O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI
FALSAFA KAFEDRASI
XITOYGA BUDDIZMNING KIRIB KELISHI VA RIVOJLANISHI
(KURS ISHI)
Mazkur kurs ishida Sharqning yirik va yetakchi mamlakatlaridan biri bo’lgan Xitoyga buddizmning kirib kelishi, ushbu hududdagi boshqa ta’limotlarning buddizmga ta’siri, buddizmning Xitoyda rivojlanishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Bajardi: 3 – kurs xitoy-ingliz guruhi talabasi Mirsagatov Bekzod
Himoyaga ruhsat etildi: __________________
Ilmiy rahbar: Qodirov Muhammadjon
Hay’at xulosasi: _______________________________
Toshkent – 2012
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
I BOB. XITOYDA BUDDIZM.
-
Xitoyda buddizmning paydo bo’lishi va yoyilishi.
-
Xitoyga buddizmning kirib kelishi.
II BOB. BUDDIZM OQIMLARGA BO’LINIB KETISHI.
-
Han – buddizm tili.
2.2 Tiantai oqimi.
2.3 Sanlun oqimi.
2.4 Fa Xiang oqimi.
2.5 “Lamaizm” ta’limoti.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, jamiyatning barcha sohalarida bo’lgani kabi, ilmiy ma’naviy sohada ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. “Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”.1
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.
Bu din Hindistonda paydo bo’lgan va Xitoyda shakllangan. Buddizm Xitoyning 3 ta maktablarida ishlab chiqilgan. Bular quyidagilar: Pali buddizmi, Han buddizmi va Tibet buddizmi. Mana shu 3 ta maktab buddizm yaralishiga asos bo’ldi. Hattoki Xitoyni buddizmning ikkinchi uyi deb ham atashgan. Hozirgi paytga kelib ana shu maktablar dunyoning ko’pgina qismlarida mavjud.
Biddizm diniga sig’inuvchilar har xil tanlilar, turli millat va elatlar, boshqa til vakillari hisoblanishgan. Ularning ko’pchligi Xitoyga sayohat qilish uchun uzoq yo’l bosib o’tadilar. Chunki u yerda ular Chan sektasi, toza yer sektasi, Saskapa sektasi va Bkabrgyudpa sektasiga sig’inishadi.
Xitoyda buddizm paydo bo’lganligiga ham mana 2000 yildan oshdi. Buddizm tarafdorlari buddizmni boyitishga jiddiy qaraganlar. Ular sanskrit yozuvidagi ko’p asarlarni tarjima qilishdi va “Tripitaka” katta asarni yig’ishga muvaffaq bo’lishdi. Bundan tashqari ular buddizmning madaniy yodgorliklari ya’ni g’or, haykal, cherkovlarni yaratishgan. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, buddizm hozirgi vaqtgacha yashab kelmoqda.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.
1 bo’lim
Xitoyda buddizmning paydo bo’lishi va yoyilishi
Afsonaga ko’ra, Han dinastiyasi (eramizdan avvalgi 64 yil) imperatori Mingning eng katta orzusidan biri boshining ustidan oltin ilohni uchirish edi. Ertasi kuni esa u saroydagi hamma vazirlarini chaqirtirib, ulardan dunyoda kim bahaybatligini so’radi. Shunda dunyodagi hamma narsadan xabardor, g’alati narsalar to’g’risida ham hammasini biladigan vaziri Fu Yi imperatorga oltin terga qoplangan Budda to’g’risida so’zlab beribdi. Imperator Ming buni shunchaki oddiygina qarash kerak emasligini his qildi. Shuning uchun Cai Yin boshchiligidagi qo’shinni g’arbiy tomonga dharmani qidirish uchun yubordi. Vazir Fu Yi imperatorga aytgan odam buddizm asoschisi Sakyamuni edi.
Sakyamuni eramizdan avvalgi 5 asrda tug’ilgan. Uning asl ismi Siddhartha yoki Sarvarthasiddha. Keyinchalik u buddizm asoschisi bo’lgan. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.
Buddizm Sakyamuni davrida to’rt haqiqat: hayot azobi (ya’ni azob – uqubatning boshlanishi, azob-uqubatning tugashi va bu tugashda yetakchilik qiluvchi yo’llar), asl yo’llar (ya’ni to’g’rilik, to’g’ri fikrlash, to’g’ri so’zlash), 12 ta nirvana va hayotlilikni bog’lab turuvchi 12 ta zanjir: 1) bilimsizlik yoki bexabarlik; 2) harakat: 3) ong: 4) nom yoki ko’rinish; 5) dahldorlik, his qilish; 6) his-tuyg’uning 6 a’zosi; 7) sezish, his-tuyg’u; 8) hohish, istak, talab; 9) tushunish; 10) mavjud bo’lmoq; 11) tug’ilish; 12) qarish va o’limni targ’ib qilgan.2
Budda ruhoniylar darajasini o’rnatish, ma’rifat, bilim bor joylarni qidirish va u yerda o’z qonunlarini targ’ib qilgan. Bu joylar ilohiy yozuvlarda ko’p uchragan. Masalan, jetavana vihara, venuvana vihara hammaga eng mashhur bo’lganlardan biridir. Sakyamuni hayotliligida juda ko’p ta’limot va qonun-qoidalarni o’rgangan. Lekin uning hech qanday yozma manbalari bo’lmagan. Buddaning o’limidan keyin, uning shogirdlari buddizmning qonun-qoidalari haqida 4 ta kitob yig’ishgan. Sakyamunining diqqatga sazovor 3 shogirdi Kasyapa, Ananda va Upali bilan birga yana 500 ta boshqa o’quvchilari tomonidan Ajatasatru tagidagi Pippala g’orida muqaddas va ilohiy yozuvlarni o’qish uchun yaratilgan ilk kitob yaratilgan. Shogirdlar bir-birlariga qonun-qoida yoki ta’limotlarni gapirib bergan. Undan keyin tinglagan shogird uning ketidan huddi shunday gapirib berishi kerak bo’lgan. Buddizmning eng oliy darajasiga yetishish yo’li ana shunday bo’lgan. Bunday ta’limot va qonunlarni yig’ish va targ’ib qilish faoliyatlari 100-200 yil ichida 2 yoki 3 ko’rinishda bo’lgan. Bu yig’ishlar sektaning bo’linib kelishiga olib kelsa ham ular buddizm ustida ishlashda yordam berib yuborishdi.
Eramizdan avvalgi 271 – yilda qadimgi Hindistonning Maurya avlodining uchinchi qiroli Asoka buddizmni yoyilishiga katta kuch tashladi. U nafaqat buddizmni yoyish uchun maxsus guruh va tashkilotlar tuzdi, balki buddizmga xos inshoat ya’ni pagodalarni ham qurdirdi. Shu orqali butun dunyoga buddizmni yoyishga harakat qildi. Buddizm avval quyidagi davlatlarga yoyilgan: Shri Lanka, Myanmar, shimoliy Pokiston, Afg’oniston. Kushon sulolasi (50-300) davrida odamlar ko’chmanchilarga o’xshab yashashgan.3
Sakyamunining tajribasi 4 asosiy toifaga bo’linadi. Ulardan biri tug’ilishdir. Uning “500 yoki 550” oldingi g’oyalaridan keyin, u oxir oqibat u Tushita osmonida tug’ilib, Bodhisattva holatiga yetishdi va osmondan oq fil ko’rinishida tushdi. Yer yuzidagi eng oqila ayol – Maya uni ikkinchi oyning 8-kunida Lumbini daraxti tagida og’riqsiz dunyoga keltirdi. Shunday qilib Lumbini daraxti buddaviylar uchun muqaddas joyga aylangan.
Uning ikkinchi tajribasi fikrning oydinlashuvi. Shahzoda bo’lib tug’ilishiga qaramay, yoshligidan u juda qiziqqon bo’lgan. Tug’ilganidan 7 kun o’tib, uning onasi vafot etadi va uni xolasi Prajapati o’z tarbiyasiga oladi. Odamlarning qiyinchiliklarini u birinchi bo’lib sayohati davomida ko’rdi. Hayotning bu qiyinchiliklarini ko’rib hafa bo’ldi va o’z oilasini tashlab, yetti yil davomida tarki dunyoda yashadi. Bu harakatlari hayot haqiqatlarini, uning muammolariga yechim topish uchungina edi xolos. Nihoyat 35 yoshida anjir daraxti tagida o’tirib tushundiki, qayta tug’ilish va o’limdan ozod bo’lish yo’li tarki dunyoda zohid bo’lib yashash emas, balki odob-ahloqning tozaligidadir.
Uning uchinchi tajribasi bu mantiqiy fikrdir. Budda bo’lganida u o’zining beshta shogirdlariga “Kiyik bog’i” da bo’lgan voqeani so’zlab berganidan so’ng “Kiyik bog’i” buddaviylar uchun uchunchi muqaddas joyga aylangan.
Lumbini butun dunyo buddalari uchun birinchi muqaddas joy, deb sanaladi. YUNESKO tomonidan rivojlantirish kommiteti tuzildi. Hozirga kelib, Xitoy, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka, Tayland, Fransiya, Germaniya, Vetnam, Koreya Xalq Respublikasi va Yaponiya davlatlari o’zining budda ibodatxonalarini Lumbinida qurishdi. Bu ajoyib ibodatxona Xitoyda qurilgan bo’lib, uni Zhun Hua ya’ni butunxitoy ibodatxonasi, deb ataladi. Ibodatxona Xitoy hukumati tomonidan qurilgan. Ibodatxona qurilib bo’lganidan keyin, 27-may 2000-yilda uning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Xitoy buddaviylik tashkiloti 8 ta rohib va 1 ta bosh rohibni u yerga yubordi. Bu Xitoyliklarni birinchi chegaradan tashqarida qurilgan budda ibodatxonasi hisoblanadi.
Buddizmning Xitoyga kirib kelishi
Buddizmning Xitoyga kirib kelishi rohib Tang San Zhang Hindistonga qilgan sayyohatidan keyin boshlanadi. Milloddan avvalgi 628-yilda rohib u yerdan buddizmning qonun-qoidalari va yozma manbalarini Xitoyga olib keladi. Bu haqiqatan ham bo’lgan voqeadir. Tang San Zhang g’arb tomonlarga sayyohat qilib, uyiga eng ko’p buddizm qo’l yozmalarini olib kelgan inson hisoblanadi. Ammo u bu ishni birinchilardan qilgan inson emas edi.
Aytishlaricha, Cai Yin Xitoyning g’arbiy tomonida Kasyapa-Matanga va uning do’sti Gobharana bilan uchrashibdi va ularni Henan viloyati Loyan shahriga taklif qilibdi. Matanga buddizm haqida ko’p narsalarni bilgan va u buddaviylikni yoyish uchun g’arbga sayohat qilgan. Tarixda aytilishicha, u buddizm qonun-qoidalarini qo’llagan holda bir-biriga qarshi bo’lgan guruhlarni birlashtirgan. Matanga Loyanga kelganidan keyin imperator Min unga katta hurmat bilan qaragan va uni budda xatlarini tarjima qilish uchun “Oq ot” ibodatxonasiga taklif qiladi. Matanga va uning sherigi Gobharana juda ko’p qo’l yozmalarni tarjima qilishgan. Ularning ilk ishlari Sutraning 42 bo’limi bilan tugatildi. Ularning bu qilgan ishlari hozirgacha yetib kelgan va Xitoy buddizmi tarixida juda muhim o’rinni egallaydi. Sutra bir nechta har xil qismlardan tashkil topgan. U buddizmni o’rganilishining asoslaridan, shu jumladan, ahloqdan tashkil topgan. Cai Yin 2 ta hind rohiblarini uchratganidan keyin, Sakyamunining bo’yalgan qiyofasini topib oladi va o’zi bilan Loyanga olib ketadi. Bu rasm xitoyliklar uchun birinchi budda rasmi hisoblanadi.
Lekin buddizmni g’arbga yoygan odam Zhu Shuxing hisoblanadi. Zhuning kelib chiqishi Henan viloyatida joylashgan Yuxiandandir. U juda yosh bo’lgan paytda rohibga aylangan. Xitoy buddizmi tarixida Zhu Shixing birinchi rohibi hisoblanadi. Mumtoz buddizmni o’rganayotgan paytda u shuni sezadiki, qilingan tarjimalarning ko’p qismi hato bo’lib chiqadi va asl nusxalarni qidirib toppish uchun g’arbga boradi. 260-yilda u hayotidagi qiyin sayohatlardan birini Yudian shahriga qiladi. U yerda u uzoq izlagan asl nusxada yozilgan prajnaparamita sutrani topadi. Bu sutra 60 bo’limdan iborat bo’lib, unda 600 mingga yaqin so’z jamlangan. Lekin Zhu orqaga g’arbga o’zining uyiga qaytmagan. Uning o’rniga o’limidan oldin yo’lovchilardan topgan qo’lyozmalarini uyiga eltib berishlarini so’ragan.
Biroq buddizmga juda qattiq kirishib, uni yoygan odam Mong Fa Xian hisoblanadi. Uning uchta aka-ukalari bo’lgan. Lekin ularning hammasi yoshligida vafot etishgan. Fa Xian ham vafot etishidan qo’rqib, uning otasi uni 3 yoshligida ibodatxonaga o’qitishga beradi. Lekin Fa Xian yosh bo’lganligi uchun uni ibodatxonada qoldira olishmas edi. Shuning uchun har kuni darsdan keyin uyiga olib ketishgan. Bir necha yildan so’ng uni o’limidan saqlab qolishgan va yana qayta ibodatxonaga olib borishgan. Shundan keyin 3 kun o’tib, u ko’z oldida sog’ayishi boshlagan va shu tariqa u yerda bir necha yil yashagan. Ulg’ayganidan so’ng uning onasi ibodatxona oldidan unga yangi uy sotib olib beradi. Nihoyat u rohib bo’lganidan keyin esa, buddizm muqaddas yozuv va qo’lyozmalarini o’qishga kirishadi. Lekin u borgan sari shuni sezadiki, u o’rganayotgan yozma manbalar noto’g’ri va Hindistonga borib, hamma narsalarni o’rganishga qaror qiladi. 399-yilda do’stlari Hui Jing, Dao Zheng, Hui Ying va Hui Sui bilan birgalikda Hindistonga sayohat qilishadi.4
U kasalliga qaramay, u yerga yetib borishga matonat ko’rsatadi. Lekin yo’lda uning do’stlari Hui Ying va Hui Jing vafot etishadi. Hui Ying qattiq kasallikka chalinib vafot etgan bo’lsa, Hui Jing ochlik va sovuqdan dunyodan ko’z yumdi. Faqatgina yo’lda uchratib qolgan Dao Zhenggina u bilan yo’lda yurishni davom ettiradi. Oxir-oqibat 402-yilda ular Hindistonga yetib kelishadi. U yerda ular juda ko’p muqaddas joylarni ziyorat qilishadi. Shu jumladan Budda borgan joylarni ham. 409-yilda Celonga yetib kelishadi. 30 davlatni aylanib chiqish uchun unga 15 yil vaqt ketdi va nihoyat 412-yilda juda ko’p yozma manbalar bilan qaytib keldi. Olib kelgan yozmalarni esa, umrining oxirigacha tarjima qildi va buddizmga juda ko’p yangiliklar olib kirdi. Xitoy buddizmida u buyuk rohiblardan biri hisoblanadi.
Han – buddizm tili
Han tili buddizm diniga tegishli bo’lib, I asrda han millati yashagan tumanlarda tarqalgan. Buddizm tadqiqotchilari Sanskrit yozuvidan Han yozuviga ko’chirilgan va Han madaniyati bilan aralashib ketgan. Janubiy va shimoliy sulolalarning buyuk rohiblari misli ko’rilmagan natijalarga erishishdi. Ya’ni ular boshqalarga buddizm tarafdorlariga qaraganda yuqori darajada buddizm ilmlarini tarjima qilishdi. Ular deyarli barcha hind buddizmning turli xil mazhablarning asarlarini tarjima qilishdi. Lekin har xil sharxlar Xitoyda turli xil buddizm maktablarining paydo bo’lishiga olib keldi. Ulardan biri janubiy va shimoliy sulolaga tegishli bo’lgan “Shi” yoki “Jia” maktabidir.
Buddizmning oltin davri Sui va Tang davriga to’g’ri keladi. Bu davrda juda ko’plab cherkovlar qurildi va xattoki, mashhur rohiblarni chet davlatlarga sutralarni tarjima qilish uchun olib ketishgan. O’zining davrida eng mashhur rohiblardan biri hisoblangan Tan buddizmning rivojlanishiga katta hissasini qo’shdi. Shundan keyin buddizmni turli xil oqimlarga bo’lishni boshlashdi. Shakllanish davrida ular quyidagi 8 ta maktablarga bo’lingan: Tiantai, Sanlun, Ci’en, Lu, Huayan, Mi, Jingtu va Chan. Bu maktablar buddizm Han tilining 1000 yillik tarixida juda katta ta’sir ko’rsatgan. Hamma buddizmning o’rganish usullari shu maktablarda o’qitilgan. Hozirgi kunga kelib esa, faqatgina 2 ta maktab saqlanib qolgan. Ular ham bo’lsa Jingtu va Chan maktablaridir.
Tiantai oqimi
Bu oqim Sui sulolasi davrida Zhi Yi (538-597) tomonidan asos solingan. Kuchli ongi va tirishqoqligi natijasida u 18 yoshidayoq rohibga aylangan. 23 yoshida esa u o’zining birinchi ustozi Nanyue Hui oldida obro’si oshdi. Hui Sidan ko’p saboqlar olganidan so’ng, u 567-yilda vaqtini Jingling poytaxtida ishlab o’tkazdi. Keyinchalik u Tiantai tog’iga chiqib ketdi va u yerda u Lotus sutrani o’rganishni boshladi. Chunki u uchun bu Mahayana sutrasining eng muhim sutralardan biri hisoblangan. Bundan tashqari Lotus sutrasi Saddharmapundarika sutrasi yoki yaxshi qonun-qoidalar nomi bilan ham mashhur. Lotus sutrasi Budda tabiatida tug’ilgan va universal haqiqatni tasvirlab beradi. Ular hayotning qadr-qimmatiga katta hurmat bilan qarashni o’rgatgan. Sakyamuni ta’limotiga ko’ra, har bir odamning fikri oydinlasha oladi. Bu o’z-o’zidan arxata, ya’ni muqaddas odamga aylanishiga olib keladi. Mahayana va Hinayana buddizmning asosiy tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Mahayana I asrda Hindistonda paydo bo’lgan va keyinchalik Xitoyga kirib kelgan. Mahayana ta’limoti buddizm qonuniyatlarini odam ongiga singdiradi. Shu yo’l orqali buddizm diniga sig’inganlarning hammasi odamzot qiyinchiliklaridan xolos bo’lgan. Hinayana faqatgina Buddani tan oladi. Ya’ni Mahayana mazhabi buddizmning hamma ta’limotini o’rganishga qaratilgan va abadiy budda konsepsiyasiga egalik qilishgan. Bu ta’limot 3 sirtni ko’tarib turgan: o’tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon. Lekin Hinayana mustaqil ravishda natijalarga erishish yo’lini tanlagan.
Tiantai mazhabining eng gullab yashnagan davri Shi Yi davriga borib taqaladi va u Tiantaining maktabining 7-sulolasi vakili Zhan Ran (711-782) da esa, yuqori cho’qqiga chiqadi. Zhan Ran ta’limotida Budda hamma narsada, hattoki tosh va o’tda qolishi ham ilgari surilgan. Shuning uchun u “panteizm” asoschisi, deb sanalgan. Tan sulolasi vakili Wu imperatori davrida ta’qib qilishlarga duchor bo’lishgan va Tiantai mazhabi juda katta zarba olgan. Lekin shunga qaramay bu oqim Koreya yarim orolida taqdim qilingan. Yaponiya rohiblari bu ta’limotning o’rganilishini o’z vatanlariga olib ketishdi. Hozirgi kunga kelib, Tiantai mazhabi Yaponiya va Koreya Respublikasida juda katta e’tiborga ega. Ular Tiantai tog’ida joylashgan Guoqing ibodatxonasini o’zining birinchi patriarxining ibodatxonasi, deb biladilar va u yerga o’zining vakillarini yuborishadi.
Tiantai mazhabining Xitoydagi vakillari ham ko’pincha Yaponiya va Koreya ibodatxonasiga ziyorat qiladilar. 1985-yil oktabr oyida Tendai maktabi 19 ta yaponiya vakillaridan iborat bo’lgan delegasiya Guoqing ibodatxonasini ziyorat qildi.
Sanlun oqimi
Sanlun mazhabi yoki Madhyamika Xitoyda paydo bo’lmagan. U “Madhyamika” yoki Nagarjunaning 12 darvozasi asosida ishlab chiqilgan. Ya’ni bu muammolarga asoslangan asarlar Nagarjuna va Aryadeva rohiblari tomonidan shakllangan. Sanlun mazhabini biz erta boshlangan deya olmaymiz. Bu mazhabning asoschisi Kumarajiva (344-413) hisoblanadi. U buddizm tarixida eng mashhur shaxslardan biri bo’lgan.
Kumarajiva Kucha 344-yilda Markaziy Osiyoda tug’ilgan. Uning otasining ismi Kumarajana. U juda odobli va aqlli bo’lgan. Otasining o’rniga vazir lavozimiga o’tishga tayyor bo’lganida, u yengildi va rohib bo’lish uchun tog’ga chiqib ketdi. Podsho uni hurmat qilgan va uni hukumat boshlig’i etib saylagan. Lekin Kumarajana podshoning kichik singlisiga uylanishga majbur bo’lgan va shu tariqa ularda Kumarajiva dunyoga kelgan. Kumarajivaning onasi oqila va sutralarni o’qishni biladigan dono ayol bo’lgan. Kumarajiva 7 yoshga to’lganida uning onasi rohiba bo’lgan. U onasining orqasidan ergashib, buddizm mazhab va oqimlari haqida ko’p narsalarni bilib oldi. Huddi onasiga o’xshab u ham minglab sutra she’rlarini o’qishni o’rgandi.
12 yoshida u yana Kuchaga qaytib keldi. Ko’plab mamlakatlar uni o’z davlatlariga buddizmni yoyish uchun katta lavozim evaziga taklif qilishgan. Lekin u rad etdi. Keyinchalik u Kumarajiva katta budda bo’lishini bashorat qilgan arxat bilan uchrashdi. 20 yoshligida u to’laligicha buddizmga o’zini bag’ishladi. Kumarajiva Kucha va qo’shni davlatlarda juda mashhur hisoblangan.
Biroz vaqt o’tgandan keyin esa, u o’z ustozi Bandhudattani buddizmni o’rganishi uchun Mahayanaga taklif qildi. Onasining ogohlantirishiga qaramay, Kumarajiva katta qiyinchiliklarga ro’baro keldi. Hattoki u nutq so’zlayotgan vaqtda podsholar ham kelishgan. 385-yilda Qin sulolasini vakili rohib Fu Jian o’zining qo’shinlarini Kumarajivani o’ldirish uchun yubordi. Jang vaqtida Kucha podshosi vafot etadi. 401-yilda Chang’an yetib keldi va Yao Xing bilan uchrashishdi. Kumarajiva 50 yosh katta bo’lgan. Yao Xing buddizm ta’limotini tarjima qilish uchun 800 dan ortiq odamni yig’di. Ular orasida o’z davrining yetuk rohiblari Hui Guan, Daosheng, Daorong va Sengzhao ham bor edi.
401-413-yillar oralig’ida Kumarajiva 35 ta yirik sutralarni 294 jildda tarjima qildi. Ularning ichida eng asosiylari Astasahasrika Prajnaparamita, ya’ni Lotus sutrasi, Vajracchedika Prajnaparamita ya’ni Olmos sutrasi, Kichik Sukhavati-vguha, Amitabha sutra, Madhyamakashastra, Shatika-shastra, Dvadashamukha shastra, Sarvastivadin Shastra va Vimalakirti Nirdesha sutralar hisoblanadi.
Kumarajiva o’limidan oldin, aytganki, agar uning qilgan tarjimalari asl buddizm yozmalari bilan mos kelmaganida, uning tili tegilmagan bo’lardi. Kuydirilganidan keyin uning tanasi tegilmagan.
Yao Xing Kumarajivani to’laligicha baholadi. Uning so’zlariga qaraganda, Kumarajiva dunyodagi eng aqlli va yagona bilimli inson bo’lgan. Uning avlodini davom ettirish uchun podsho unga 10 ta xotin bergan. Kumarajivaning 3000 dan ortiq shogirdlari bo’lsa ham, birortasi undan o’tib keta olmagan.
Sanlun mazhabining 2 vakili ham juda asosiy ro’l o’ynagan. Ulardan biri Kumarajivaning shogirdi Seng Zhao (384-414) hisoblanadi. U oqimning shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Boshqasi esa, Ji Zang bo’lgan. Bundan tashqari uni shu oqimning asoschisi, deb ham qarashadi. U Jin Lingda tug’ilgan. U Sunlun yoki uch sutrani o’rganishi 7 yoshligidanoq boshlagan va keyinchalik Tan imperatorini Riyan ibodatxonasiga taklif qiladi. U Sanlun oqimi uchun asos bo’lgan “Uch sutra muammosi”, deb nomlangan asar yozadi.
Sanlunning eng mashhur patriarx ibodatxonalaridan biri Jiangsu viloyatining Qixia tog’ida joylashgan Qixia ibodatxonasi hisoblanadi. U olti sulola davomida qurilgan (483-489). Boshida bu oddiygina uy bo’lgan. Lekin keyinchalik Seng Lang, Seng Quan va Fa Langlar ibodatxonasiga buddizmni olib kirdilar. 1885-yilda Imperator Xian Feng tomonidan yondirilib, kulga aylantirilgan va yana qayta qurilgan. Ibodatxona devorlarida 1000 ga yaqin budda umurtqa suyaklari, 515 ta haykalchalari mavjud.
Fa Xiang oqimi
Fa Xiang oqimi yoki Dharmalaksana VII asrda Xuanzhang Hindistondan qaytishi bilan tashkil topdi. Xuan Zhuang buddizm rivojlanishiga katta hissasini qo’shdi va Xitoy madaniyati tarixida o’ziga yarasha mavqeiga ega bo’ldi. Xuan Zhuang 602-yilda Yanshida tug’ilgan. Uning otasi Jiangling shahrining boshqaruvchisi bo’lgan. O’zini buddizm ta’limotiga 21 yoshida bag’ishladi. Har xil sutralarni o’rganish paytida u juda ko’p muammolar va g’oyalarning qarama-qarshiligiga duch keldi. Shuning uchun bu yechimlarga javob topish uchun Hindistonga ketadi. Lekin ocharchilik davri bo’lgani uchun Tianshui, Lanzhou orqali o’tib, Liangzhouga keladi.5
Xuan Zhuang 645-yilda 17 yil o’tgandan keyin Xitoyga qaytib keldi. U 25.000 km yo’l bosib, 138 davlatda bo’lgan. 75 ta muqaddas budda yozuvlarini tarjima qilish uchun 20 yil vaqti ketdi. Shu bilan 1335 hajmni tarjima qilib, Xitoyning mashhur tarjimonlari safidan joy oldi.
Ularning eng katta qurilmalaridan biri Katta g’oz inshoati hisoblanadi. Bu inshoat 60 metr balandlikda qurilgan. Lekin 1 savol o’ylantiradi. Bu qurilma va buddizm orasida qanday bog’liqlik tomoni bor? Tarixiy manbalarga ko’ra, Da Ci’enda yashovchilar umuman go’sht yemagan. Ular hudoga iltijo qilish va ibodat qilish bilan kun kechirganlar.
Miloddan avvalgi 701-704 yillar oralig’ida Imperator Wu Zetian 5 ta shunday inshoatdan qurdiradi. Lekin urush vaqtida ulardan uchtasi vayron bo’ladi.
“Lamaizm” ta’limoti
Xitoyda chan-buddaviylik bilan birga lamaizm yo‘nalishi yuzaga kelgan. «Lamaizm» iborasi Tibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan. Lamaizmning vujudga kelgan vaqti haqida turli ma’lumotlar mavjud. Ayrim manbalarda uning XIV asr oxiri – XV asr boshlarida vujudga kelganligi qayd etilgan, boshqa manbalarda VII asrda vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Agar biz buddaviylikning Hindistondan Osiyo qit’asining boshqa qismlariga yoyilish yo‘nalishini kuzatsak, bu jarayon uzoq vaqt davom etib, faqat XIV asrga kelib Tibetda uzil-kesil vujudga kelgan, degan fikrga kelishimiz mumkin.
Lamaizm ta’limoti chan-buddaviylik kabi mahalliy diniy qarashlarning buddaviylik ta’limoti bilan muloqoti natijasida shakllangan. Shu bois lamaizm ta’limotida rivojlangan diniy tizim elementlari bilan birga ibtidoiy davrga xos qarashlar ham mavjud. Masalan, diniy rivoyatlarda Yer yassi doira shaklida tasavvur qilinadi. U okean bilan o‘rab olingan to‘rtta materikka bo‘linadi. Yerni fil ko‘tarib turadi. Fil esa, toshbaqaning ustida turadi. Agar yerda yomonlik ko‘payib ketsa, toshbaqa bezovtalanadi va qimirlaydi. Natijada yerda zilzilalar boshlanadi. Bunday bo‘lmasligi uchun odamlar gunoh qilmasligi, xudoga ibodat qilib, yaxshi yashashlari lozim, deb hisoblanadi.
Lamaizm ta’limotida tantrizm (sanskrit tilida tantra – jimjimadorlik, sirli matn, sehrgarlik degan ma’nolarni anglatadi) g‘oyalarining ta’siri juda kuchlidir. Tantrizm Veda dinidan kelib chiqqan. Unga ko‘ra, odam va koinot bir-biri bilan bog‘liq voqelikdir. Odam mikrokosm (mikrokoinot) voqeligi bo‘lib, koinotdagi ashyolardan yaralgan. Uning tanasi ham koinotga o‘xshash qilib tuzilgan.
Tantrizm bilan yoglar amaliyoti bog‘liqdir. Yog amaliyoti orqali odamdagi mudroq energetik ibtido harakatga keltiriladi. Bu vazifani kishi faqat ustoz (guru) yordami bilan amalga oshirishi mumkin. Lamaizmda juda ko‘p xudo (budda)lar va g‘ayritabiiy mavjudotlar mavjud. Xudolar guruhiga budda Shakyamuni boshchilik qiladi. Buddalar vazifalari va ijtimoiy hayotdagi mavqei bilan bir-biridan farq qiladi. Bunda buddalar bilan birga, bodxisatvalarga va diniy ta’limotni ishlab chiqishdagi xizmatlari bilan nom qozongan va xudolar darajasiga ko‘tarilgan shaxslarga ham sig‘iniladi.
Lamaizmda dindorlar va diniy tashkilotlarga bosh ruhoniy – dalaylama (mo‘g‘ul-tibetchada – dengiz kabi buyuk, degan ma’noni anglatadi) rahbarlik qiladi. Dalay-lama yerda qayta tug‘ilgan mavjudotlarning eng buyugi, yerdagi xudo sifatida ulug‘lanadi. Uning vafot etishi, yerda yangidan qayta tug‘ilishning boshlanishini bildiradi. Shuning uchun bosh ruhoniy vafot etgandan keyin maxsus vakolatlarga ega hay’at tuziladi.
Hay’at bir yil muddatda vafot etgan dalay-lamaning ruhi o‘tgan bolani axtarib topishi kerak. Bola aniqlanganidan keyin ibodatxonada tarbiyalanadi. Voris deb topilgan bola balog‘at yoshiga yetguniga qadar bosh ruhoniy vazifasini regent (lotincha regens – idora qiluvchi, degan ma’noni anglatadi) bajaradi. Hozirgi vaqtda lamaizmning boshlig‘i Dalaylama XIV Lozondantzendjansoigvant (1935 yilda tug‘ilgan) hisoblanadi. Odatda, diniy hayotning markazi vazifasini ibodatxonalar bajaradi. Ibodatxonalarda diniy marosim va udumlar bajariladi, xudoga ibodat qilinadi, shuningdek, ular ma’rifiy va siyosiy markaz ham hisoblanadi. Ibodatxonalarda ruhoniylar, ularning xizmatkorlari va shogirdlari yashaydilar, turli diniy marosimlarni bajarishda qo‘llaniladigan jihozlar, muqaddas matnlar saqlanadi. Bino devorlarining ichki qismiga buddalar va bodxisatvalarning tasviri tushirilgan butlar qo‘yiladi. Diniy marosimlar esa, tibet tilida amalga oshiriladi.
Lamaizmda diniy bayramlar unchalik ko‘p emas. Ularning eng yirigi sanaggan (oq oy) bayramidir. Bu bayram qadimgi oy taqvimi bo‘yicha yangi yilning kirishi munosabati bilan nishonlanadi va tantana o‘n olti kun davom etadi. Tantana davomida «Buddaning o‘n ikki mo‘jizasi»ga bag‘ishlangan juda ko‘p diniy marosim va udumlar bajariladi. Yoz faslining o‘rtalarida «vaydaraning doira bo‘ylab aylanishi», deb ataladigan diniy bayram o‘tkaziladi.
XULOSA
Hozirgi davrda Xitoyda buddizm dini saqlanib qolgan va shakllanib kelmoqda. Hukumat tomonidan yangi imorat va ibodatxonalar qurilmoqda. Buddaviylikda kishining qaysi tabaqaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, ilohiy haqiqatga erishish mumkinligi qayd etilgan. Shuningdek, ilohiy haqiqatga individual asosda erishish yo‘li qabul qilingan. Individual xalos bo‘lish yo‘li odamlarning o‘z taqdirini o‘zgartirishi mumkinligiga ishonchini mustahkamlaydi, individning ichki dunyosini din talablari asosida takomillashtirishga imkoniyat yaratadi.
Buddaviylik ta’limoti Xitoy timsolida o‘ziga xos betakror madaniy muhitga duch kelgan. Uning mahalliy diniy qarashlar bilan muloqoti natijasida daosizm ta’limotining muhim jihatlarini aks ettiruvchi chanbuddaviylik ta’limoti vujudga kelgan. Chan-buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, diniy hayotning asosiy maqsadi kishining ruhan moddiy dunyo bilan uzviy qo‘shilishidir. Bu jarayon hatto kishining o‘zligidan voz kechishini talab qiladi. Maqsadga erishishning asosiy vositasi o‘ziga xos bo‘lib, kishidan harakatsizlikni talab qiladi. Chunki faqat harakatsizlik orqali kishining ichki tabiati namoyon bo‘ladi.
Meditatsiyaning mohiyati talqinida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Uning maqsadi kishining o‘z ichki «men»ini, ichki dunyosini bilishdan iborat. Kishi Buddani o‘zidan, ichki dunyosidan axtarishi kerak. Uni tashqi dunyodan izlagan odam adashadi. Odam ichki tabiatida shaxsiy istaklaridan voz kecha olsa, o‘zini anglaydi. Shunday qilib, chan-buddaviylikka binoan, xalos bo‘lish Buddaning tabiati bilan qo‘shilishdir. Buning uchun ter to‘kib, to‘xtovsiz muroqaba (meditatsiya) bilan shug‘ullanish yoki muqaddas sutralarni tinimsiz takrorlab turish kerak emas. Agar Budda jismimizda bo‘lsa, uni ter to‘kib izlash kerak emas, aks xolda uni izlashdan foyda yo‘q. Shuning uchun kishi butun olam oqimi bilan uyg‘unlikda yashashi va unga singib ketishi kerak. Buning asosiy vositasi harakatsizlikdir.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, buddaviylik odamlarning xudoga itoatdagi tengligi, xalos bo‘lishning individual yo‘li tanlanganligi, boshqa dinlarga munosabatda bardoshliligi, tarixiy shart-sharoitlarga moslashuvchanligi kabi xususiyatlari bilan davlat chegaralari va boshqa to‘siqlardan o‘tib jahon diniga aylangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
Rasmiy adabiyotlar
-
Karimov I. A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. Toshkent. “O’zbekiston”. 2011.
-
Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma’naviyat”. 2008.
-
Karimov I. A. “E’tiqod erkinligi qonuniy bo’lsin”. Toshkent. “O’zbekiston” 1998.
-
Karimov I. A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. Toshkent. “O’zbekiston”,1997
-
Ilmiy adabiyotlar
-
Abdusamedov A. “Din tarixi” Toshkent 2004.
-
Buddizm. Lug’at. M.1992.
-
Gong Li “History of Pagodas” China 2008.
-
Щербатский Ф.И., Избранные труды по буддизму. М., 1998
-
Jo`raеv U., Saidjanov Y. Dunyo dinlari tarixi. T.,1998 y.
-
Jo’rayev U. “Dunyo dinlari tarixi” Toshkent 1998.
-
Kривлов И. “История религии” M. 1989.
-
Кулаков A. “Религия мира”. Москва. 1996.
-
Ling Haicheng “Buddhism in China” China intercontinental press 2004.
-
Mo`minov A. va boshqalar. Dinshunoslik. T., «Mеhnat»,2004y.
-
Померанс Г., Миркина З. Великие религии мира. – М., 2006.
-
Религиозные традиции мира. Буддизм, иудаизм, христанство, ислам. Бишкек 1997.
-
Ставийский В. “Судба буддизма” М. 1998.
-
Ставийский Б.Я. Судьбы буддизма в Средной Азии. По данным археологии. М., 1998.
-
Василев Л. С. История религий Востока. – М., 1997.
-
Волков С. “Ранная история буддизма” М. 1985.
-
Юнусова А. Т. Религия и общество // Ҳуқуқ–Право–Law. 2002.
-
Интернет ресурслар:
-
Ziyo-Net.uz
-
Bilim.uz
-
Ezgulik.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |