Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       70 

 

 

 

Belgilari:  ilmiy  uslubda  ta’riflab  berish,  tahlil  qilish,  sababini  aniqlab  isbotlash  va  natijalarni  bayon 

qilish asosiy o‘rinni egallaydi. Bunda so‘zlashuv uslubi unsurlari, tasvir deyarli uchramaydi, balki maxsus 

terminlar,  o‘z  asl  ma’nosidagi  so‘zlar,  bir  ma’noli  so‘zlar  yetakchilik  qiladi.  Bu  uslubda  adabiy  til 

me’yorlariga  to‘la  rioya  qilinadi.  Nutqda  ixchamlik,  lo‘ndalikka  harakat  qilinadi.  Ayni  paytda,  murakkab 

sintaktik konstruksiyalar ko‘p bo‘ladi. Yig‘iq gap kam qo‘llaniladi. 

Keng  jamoatchilikka  havola  qilinadigan  materiallar  (gazetalar,  ommabop  jurnallarda  turli  ilmiy 

mavzularda bosiladigan maqolalar yoki keng omma oldida o‘qiladigan ma’ruzalar)  i l m i y - o m m a b o p  

uslubda bo‘ladi. Bu uslubda obrazlilik – tasvir ham bo‘ladi. Maxsus terminlar kam ishlatiladi. Ishlatilganda 

ham izohlar orqali tushuntiriladi. 

P u b l i s i s t i k   u s l u b  –  tilning ta’sir qudratiga asoslanadi. Bu targ‘ib-tashviq va da’vat uslubi. 

Asosan matbuot materiallari shu uslubda yoziladi. 

Belgilari: ilmiy atamalar kam, turli uslub unsurlari aralash keladi. 

P  u  b  l i  s i  s t  i  k  a    –   lotincha  publisus  –  ijtimoiy  so‘zidan. Jamoatchilik  fikriga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ta’sir  o‘tkazish  maqsadida  kundalik  ijtimoiy  masalalarni  muhokama  qilishga  bag‘ishlangan  adabiy  tur. 

Publisistika  vaqtli  matbuot  bilan  chambarchas  bog‘langan.  Publisistik  turning  asosiy  asarlari  muammoli 

maqolalar, ocherklar, pamfletlar, fel’etonlar va boshqalar hisoblanadi. 

P u b l i s i s t. “Ijtimoiy-siyosiy mavzularda asar yozuvchi adib. Publisist yozuvchi”

61



P u b l i s i s t i k a  –  ijtimoiy-siyosiy masalarga oid adabiyot. 



R  a  s  m  i  y  -  i  d  o  r  a  v  i  y      u  s  l  u  b    –    o‘ziga  xos  nutq  uslubidir.  Barcha  qonunlar,  Prezident 

farmonlari  va  hukumat  qarorlari,  turli  hujjatlar,  ish  qog‘ozlari,  idoralararo  yozishmalar  va  shu  kabilar 

rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda  qaror qilindi, 

inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi  kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng 

qo‘llaniladi. 

Rasmiy uslub neytralligi bilan ajralib turadi. Qaror, buyruq, raport, instruksiya, akt, ariza, e’lon kabilar 

shu uslubda yoziladi va tarjima qilinadi.  

Belgilari: qisqa, standart shakl, turg‘un iboralar, maxsus professional so‘zlar, terminlar, tayyor qolip 

(shablon)  iboralar:  shunga  ko‘ra,  shu  asosda,  …ni  e’tiborga  olib,  biz  quyida  imzo  qo‘yuvchilar,  biz  ushbu 



aktni  tuzuvchilar,  …ga  muvofiq,  biz  yuqorida  nomi  ko‘rsatilganlar,  …  uchun,  oylik  maoshi  miqdorida  va 

hokazo. 


Bu uslubda ma’noning ikki xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

YOZUVCHI USLUBI 



“Yozuvchining  badiiy  xarakter  yaratishdagi  o‘ziga  xos  tili,  tasvirlash  manerasi.  Har  bir  chinakam 

ijodkor  o‘z  uslubiga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  Navoiy  g‘azallari  yuksak  badiiyligi,  fikrlarning  teranligi  bilan, 

Bobur  asarlari  esa  musiqiyligi,  tilining  soddaligi  bilan  ajralib  turadi.  Uslub  ijodkorning  o‘zligini, 

mustaqilligini  belgilaydi.  Ammo  uslubni  yozuvchi  o‘zi  o‘ylab  chiqargan  narsa  deb  qarash  kerak  emas. 

Ijodkor o‘zidan avvalgi adib va shoirlarning asarlari bilan tanishar ekan, ulardan o‘rganadi. 

Muallif uslubi unsurlarini tarjimon ikkiga bo‘lib qarashi mumkin: 

– Tarjima matniga o‘zgarishsiz ko‘chib o‘tuvchi unsurlar. 

– Tarjimada tarjimon mavqeiga bog‘liq bo‘lgan unsurlar. 

Ularning  birinchisiga asarning  kompozision  qurilishi, tabiat  tasviri,  portret  yaratish,  xarakter  yoki  tip 

yaratish usuli, qahramonlarni nomlash, tasvir vositalariga boylik darajasi va boshqalar kiradi. 

Ikkinchisiga esa tarjimada tarjimon mahoratiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan unsurlar, 

jumladan,  asar  jumlalarining  uzun-qisqaligi,  ulardagi  so‘z  tartibi,  so‘zlarni  tanlashdagi  emotsionallik 

darajasiga  tarjimonning  munosabati,  tarjima  nazariyasining  ba’zi  prinsiplariga  tarjimonning  munosabati 

kabilar kiradi. 

Bu hollarda kontekstlarning o‘zgarishiga qarab: 

1.  O‘z tillarida mavjud ekvivalent orqali. 

2.  Funksional o‘xshash varianti orqali. 

3.  Transliteratsiya yo‘li bilan. 

4.  Xolis obrazli yo‘l bilan xal qilib keladilar. 

Har bir asarning ham o‘ziga xos uslubi bo‘ladi. Yozuvchining har bir asari muayyan uslubda yoziladi. 

Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” asarlari, hajviya va 

ocherklarining  har  biri  o‘ziga  xos  uslubga  ega.  Yoki  Abdulla  Qahhor  hikoyalari,  “Sarob”  romani, 

“Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “Shohi so‘zana” asarlari haqida ham shunday deyish mumkin. 

                                                 

61

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-жилд. 605-бет. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish