8
I BOB. Afg‘oniston ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning o‘rni
Ayol - mеhribon ona, oila bekasi, millat tarbiyachisi, davlat, siyosat arbobi,
bir so‘z bilan aytganda, jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida faol xizmat qiluvchi
zotdir. Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ayollarning hayot davomchisi
sifatidagi o‘rni qadrlangan, ularga yuksak ehtirom ko ‘rsatilgan. Jumladan, Sharq
mamlakatlarida ayollar qadimdan siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotda katta rol
o‘ynaganlar. Sharq ayollari ko‘p hollarda dono va adolatli maslahatlari, fikr-
mulohazalari bilan saltanat ishlarida faol qatnashgan. Sharq ayoli timsoli hamisha
buyuk bo‘lgan. To‘marislar, Bibixonimlar, Nodirai davronlar tug‘iladi bu
zaminda.Bu zaminning ayollari iffatu hayoda tеngi yo‘q, ehtimol, shuning uchun
ham asrlar silsilasida ham ularning madhi tillarda doston, dillarda
barhayot.Mamlakatimizda o‘zbеk ayolining o‘zi uchun muqaddas bilguvchi
oiladagi o‘rni, uning farzandlar tarbiyasiga bo‘lgan e ‘tibori, shuningdеk
jamiyatdagi o‘rni har doim muhim hisoblangan. Ayol! O‘zbek ayolining
qiyinchiliklarini yengishi haqida gapirib o‘tirish shart emas. Ne-ne azob-u
uqubatlarga bardosh bergan Kumushbibi, Ra’no, Barchinoy kabi buyuk
siymolarning timsoli hali-hanuz barchaning nigohida o‘z aksini yo‘qotgan emas.
Ayol dunyoni larzaga solguzchi, qalblarni to‘lqinlantiruvchi, olamni hayratga
soluvchi va daryo suvlaridek qalbida mehr nuri mavjlanib oqguvchi ham sharq
ayoliga xos xususiyatlardan.
Afg‘onistonda bugungi kunda ayollar har sohada ilg‘ordirlar. Buni ularni
xoh adabiyot bo‘lsin, xoh siyosiy sohada bo‘lsin, boshqa yurt ayollari bilan
bemalol bellasha olishlarining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
“Afg‘on matbuotining xabar berishicha hozirgi kunda Afg‘onistondagi
ishchi xizmatchilarning 34% ni afg‘on xotin-qizlari tashkil qiladi. Ular
Afg‘onistonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida mamlakatning taraqqiy
etishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar”
7
.
7
“لباک” [Kobul] jurnali.Kobul-2007. aqraboyi. B-6.
9
Shundan ham korinib turibdiki, Afg‘oniston xotin-qizlari bugun hamma
sohada ilg‘orlik bilan faoliyat olib bormoqdalar. Jumladan ayollarning adabiyotga
bo‘lgan qaynoq qalblari so‘zlarimizning isboti desak bo‘ladi.
Bugungi kunda Afg‘oniston xotin-qizlari kelajakka umid bilan boqib ertangi
kun quyoshi ular bilan chiqishiga ishonishlari, ularning qilayotgan ishlari ertaga
o‘z natijasini berishiga ishonishlari quvonarli hol. Shu o‘rinda Afg‘oniston
ayollarining ilm sohasida ham muvoffaqiyatlarga erishib kelayotganliklari
kelajakda Afg‘oniston adabiyoti yanada rivoj topishiga zamin bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: