Tarjima bosqichlari
“Tarjima jarayoni uch bosqichdan iborat:
1) asl nusxani idrok etish;
2) asl nusxa interpretatsiyasi;
3) asl nusxani qayta ifodalash.
Asarni o‘z tiliga o‘girish maqsadida qo‘lga olgan tarjimonning asl nusxasini anglashi uch bosqichda
sodir bo‘ladi:
birinchi bosqichda matn so‘zma-so‘z, ya’ni filologik tarzda idrok qilinadi. Bu bosqichda bir qancha
tarjima qusurlari ro‘y berishi mumkin: boshka tildagi bir so‘zni xuddi shunday jaranglaydigan bo‘lak so‘z
bilan qorishtirish; yaqin tillarda soxta ekvivalentlar domiga tushib qolish; kontekstni noto‘g‘ri o‘zlashtirish,
ayrim xos so‘zlarning ma’nosiga tushunib yetmaslik; muallifning muddaosini anglamaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |