Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti


I BOB. Afg‘oniston ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning o‘rni



Download 486,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana30.12.2021
Hajmi486,04 Kb.
#197002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
akrom usmon hikoyalarida ayol obrazi

I BOB. Afg‘oniston ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning o‘rni 

1.1. Afg‘onistonmatbuotidaayollarfaoliyatiningyoritilishi 



II BOB. Hozirgidariyzabonadabiyotidaayollarobrazi 

2.1. Badiiy obraz yaratish san’ati 

2.2. Akrom Usmon hikoyalarida ayol obrazi 

XULOSA 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 



 

KIRISH 

O‘zbekiston  Respublikasi  hozirgi  kunda  mustaqil  davlat  sifatida  jahon 

iqtisodiy-madaniy hamjamiyatiga ildam qadamlar bilan kirib borayotir. Davlatimiz 

rahbari  I.A.  Karimov  ta‘kidlaganidek,  “Bugungi  kunda  O‘zbekiston  to‘la  huquqli 

asosda  eng  obro‘li  va  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  tarkibiga  kirgan  bo‘lib,  barcha 

qit‘alardagi 

o‘nlab 


mamlakatlar 

bilan 


do‘stona 

aloqalarni 

rivojlantirib 

bormoqda”

1

Ana shunday mas‘uliyatli bir sharoitda turli jabhalarda mamlakatlararo 



munosabatlarning o‘rnatilishida xorijiy tillarni o‘rganish dolzarb masalaga aylandi.  

Dunyoda  tinchlikning  hukmron  bo‘lishi,  mamlakatlarning  ravnaq  topishi 

hamda  insoniyatning  er  kurrasida  hotirjam  unib-o‘sishi,  turli  xalqlarning 

mushtarak holda hayot kechirishi davlatlarning do‘stona hamkorlik qilishi asnosida  

ta’minlanadi.  “Biz  tashqi  aloqalarni  xalqaro  munosabatlarning  turli  yo‘nalishlari 

bo‘yicha  muvaffaqiyatli  rivojlantirishni  xavfsizlik  va  barqarorlikning  kafolati  deb 

bilamiz”

2

, deya ta‘kidlaydi yurtboshimiz I.A. Karimov.   Jumladan, mamlakatimiz-



da  tinchlik-totuvlikni  ta‘minlash  hamda  xavfsizlik  va  barqarorlikni  kafolatlashda 

Vatanimizning  jahon  hamjamiyatidagi  faol  ishtiroki  va  o‘rni  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega.  O‘zbek  xalqi  ana  shu  oddiy  haqiqatni  anglab  etgani  holda, 

yurtimizning nafaqat mintaqa doirasidagi, balki jahonning boshqa ko‘plab etakchi 

mamlakatlari  bilan  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  manfaatli  hamkorlik 

qilishiga bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etgan holda harakat qilmoqda. SHu 

o‘rinda,  yurtimizni  go‘zal  kelajak  va  farovon  hayotga  tomon  qadamma-qadam 

eltayotgan 

islohotlar 

tashabbuskori 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning  quyidagi  tabirini  keltirib  o‘tishni  joiz  bildik:  “Biz  butun 

ma’rifatli  dunyo,  xalqaro  hamjamiyat  bilan  tinch-totuv,  erkin  va  farovon  hayot 

kechirish,  o‘zaro  manfaatli  hamkorlik  qilish  tarafdorimiz”

3

.  Mana  shunday  ezgu 



maqsadlar  yo‘lida  chet  ellik  hamkorlarimiz  bilan  hamjihatlikda,  hamkorlikda 

o‘zining  buyuk  kelajagini  bunyod  etayotgan  xalqimiz  uchun  xorijiy  tillarni 

                                                           

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. – T.: “Ўзбекистон”, 1997.– Б. 296. 

2

O‘shajoyda.  – B. 297. 



3

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.  – B. 115. 




 

mukammal  bilishning  ahamiyatini  yana  bir  bor  eslatib  o‘tishning  hojati  yo‘q  deb 



bilamiz.  

Adabiyot  beqiyos  ma’naviy  merosdir.  Uni  o‘rganish  anglash,  mag‘zini 

chaqib, hayotiy  xulosalar chiqarish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida  katta  ahamiyatga 

ega  bo‘lsa,  uning  tili,  ijodkorning  o‘z  ona  tilidan  qay  darajada  foydalanish 

mahoratini  tahlil  qilish  ham  ma’naviy  yuksalish  uchun  muhim  omil  hisoblanadi. 

Chunki asar tilini o‘rganish jarayonida bevosita til tarixiga murojaat qilinadi, so‘z 

ma’nolari  tahlil  qilinadi,  asar  tiliga  mansub  bo‘lgan  maqol  va  iboralar,  hikmatli 

so‘zlar  bilan  ham  tanishib  chiqiladi.  Har  bir  asarning  badiiy  xususiyatlarini 

o‘rganish,  uning  g‘oyaviy  mazmunini  yoritish  bevosita  asar  tili  bilan  bog‘lanadi. 

Zero,ustoz  Ozod  Sharafiddinov  “Adabiyot  tildan  boshlanadi”  deganlarida  ming 

bora haq edilar. 

Hozirgi  kunda  har  bir  rivojlangan  davlat  o‘zining  boshqa  sohalari  qatorida 

adabiyotning  rivojlanishiga,  yangi-yangi  asarlar  bilan  boyitishga  katta  ahamiyat 

beradi. 


Afg‘onistonda  milliy  mustaqillik  tiklangandan  so‘ng,  badiiy  adabiyotni 

demokratlashtirish  masalasi  ko‘ndalang  qo‘yildi.  Mustaqillikning  birinchi  o‘n 

yilida millatlararo aloqalarning mustahkamlanishi va boshqa adabiyotlarning ta’siri 

vositasida  milliy  adabiyot  rivojlanishi  jarayoniga  sezilarli  turtki  berildi.  O‘zga 

xalqlarning  tarjima  etilgan  asarlari  bilan  tanishish  afg‘on  yozuvchilariga  ijobiy 

ta’sir ko‘rsatdi. “Afg‘onistonning zamonaviy dariy tili prozasi, asosan, 1919-yilda 

mustaqillikka  erishilgandan  so‘ng  rivoj  topdi.XX  asrga  qadar  adabiyotning  keng 

tarqalgan  turi-she’riyat  edi.  Ma‘lumki,  fors  mumtoz  adabiyotining  eng  yuksak 

cho‘qqisi poeziyada bo‘lgan, afg‘on xalqlari ham, haqqoniy ravishda o‘zlarini unga 

taalluqli  merosxo‘r  hisoblaydilar.  Binobarin,  fors  mumtoz  she‘riyatidagi 

traditsiyalar ularda hozirga qadar sezilib keladi”

4



“Afg‘oniston jamiyati ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan sotsial-iqtisodiy 

va  madaniy  o‘zgarishlar  hamda  mustaqil  rivojlanishning  yangi  bosqichlariga 

                                                           

4

 Асоев Х.  Развитие жанров в прозе на дари.  Душанбе - 1987. стр.3 



 


 

o‘tish,  voqelikni  tasvirlovchi  yangi  badiiy  shakllar  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi. 



Afg‘on  yozuvchilarining  milliy  munosabatlarni  badiiy  tasvirlash  yo‘lidagi 

izlanishlari,  ularni  prozaga  yetakladi.  Mustaqillikning  yigirmanchi  yillariga  kelib, 

dariyzabon  adabiyotida  yangi  xildagi  asarlar  paydo  bo‘ldi.  Said  Muhammad 

Ibrohim  Olamshoxiyning  “Qorong‘u  tun,  yorug‘  kun”(1938),  Jaloliddin 

Hushnavoning “Xanjar” (1938), Miraminiddin Ansoriyning “Kimyo izlash” (1939) 

asarlari  shular jumlasidandir”

5



“Afg‘on  adabiyotining  birinchi  tadqiqotchisi  deb  1958-yilda  “Zamonaviy 



Afg‘oniston  adabiyotiga  bir  nigoh”  kitobi  muallifi  Muhammad  Haydar  Jobalni 

aytish  mumkin.  M.H.Jobal  dariyzabon  adabiyotning  tiklanish  va  rivojlanish 

yo‘llarini  aniqlashga  urinib  ko‘rgan.  Qandaydir  bir  ma‘noda,  muallif  nasriy 

turlarning  (qisqa  hikoyalar,  badialar  va  maqolalar)  rivojlanish  masalalariga  qo‘l 

urgan.Uning  fikricha,  “Eng  keng  tarqalgan  nasriy  tur,  bu  Mahmud  Tarziy  asos 

solgan maqola hisoblanadi...”

6



Shuningdek,  nasriy  turning  xalq  orasida  keng  yoyilishiga,  Mahmud  Tarziy 



tomonidan  tashkil  qilingan  “Siroj-ul  axbor”  gazetasining  roli  ham  katta  bo‘lgan. 

Dariyzabon  adabiyotida  asosan, dostonlar,  ertaklar, rivoyatlar, qissalar, hikoyalar, 

latifalar, qo‘shiqlar kabi nasriy turlari mavjud. 

Afg‘onistonning  dariyzabon  adabiyoti  o‘zining  tiklanishi  va  rivojlanishi 

yo‘lida e‘tiborini ma‘rifiy muammolarni hal etishga ham ko‘p e‘tibor qaratgan. Biz 

bir  narsani  bilishimiz  kerakki,  Fatxiy,  Ansoriy  va  Muso  Himmatlarning  ijodidagi 

ma’rifiy 

oqim, 


XX 

asrning 


birinchi 

o‘n  yilliklarida  asarlar  bitgan 

ma’rifatparvarlardan sezilarli farq qiladi, chunki ular traditsion mavzulardan chetga 

chiqishga  harakat  qilganlar,  o‘z  g‘oyalarini  yangi  nasriy  turlarda:  hikoya,  qissa, 

romanlarda ifodalaganlar. 


Download 486,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish