikkala qo’shimcha ham funksiya jihatidan deyarli bir xil vazifani bajaradi. -kan qo’shimchasi singgari, -i suffiksi ham o’timli fe’llar yasashga xizmat qiladi. –i suffiksi ham xuddi -kan qo’shimchasi kabi o’zakka qo’shilib, quyidagi ma’nolarni beruvchi so’zlarni yasaydi:
a) Bajarmoq, amalga oshirmoq.
b) Biror yo’nalish bo’yicha harakatlanish.
IV BOB. MALAY TILIDAGI FE’L YASOVCHI KONFIKSLAR
Konfikslar – bir vaqtning o’zida o’zakning ham oldidan, ham oxiridan qo’shiluvchi qo’shimchalar bo’lib, malay tilshunosligida “apitan” deb ataladi. Ushbu turdagi qo’shimchalarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
-
meN-…-kan
-
beR-…-an
-
memper-…-kan
-
meN-…-kan konfiksining qo’llanilishi
Ushbu qo’shimcha o’zi qo’shilgan so’z qanday harf bilan boshlanishiga qarab o’z shaklini bir necha turga o’zgartiradi. Bunda konfiksning faqatgina birinchi qismi o’zgaradi. Ushbu o’zgarish meN- prefiksi bilan bo’ladigan tovush moslashuvi bilan bir xil kechadi64.
meN-…-kan qo’shimchasining me-…-kan shakli
meN- qo’shimchasining me-…-…kan shakli m, n, ny, g, r, l, w va y harflari bilan boshlanuvchi so’zlarga qo’shilganda qo’llaniladi:
layak (mos, loyiq) - melayakkan (moslashtirmoq)
warna (rang) - mewarnakan (bo’yamoq, rang bermoq)
yakin (ishonchi komil) - meyakinkan (ishontirmoq)
masuk (kirmoq) - memasukkan (kiritmoq)
nyanyi (kuylamoq) - menyanyikan (qo’shiq ayttirmoq)
Ushbu holat meN-…-kan qo’shimchasi p, t, k va s harflari bilan boshlanuvchi o’zakka qo’shilish jarayonida ham kuzatiladi. Ammo ushbu holatda o’zaro moslashish natijasida o’zakning dastlabki harfi tushirib qoldiriladi yoki boshqa harf bilan almashtiriladi, misol uchun p harfi m ga, t harfi n ga, k harfi ng ga va s harfi ny ga almashtiriladi.65 Masalan:
putus (tugatmoq) - memutuskan (qaror qilmoq)
turun (tushmoq) - menurunkan (tushirib qo’ymoq)
sakit (kasal) - menyakitkan (kasal qilmoq)
kaya (boy ) - mengayakan (boy qilmoq)
Do'stlaringiz bilan baham: |