Yaponiyadagi Nara milliy muzeyidagi dumoloq ud ruan
阮
Sui va Tang sulolalari davridagi (581-907 yillar) yana bir mashhur
asboblardan biri dumaloq ud ruanxian
阮 咸 hisoblanadi. Mazkur chertib
chalinadigan tor asbob to‘g‘ri cholg‘u pardasi (grif)ga va dumaloq rezonator
47
ga
ega bo‘lib, uni chalganda vertikal holda ushlash lozim. Ud ruanxian
阮咸 o‘z
nomini Sharqiy Jin sulolasi davridagi (317-420 yillar) adabiyotchi Ruan Xian
阮
咸(tug‘ilgan va vafot etgan yili aniqlanmagan) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u bu
asbobni chalish bo‘yicha shuhrat qozongan. Hozirda Xitoyda uni qisqartirilgan
holda ruan deb ataydilar. Tang sulolasi davrida ruan Yaponiyaga kelib qolgan va
hozirda uni Yaponiyadagi Nara milliy muzeyi kolleksiyasida ko‘rish mumkin. Bu
asbobning tuzilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra, uning hozirgi qo‘llaniladigan shakliga
o‘xshashdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu asbob ming yillar
davomida hech qanday o‘zgarishlarga uchramagan
48
.
Do'stlaringiz bilan baham: |