Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Qutb Xorazmi. Xorazmlik shoir Qutb 1340 yilda Nizomiy Ganjaviyning «Xisrav va Shirin» asarini 

o‘zbek  tiliga  tarjima  qildi.  Qutbning  bu  tarjima  asari  X  asrdan  to  asrgacha  bo‘lgan  badiiy  tarjima  asarlari 

ichida eng fun.gamental va eng yuksak badiiy mahorat bilan tarjima qchlingan birdan-bir asardir. 

Badiiy  tarjima  sohasidagi  durdona  asari  sifatida  mashhur  bo‘ldi. Tarjima  tarixi  yozilar  ekan,  Qutb 

Xorazmiy nomi. alohida tilga olinib, zo‘r faxr bilan eslanadi. U ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviyning asarini 

o’zbek tiliga. Tarjima etar ekan, o‘zbek tilining kuch-qudratini ko‘rsata bildi. 

Qutb  Xorazmiy  o‘z  zamonasining,ilg‘or  va  kuchli  shoiri,  klassik  adabiyotning  atoqli 

namoyandalaridan biridir. Uning boshqa tarjimalari haqida bizning zamonamizgacha biron ma’lumot yetib- 

kelmagan. 

«Xisrav va Shirin» tarjimasining qo‘l yozmasi Parijda «Nasional bibliotek»da saqlanadi. Bu asarning 

fotokopiyasini Navoiy komiteti tashabbusi bilan Parijdan oldirilgan edi. 1940 yilda uni Navoiy komitetining 

xodimi,  taniqli  adabiyotshunos  olim  Hodi  Zarifov  nashrga  tayyorlagan  va  ushbu  satrlarni  yozuvchi  tahrir 

qilgan  edi,  ammo  bu  asar  urush  boshlanishi  bilan  chiqmay  qoldi.  Hozir  nashrga  tayyorlangan  nusxa 

O’zbekiston  Fanlar  akademiyasi,  A.  S.  Pushkin  nomli  Til  va  adabiyot  institutida  saqlanmoqda.  «O’zbek 

adabiyoti» xrestomatiyasining 1-tomida bu asardan ayrim, parchalar bosilgan. 

Qutbning tarjimai holi, qachon tug‘ilib, qachon vafot et-ganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Qutb 

Oltin  Urda  xoyalaridan  O’zbekxonning  o‘g‘li  davrida  yashagan.  O’zbekxon  1312—1340  yillarda  xonlik 

qiladi. Uning Tinibek degan o‘g‘li bo‘lib, shoir-tarjimon Qutb o‘z asarini shunga va uning xotini Malikaga 

bag‘ishlagan.  Shoir  «Xisrav  va  Shirin»ni  masnaviy  tarzida  aruzning  «hazaj  musaddas  maqsur»  vaznida 

tarjima etar ekan, originalning ma’nosi, syujeti, obrazlarini saqlaydi. 

Nizomiy  Ganjaviy  (1141-1203)  ozarboyjon  xalqining  ulug‘  shoiri  bo‘libgina  qolmay,  dunyo 

adabiyoti xazinasiga kirgan ulug‘ siymolardan biri. U kuchli iste’dodga ega bo‘lib, o‘z zamonasinki: «Ilg‘or 

fikrlarini  talqin  qilgan  mutafakkir,  donishmand  va  muarrix  edi.  Nizomiy  Ganjaviy  (Ozarboyjonning  Ganja 

shahrida tug‘ilgani uchun Ganjaviy nomi bilan mashhur bo‘lgan) devon tartib berdi va «Xamsa»ni  yozdi.  

«Xamsa»ning    ichiga    besh  dostoy:      «Maxzanul-aror»  (Sirlar  xazinasi),  «Xisrav  va  Shirin»,  «Layli  va 

Majnun»,  «Haft  paykar»  (Yetti  go‘zal)  va  «Iskandarnoma»,  ya’ni  besh  xazina  kiradi.  U  fors-tojik 

adabiyotiga, turkiy xalqlarning, jumladan o’zbek xalqining adabiyotiga va hatto xind adabiyotiga katta ta’sir 

qildi. U yaratgan «Xamsa» xalqlar dilidan joy oldi. Shunday qilib, Nizomiy «Xamsa» yaratish tradisiyasini 

boshlab berdi. 

Nizomiy Ganjaviyning uch dostoni o’zbek tiliga tarjima etilgan: «Xisrav va Shirin» (Qutb Xorazmiy 

tarjimasi),  «Maxzanul-asror»  (Haydar  Xorazmiy  tarjimasi)  va  «Haft  iaykar»  (Ogahiy  tarjimasi).  Uchchala 

shoir-tarjimon  ham  Xorazmdan  chiqqan.  Ularning  har  biri  o‘zbek  xalqiga  ozarboyjon  xalqining  o‘lmas 

adabiy yodgorligini tuhfa qilib qoldirdi va bu bilan buyuk yozuvchiga bo‘lgan samimiy hurmatni izhor qildi. 

Uchchala shoir-tarjimon ham  Nizomiy  Ganjaviy asarlarini o’zbek tiliga o‘girar ekanlar, har qaysisi 

dostonga  o‘zidan  kirish  so‘zi  yozadi.  Unda  genial  shoirga  bo‘lgan  muhabbat  hurmatlar  izhor  qilinib, 

o‘zlarining  orzu-umidlarini  bayon  qiladilar  va  ayni  dostonni  nima  uchun  tarjima  qilayotganliklarining 

sababini aytadilar. 

 Qutb  Xorazmiy  asarning  boshida:  «Kitob  nazm  qilmoqqa  sabab  bayon  ayur»  degan  34  baytdan 

iborat muqaddima yozadi.  

Qutb  Xorazmiy  «Xisrav  va  Shirin»ni  tarjima  etar  ekan,  undagi  asosiy  obrazlar:  Shirin,  Xisrav, 

Farhod,  Ma-hinbonu,  Shopur,  Sheruyalarning  xarakter,  xususiyatlarini  o‘zbek  tilida  originalning  aynan 

o‘ziday berishga tirishadi, voqea va syujet liniyasini to‘laligi bilan saqlashga harakat qiladi. 

 



 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish