22
Keyingi tarjimalar: XIII asrdan boshlab Ibn Sinoning bu asari avval ingliz tiliga, o’rta asrlarning so’nggi
davriga kelib deyarli barcha yevropa tillariga, jumladan, nemis, fransuz tillariga ham tarjima qilingan. Asar
to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan.
Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi, u bilan birga ishlashgan buyuk olim Abu Rayhon Beruniy
(973—1048) Xorazmda tug‘ilib, Abu Ali ibn Sinodan 11 yildan keyin vafot etdi. Beruniy
davrida Xorazmda madaniyat o‘sgan va u yerda Sharqning mashhur olimlari to‘planib, ilm-
madaniyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shgan bir joy edi. Beruniyda favqulodda talant bor edi
va u bu talantni yana ham o‘stirdi. Yosh vaqtidanoq arab, fors tillarini mukammal o‘rganib olgan
Abu Rayhon Beruniy tez orada ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri bo‘lib tanildi. U «Utmish
avlodlarining yodgorliklari» nomli asarini arab tilida yozdi.
Beruniy «Hindiston» degan mashhur kitobini yozish uchun hind tilini o‘rganib oldi. Beruniy
o‘z kitobini arab tilida yozar ekan, hindcha yozilgan kitoblardan foydalandi, hind tilidan kupgina
materiallarni tarjima qildi.
O‘zining yuksak talanti, ajoyib iste’dodi bilan hammani qoyil qoldirgan, haliga qadar
avlodlariga ulug‘ bir ibrat bo‘lgan Beruniy hind tili, hind tarixi, hind fan-madaniyatini o‘rganishdagi
qiyinchiliklarni yengib, hind madaniyati mutaxassisi bo‘lganini yozadi.
Beruniyning aytishicha, u o‘zini hindlarning munajjimlari yonida ustoz oldida turgan
shogirddek vazmin tutgan. Asta-sekin hindlarning tili, madaniyati va urf-odatlarini yaxshi o‘rganib
olgan Beruniy ularga matematika fani asoslaridan tahsil beradigan bo‘lgan. Ulug‘ olimning
noyob talantidan va chuqur bilimidan hayratlangan hindlar unga «devonavor» taajjub va havas
bilan qarar, undan foydalanishga harakat qilar edilar. Hind lar Beruniyning matematika sohasidagi
bilimi, o‘lchovlar sohasidagi kashfiyotidan voqif bo‘lib, uni hatto sehrgar deb e’lon qshshshlariga
sal qolgan. Hind olimlari o‘z tillarida Beruniyni «daryo» debagan.
«Bu til (hindiy tili J. Sh.) arabchaga o‘xshash uzun va kengdir. Bu tilda bir narsa bir qancha yasama
so‘zlar bilan ataladi yoki ko‘p narsalarga birgina ism beriladiki, alohida aniqlovchi sifatlarsiz so‘zning
ma’nosini aniqlab bo‘lmaydi. Faqat so‘zning borishidan xabardor, gapning oldi-ketini tekshirib boruvchi
kishigina tushuna oladi. Holbuki, bu xususiyat tilda kamchilikdir. So‘ng bu tilda bozorchilarga xos deyarli
ahamiyatsiz so‘zlar ham ko‘pdir. Shu bilan birga, sarf qoidalariga muvofiq so‘z yasashda fasihlik holatlari
barobarida nahvning nozik nuqtalariga javob beruvchi, ilmiy va badiiy talablarni qondiruvchi so‘zlar ham
bordir. «Pekin bularni fozil kishilardan o‘zga kishilar tushunmaydi. So‘ng u tilda ba’zisi arab ham fors tili
harfiga to‘g‘ri kelmaydi va o‘xshamaydi. Ularning tovushlarini quloqlarimiz ayira olishi qiyin bo‘lganiday,
tilimizda talaffuz qilish ham og‘irdir. Shuning uchun o‘zimizning harflarimiz bilan ularning so‘zlaridan bir
narsani isbot qilish mumkin bo‘lmaydi, bir narsaning isboti uchun ularning yozuvlaridagi nuqta va
alomatlarini o‘zgartish yoki o‘zimizga aniq bo‘lganbelgilar qo‘llashga majbur bo‘lamiz. Buning ustiga
nusxa ko‘chiruvchi kotiblarning ahamiyat bermasligi hamda ularning ba’zi birlarining beparvoliklari
natijasida kitob birinchi yoki ikkinchi ko‘chirishda buziladi. Natijada, uning mundarijasi na oldingilar va na
so‘ngilar tushuna olmas bir holga o‘tib, yangi so‘z bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |