II Bob. Frazeologiyada koreys milliyligining ifodalanishi.
Frazeologiya (yunoncha - phrases" ibora nutq birikmasi, logos" bilan tushuncha) - tilning tarixiy rivoji va hozirgi holatiga doir frazeologik sostavini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir.13
V.N.Telya : « Frazeologiya atamasi lingvistikaning frazeologik birikmalarning grammatik tuzilishi va ma’nosidan qat’iy nazar ularning barcha xususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘limdir » deb yozadi.14
Shu jumladan koreys xalqining o‘zigagina xos bo‘lgan mentalitet koreys tilining frazeologiyasida, leksikasida ham namoyon bo‘ladi.
Koreys tilining milliy va madaniy so‘zlari va iboralarini bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular quyidagilar:
a)Koreys millatining taomlariga oid so‘zlar.
b)Koreys millatining kiyimlariga oid so‘zlar.
c)Koreys millatining hayot tarziga oid so‘zlar.
d)Koreys millatining bayramlari va urf- odatlariga oid so‘zlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |