Knyaz I
(曾侯乙)qabridan topilgan litofon - bianqing 编磬
G‘arbiy Zhou
西周 sulolasi hukumronligi davri (eramizdan avvalgi 1046-
771 yillar) ning boshida Xitoy hukumronlari marosim musiqa tashkilotlarini
tuzganlar va buning natijasida bianzhong
编钟 (sozlangan qo‘ng‘iroq) va bianqing
编磬(sozlangan tosh plastinali bonglar) kabi musiqa asboblari keng ko‘lamda
ishlatila boshlangan va tez sur’atlarda rivojlanib borgan. 1978 yilda Hubei
湖北
viloyati Sui
随 uyezdida Zeng knyazligi (曾国)hokimlarining qabrlari topilgan.
Bu qabrda musiqa asboblarining katta to‘plamlari ko‘milgan bo‘lib, bu to‘plamlar
xuddi 2400 yillik qadimgi davrdagi orkestr uchun tanlangandek edi. Qabr I ismli
knyazga tegishli bo‘lib, U Urushuvchi podshohlik davrida (eramizdan avvalgi 475-
221yillar) yashagan. Bu mozorni Zeng knyazi I qabri deb atadilar. Bir yuz yigirma
beshta musiqa asbobi va boshqa musiqiy madaniyat yodgorliklari topilgan bu qabr
20 asr Xitoy musiqa arxeologiyasining eng yirik kashfiyoti bo‘lib qoldi.
Bu vaqtga qadar Shang sulolasi manzillaridagi arxeologik qazilmalarda,
odatda, alohida-alohida ishlatilgan tosh zarbali asboblar, ya’ni juda ko‘p miqdorda
tosh plastina-bonglar shiqinglar
石磬 topilgan bo‘lsa, Knyaz I qabridan topilgan
tosh plastina-bonglar teqing
特 磬 lar esa, aksincha, litofonni tashkil etuvchi
to‘plamdir. Qing
磬 tosh plastinalar qadimgi zamonlardan boshlab musiqa asbobi
sifatida qo‘llanila boshlagan. Shang va Zhou sulolalalari davrida ularni tayyorlkash
usullari ma’lum bir jihatdan o‘sdi hamda musiqiy imkoniyatlari kengaydi. Shang
sulolasi davrining oxrigi yillarida ular juda katta o‘zgarishlarga uchradi. Tosh
plastinalar shakli mukammallashib, ma’lum bir musiqa maqomiga sozlantirildi,
to‘plam holatiga keltirildi. Buning natijasida boy qo‘llanish imkoniyatlariga ega
yoqimli musiqa asbobi vujudga keltirildi. Knyaz I qabridan topilgan sozlangan tosh
plastina to‘plami musiqa asboblarining evolyusion cho‘qqisi bo‘lib, o‘sha davr
san’atining eng yuqori darajadagi namunasidir. U 32 ta tosh plastinalardan tashkil
topgan bo‘lib, har birida 16 tadan plastinalar bo‘lgan ikki yarusdagi chorcho‘p
(dastgoh)larga osilgan. Mazkur litofon nafaqat ajoyib musiqa asbobi, balki qadimiy
san’atning qimmatbaho namunasi hisoblanadi
27
.
Knyaz I qabridan topilgan sozlangan bronza qo‘ng‘iroqlar – bianzhong
编钟
Knyaz I qabridan topilgan sozlangan qo‘ng‘iroqlar bianzhong
编 钟
dunyoning sakkizinchi mo’jizasi deb atalgan. Mazkur ajoyib to‘plam uch turdagi
26
Van Dzichu
中国乐器.-21-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.- 16-bet
27
Van Dzichu
中国乐器.-27-28-bet, N.Vasilyev tarjimasi Китайские музыкальные инструменты.-
19-bet.
21
65ta qo‘ng‘iroqchalardan tashkil topgan bo‘lib, uch yarusli chorcho‘plarga
osilgan. Qo‘ng‘iroqlar besh oktavali diapazonga ega bo‘lib, ulardan uchtasi
(o‘rtadagisi) to‘liq xromatik gammalar chiqara oladi. Har bir qo‘ng‘iroqcha ikki
har xil balandlikdagi tovush chiqarib, qadimgi Xitoyda yasalgan ajoyib ilmiy
kashfiyot hisoblanadi. Hozirgi vaqtgacha topilgan qadimgi bronza
qo‘ng‘iroqchalar ichida knyaz I qabridan topilgan qo‘ng‘iroqchalar to‘plami son,
hajm, tuzilishi, diapazoni va saqlanishi jihatidan tengi yo‘q hisoblanadi
28
.
Do'stlaringiz bilan baham: |