Asosiy qism
I Bob. Koreys tilida frazeologizmlar
Koreys tiliga xos bo‘lgan frazeologik birliklar
Ma’lumki, so‘z- nafaqat aktual muhim ma’lumotlar beradi, balki kundalik nutqiy muloqotlar jamlanib borib sotsial-tarixiy ma’lumotlarni, intellektual va hissiy, baholovchi, umumgumanistik va aniq milliy xarakterni ifodalaydi.
Biz «xalq tili » haqida so‘z yuritganimizda xalq dialektidan tortib notiqlik va yozuvchilikning oliy ko‘rinishini o‘z ichiga olgan butun til boyligini nazarda tutamiz6.
Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko‘chma ma’no ifo-dalaydigan, ta’sirchanlikka ega bo‘lgan til birligi ibora(frazeologik birlik) deyiladi7. Frazeologizmlar yaxlitligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi.
Frazeologik birliklar so‘zlar singari tilning lug‘aviy birliklari qatoridan o‘rin egallaydi.
Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushunchani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyatlar uni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi. Masalan:발이 넓다iborasining so‘zdagi ifodasi아는 사람이 많다 (tanish odami ko‘p) bo‘ladi. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Iboralarning quyidagi xususiyatlari mavjud :
Iboralar ahamiyati va qo‘llanishi jihatdan odatda, so‘zga teng keladi.
Iboralar ko‘chma ma’no ifodalaydi va ta’sirchanlikka, obrazlilikka ega bo‘ladi.
Iboralar gap tarkibida yaxlit ko‘rinishda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.
Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi. Ulardan unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi8.
Koreys tilining o‘ziga xos jihati uning iboralarga nihoyatda boyligidir. Koreys tilidagi iboralarning lug‘aviy ma’nosi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu ko‘proq xalqning turmush tarzi va urf odatlariga ham qisman bog‘liq.
Zamonaviy koreys tilida frazeologizmlarni 4 turga bo‘lish mumkin:
Qadimiy koreyscha iboralar. Bular nihoyatda boy bo‘lib, o‘zining strukturasiga ko‘ra har xildir. Qadimiy frazeologik birliklarda qadimgi koreys tili leksikasi keng qo‘llaniladi va ularda so‘zlar asosan ko‘p ma’noli bo‘ladi. Frazeologik birliklar qadimiy koreys leksikasi materiallaridan qurilgan bo‘lib koreys frazeologik birliklarning asosiy qismini tashkil etadi. Boshqa guruhlarga nisbatan ular ko‘pchilik qismni tashkil etadi.
Xitoy tilidan o‘zlashgan frazeologik birliklar. Ular asosan to‘rt bo‘g‘inli so‘zlardan tashkil topadi va har biri butun bir leksik birlikning funksiyasini bajaradi. Masalan :
일거량득-bir o‘q bilan ikki quyonni urish ;
구밀벅검-og‘izda asal.
Xitoy tilidan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar. Bunday frazeologik birliklar o‘zining xitoycha ekvivalenti bilan baravar qo‘llaniladi. Masalan :
눈 위에 서리친다-so‘zma-so‘z : qor ustida qirov ham bor.(falokat yolg‘iz kelmaydi)
Boshqa tillardan aynan tarjima qilib olingan koreyscha iboralar.Masalan : 승냐이 두렵거든 삼님에 가지 몰라bo‘ridan qo‘rqqan o‘rmonga bormaydi9.
Tana a’zolari bilan bog‘liq frazeologizmlar ancha keng tarqalgandir.
Jumladan, ko‘z bilan bog‘liq iboralarni olaylik.
눈에 어리다- ko‘z oldida gavdalanmoq, ko‘z oldiga kelmoq.
눈에 흙이 들어가다-vafot etmoq, tuproqqa kirmoq.
Burun bilan bog‘liq iboralar :
코가 빠지다- qon bosimi tushmoq.
코 묻은 돈-yosh bolalarning mayda puli.
코에 걸다-biror narsani maqtanmoq10.
Og‘iz bilan bog‘liq iboralar :
입을 맞추다-gapi bir joydan chiqmoq.
입을 씻다- foydani o‘ziga olmoq
입의 혀같다-aytganini bajarish.
입이 밭다-kam ovqat yeyish, ma’nosini beradi.
Quloq bilan bog‘liq iboralar :
귀가 얇다-ishonuvchan.
귀가 가렵다(간지럽다)-qulog‘i qizimoq.
귀를 재다- kimgadir, nimagadir quloq solmoq.11
Frazeologiyalar o‘z tarkibiga kirgan komponentlariga ko‘ra ham klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, bosh, ko‘z, qo‘l, oyoq komponentlari bilan bog‘liq iboralar mavjud.
Ko‘z komponenti bilan bog‘liq frazeologizmlarni olsak, ko‘z inson organizmining va boshning muhim qismi hisoblanadi : ko‘zi o‘rgangan(tajribali odam haqida), ko‘z dam olishi(yoqimli ko‘rish tassuroti haqida)
Oyoq, qo‘l bilan bog‘liq frazeologizmlar eng ko‘p miqdordagi har xil frazeologizmlardir. Masalan, qo‘l bilan urmoq (rozi bo‘lmoq), qo‘lini yuragiga qo‘ymoq(vijdonli), qo‘l siltamoq (xayrlashganda)12 va yana shunga o‘xshash so‘z birikmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |