avtorlarining etika, psixologiya va tabiatshunoslik to‘g‘risidagi kitoblaridan Ptolomey kabilarning
traktatlariga sharhlar yozdi. Ayrim zarur kitoblarni grekchadan arab tiliga tarjima qildi». O’z
davrining fan ahllari orasida Forobiyga Aristoteldan so‘nggi «al muallimus-soniy», ya’ni «ikkinchi
muallim» degan juda yuksak baho berilgan edi.
Ulug‘ mutafakkir, butun dunyoga dong taratgan mashhur tabib, faylasuf va tilshunos olim
Abu Ali ibn Sino o‘zining tarjimai holida Forobiydan yunon falsafasini o‘rganganini qayd etadi. U
mantiq, tabiiyot, riyoziyot (matematika) va jo‘g‘rofiya ilmlarini tahsil qilgan, so‘ngra «Mo ba’dat
tabiat» (Tabiatdan tashqari bo‘lgan narsalar («Metafizika») kitobini o‘ qiy boshlagan. Biroq u
dastlab kitobni o‘qib tushunolmagan. Abu Ali ibn Sino bu murakkab kitobni qirq bir marta qayta-qayta
o‘qigan, hatto yod qilib olgan. Shunday bo‘lsa ham u avtorning maqsa diga tushunib yetmagan.
Nihoyat, bu tushunib bo‘lmaydigan kitob ekan, deb umidini uzgan. Ana shundan keyingi tafsilotlarni
Ibn Sino shunday hikoya qiladi:
“Qunlardan bir kun asr vaqtida kitobfurushlarning oldiga borib qoldim. Unda bir dallol
qo‘liga muqovalangan bir kitobni tutib, uni maqtardi. U meni ham chaqi rib, menga uni ko‘rsatdi...
Men bu ilmni bilishning foydasi yo‘q, degan xayolda uning ko‘rsatishi menga malol kelib, rad
qildim. Dallol menga «bu kitobni mendan olgin, buning narxi arzon uch dirhamga sotaman; egasi
buning puliga muhtoj, dedi. Men uni sotib oldim. Qarasam, bu Abu Nasr Forobiyning «Metafizika»
(Aristotelning “Metafizika”siga Forobiyning yozgan sharhi J. Sh.) kitobi maqsadlari haqida yozgan asari
ekan. Uyimga qaytib, darrov uni o‘qishga tushdim. «Metafizika» dilimda yod bo‘lib qolgani sababli
o‘sha paytdayoq bu kitobning maqsadlari menga ochildi. Bundan juda xursand bo‘lib ketdim.
Forobiy Aristotel kitobiga sharh yozar ekan, uning asarining nozik tomonlarini to‘g‘ri tarjima qilib
bergan. Yunon tilini yaxshi bilgan Forobiy uning boyligini arab tilida ham namoyon qildi va shu
bilan birga, arab tilida ham chuqur falsafiy asarlarni yaxshi tarjima etish mumkinligini ko‘rsatdi.
Arab tilini ona tiliday bilgan, yunon tilidan tarjima etgan ulug‘ olim Forobiy fors tilida badiiy
jihatdan yuksak falsafiy ruboiylar yozgan”.
Somoniylar davrida yashab ijod etgan Abu Ali ibn Sino (980—1037) Buxoroning Afshana
qishlog‘ida tug‘ildi. U yoshlik yillaridayoq arab tilini o‘rganib, o‘zining tib biy, ilmiy kitoblarini
asosan shu tilda yezdi, she’rlarini esa fors tilida ijod qildi. Besh tomdan iborat «Alqonun fi-t-tib»
(«Tib qonunlari») nomli asari va tibbiyotga oid boshqa kitoblari olimni jahonga mashhur qildi. Bu
monumental asar Yevropada XV asrda lotin tilida o‘n olti marta, XVI asrda esa yigirma mar tadan
ko‘proq nashr etildi. «Tib qonunlari» Yevropaning boshqa tillariga ham tarjima etilgan. Abu Ali ibn
Sino Yevropada Avisenna degan nom bilan dong taratdi. Ibn Sino Xorazmda bo‘lganida Beruniy
bilan tanishib, do‘stlashdi.
Uning («Ash-shifo») nomli asari lotin tiliga ham tarjima etilib, Yevropada darslik
qatorida o‘qitilardi. Ibn Sinoning 300 ga yaqin ilmiy asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. U
Sharq mamlakatlarining ko‘p joylarida bo‘ldi, arab, fors va turkiy xalqlari tilida bemalol gaplashar, unga
tarjimon kerak emas edi. Bu esa tabib kishi uchun ulug‘ fazilat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |