Saroy hashamati: Han sulolasi gravyura
35
laridagi musiqa asboblari tasviri.
Bronza asrining Shang va Zhou sulolalari o‘rniga kelgan Han sulolasi davri
(eramizdan avvalgi 202 yil – eramizning 220 yili) Xitoy tarixining muhim
davrlaridan biri bo‘lgan. Han sulolasining go‘r ustiga qo‘yilgan gravyuralari Han
davri musiqiy hayotiga oid ko‘pgina tasvirlarga ega
36
.
“Yuz tomosha” gravyurasi.
Yinan
沂 南 (Shandong 山 东 viloyati) dan topilgan “Yuz tomosha”
gravyurasi Han davrining musiqiy tomoshalarini eng mashhur tasviri hisoblanadi.
Unda juda ko‘p asboblarni, jumladan, jiangu
建 鼓 barabanlari, sozlangan
bianzhong
编 钟 qo‘ng‘iroqlarni, sozlangan tosh plastina bianqing 编 磬
to‘plamlarini, taogu
陶 鼓 barabani shaklidagi shiqildoqlarni, paixiao 排 箫
naylarini, xun
埙 naylarini, sheng 笙 til va lab bilan chalinadigan organini,
uzunasiga ishlangan xiao
箫 nayini va 25 torli se 瑟 sitra (nohina bilan chertib
chalinadigan mausiqa asbobi)ni ko‘rish mumkin
37
.
Do'stlaringiz bilan baham: |