상투 끝까지50-juda, o‘ta darajada ma’nosini beradi. Misol:
”아버지는 그 소식을 듣고 화가 상투 끝까지 나셔서 제대로 말을 잇지 못하고 계셨다”
“Dadam bu yangilikni eshitib juda jahllari chiqqanidan hech nima deyolmadilar ‘‘
XULOSA
Kurs ishida frazeologizmlarning qanday lingvomadaniy ma’no tashishi ko‘rib chiqildi. Institutimiz o‘qituvchilaridan Pan Larisaning “Koreys milliy ovqatlarining ma’nolari” deb nomlangan desertatsiyasida 떡, 죽, 두부, 엿 kabi koreys ovqatlarining maqolalarda ifodalanishini ko‘rib chiqqan bo‘lsa, yana bir o‘qituvchi Kim Yelena realiyalarni tahlil qilib, ekvivalentsiz leksika ekanligini va realiya terminining kelib chiqishiga izoh bergan. Har ikkala maqola « Маяк востока» jurnalining 2010-yil 2-sonida nashr etilgan. Bundan tashqari, Razmaxova Mariya koreys tilidagi iboralarni kelib chiqish jihatdan to‘rtga bo‘lib tahlil qiladi.
Ushbu kurs ishini yozish jarayonida koreys millati mentalitetini o‘rganishda iboralarning o‘rni beqiyos ekanligiga amin bo‘ldik. Negaki, iboralarda shu xalqning o‘ziga xos urf-odat va madaniyati aks etgan bo‘ladi.
Koreyscha frazeologizmlarni o‘rganish jarayonida Koreya tarixi va urf-odatlariga oid juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Ushbu kurs ishini yozib quyidagi xulosalarga kelindi:
Xalqning milliyligi va madaniyati uning leksikasid ham o‘z aksini topadi. Shu jumladan, koreys millatining o‘ziga xos mentaliteti koreyscha frazeologiyalarda o‘z ifodasini topgan.
Koreys tilida frazeologizmlar xuddi o‘zbek tilidagi singari turg‘un birikma bo‘lib, yaxlit ko‘chma ma’noga ega. Buni quyidagi misol orqali ko‘rish mumkin : 누워서 떡먹기-iborasi so‘zma-so‘z « yotib kasha yemoq » ma’nosini bildiradi. Shuning uni so‘zma-so‘z tarjima qilmaymiz, aksincha yaxlit « oson » deb olamiz .
Bir so‘z turli frazeologik birliklar ichida turli ma’noni bildirib keladi. Buni quyidagi misol orqali ko‘rishimiz mumkin : 눈에 어리다iborasida ko‘z oldida gavdalanmoq, ko‘z oldiga kelmoq ma’nosini bildirsa 눈에 흙이 들어가다-vafot etmoq ma’nosini bildiradi. Bu yerda ikkala ibora ham ko‘z bilan bog‘liq bo‘lsa-da ikkalasida ikki xil ma’no bildirib kelgan .
4. Zamonaviy koreys tilida frazeologizmlarni 4 turga bo‘lish mumkin:
a)Qadimiy koreyscha iboralar. Qadimiy frazeologik birliklarda qadimgi koreys tili leksikasi keng qo‘llaniladi va ularda so‘zlar asosan ko‘p ma’noli bo‘ladi. Boshqa guruhlarga nisbatan ular ko‘pchilik qismni tashkil etadi.
b)Xitoy tilidan o‘zlashgan frazeologik birliklar. Ular asosan to‘rt bo‘g‘inli so‘zlardan tashkil topadi va har biri butun bir leksik birlikning funksiyasini bajaradi
c)Xitoy tilidan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar. Bunday frazeologik birliklar o‘zining xitoycha ekvivalenti bilan baravar qo‘llaniladi.
d)Boshqa tillardan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar.
Koreys tilida frazeologik birliklarda tana a’zolari bilan bog‘liq iboralar ham ancha ko‘p miqdorni tashkil etadi.
Jumladan, ko‘z bilan bog‘liq iboralarni olaylik.
눈에 어리다- ko‘z oldida gavdalanmoq, ko‘z oldiga kelmoq.
5. Shuningdek, koreys millatining milliyligi ba’zi jihatlari bizning mentalitetimizga o‘xshab ketishiga yana bir bor amin bo‘ldim. Misol uchun aytadigan bo‘lsak, koreys ayollari qadimda foydalangan 장옷 bizning musulmon ayollari foydalangan paranjiga o‘xshab ketadi. Negaki, har ikkalasi ham ayolning yuzini begona erkaklar ko‘rmasligi uchun kiyilgan. Koreys qizlari 7 yoshdan balog‘atga yetgan hisoblanib o‘g‘il bolalar bilan birga yurishi man etilgan bo‘lsa, bizda bu 2 yoshga kechroq ya’ni 9 yoshdan qizlar balog‘atga yetgan hisoblangan.
6. Koreys va o‘zbeklarning yana bir o‘xshash jihati ularning ota-bobolariga nisbatan alohida hurmat e’tibor qilinishidir. Bizda hayit, xotira va qadrlash singari bayramlarda ota-bobolar qabri alohida ziyorat qilinsa, koreyslarda bu 추석, 설날 singari bayramlarda amalga oshirilgan.
7. O‘zbeklar nonni qancha e’zozlashsa, koreyslar ham밥 ni shu darajada e’zozlashgan. Buni밥을 먹다iborasi “kun ko‘rmoq” ma’nosini bildirganidan anglasa bo‘ladi. Bizda esa bu “nonini yemoq” iborasiga mos keladi.
8. Ushbu koreyscha iboralarni o‘rganib koreys xalqining qanchalik ishbilarmon va mehnatkash ekanligini bilib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |