muhim
qism, birinchi zveno
hisoblanadi. Shuning uchun unga quyidagi vazifalar qo‗yiladi:
o‗quvchilarda tabiat va jamiyat to‗g‗risidagi bilimlarni tarkib toptirish; o‗quvchilarning
ongini boyitish, bilimga qiziqishlarini oshirish; o‗quvchilarni o‗rta maktabning navbatdagi
bosqichida muvaffaqiyatli o‗qishga tayyorlash.
Maktabdagi to‗rt yillik boshlang‗ich ta‘lim
dasturida o‗quvchilarga muayyan bilim, ko‗nikma va malakalar tizimini berishdan tashqari,
ularni tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar asosida dunyoning umumiy manzarasi bilan
tanishtirish, ularda dunyoni yanada chuqurroq bilish uchun zarur ko‗nikma va malakalarni
shakllantirish, tevarak olamga to‗gri qarash va munosabatni tarbiyalash ham nazarda tutiladi.
Boshlang‗ich maktab nutqning ma‘lum darajada o‗sishini, o‗qish, yozish va
hisoblash malakalarini o‗zlashtirishni hamda ta‘limning keyingi bosqichlarida dasturni
muvaffaqiyatli o‗rganish imkonini beradigan umumiy kamolatni ta‘minlashi kerak.
Ta‘limning dastlabki bosqichida bolalarning axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |