Yaponiyadagi Nara milliy muzeyi kolleksiyasidagi ud pipa
琵琶
Sui va Tang sulolalari davrida ud pipa
琵琶 chertib chalinadigan asboblar
orasida muhim hisoblanadi.
Bo‘yni qayrilgan pipa (lyutnya pipa) va 5 torli pipa
琵琶
asboblarining
vatani Yaqin Sharqning Ikki daryo – Dajla va Frot oralig‘i (“yarim oy hosildor”
hudud) hisoblanib, eramizning 4 asrida qadimgi Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga
kirib kelgan. Bu asbobning birinchi ko‘rinishi noksimon korpusga, boshi qayrilgan,
to‘rt torli va to‘rt pardaga (lad) egadir. Besh torli pipa
琵琶 ham shunday shaklda,
lekin hajmi jingxiang
颈项 pipaga nisbatan biroz kichikdir. Tang va Sui sulolalari
davridan keyin bu asbob – an’anaviy xitoy torli chertib chalinadigan asbob bir oz
o‘zgarishlarga uchrab, bugungi kunda ham mavjud. Chetdan kelganligiga qaramay,
pipa xitoy asboblarining eng muhimlaridan biriga aylangan. Bu asbob yakka ijroda
ham, qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishda ham, musiqa konsertlarida ham, an’anaviy opera va
musiqiy dramalarda ham qo‘llaniladi. Undan tashqari, pipa musiqiy duet va boshqa
guruhlar tarkibida ham sahnalarda paydo bo‘lmoqda
46
.
Do'stlaringiz bilan baham: |