Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 3,07 Mb.
bet100/158
Sana02.07.2021
Hajmi3,07 Mb.
#107560
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158
Bog'liq
Qadimgi turkiy til (2)

Qadimgi turklarda oy. Turkiy tillarda ay so‘zining ikki ma’nosi bor: “koinot jismi” va “vaqt birligi”. Harqalay, u ilkin ma’nosida “koinot jismi”ni bildirgan. Keyingi ma’nosi uning davriy aylanishi (o‘ttiz kunligi) asosida kelib chiqqan. Boshqa tillarda bunday emas (masalan, ingliz va rus tillarini qiyoslang). Bu ham bo‘lsa, qadimgi turklar tasavvurida vaqt tushunchalari astronomik tasavvurlar bilan uyg‘un holda yuzaga chiqqanligidan dalolat beradi. Kün so‘zi ham shunday: uning ilkin ma’nosi – “Kun(Quyosh)”, vaqt ma’nosi esa undan urchigan.

Yil o‘n ikki oyga bo‘linadi. Eski turklarda yil ko‘klamdan boshlangani uchun yilning birinchi oyi ko‘klamning birinchi oyiga teng keladi.

Yangi oy Oyning chiqqan kunidan boshlanadi. To‘lgan Oyni tolun yoki tolun ay deydi. Tolun ning lug‘aviy ma’nosi “to‘liq, to‘lishgan”dir. Turklarda Aytoldï degan ot ham bo‘lgan, ma’nisi “to‘lgan oy” degani.

Qadimda oylarga ot qo‘yilmagan, ular o‘z tartibi bilan aytilgan: birinč ay, ikinč ay, üčünč ay singari. Keyinchalik, turklar buddizm, moniylikni qabul qilganlaridan keyin ularga nom qo‘ydilar, to‘g‘rirog‘i, bu nomlar qo‘shni tillardan o‘zlasha boshladi.

Qadimgi uyg‘ur taqvimda uchraydigan oy otlari:

aram ay // ram ay [r`m] – qadimgi uyg‘ur taqvimining birinchi oyi

č(a)xš(a)p(a)t ay [ siksapada] – ro‘za oyi, taqvimning o‘n ikkinchi oyidir.

Islom davridan turklar arab taqvimini qo‘llay boshladilar va oylar ham arabcha atala boshladi. Masalan: zulqada ayï, rajap ay, muharram ay singari.

Qadimda xalq ichida chorvachilik va dehqonchilik bog‘liq holda yuzaga kelgan oy otlari ham qo‘llanilgan. Bu xususda Mahmud Koshg‘ariy shunday yozadi: “(Turklarda) oy ismlari ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan ataydilar. Har uch oyni bir ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar. Masalan: navro‘zdan keyingi avval bahorga oğlaq ay, so‘ngra uluğ oğlaq ay derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi. Bundan keyingisiga uluğ ay deyiladi. Chunki bu yozning o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l bo‘ladi” (MK.I.332).

O‘zbek tilida chorvachilik yoki dehqonchilik bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan atamalar hozir ham uchrab turadi. Masalan, xalq tilida qïrqïm ayï deydi, bu qishdan chiqib, qo‘ylarning junini oladigan paytga to‘g‘ri keladi. orağ ayï – bug‘doy o‘radigan vaqt, yoz chillasiga to‘g‘ri keladi. Yoki xalq tilida Beš doğalda bešikdägi bala sawqatmas degan gap bor. Bunda beš doğal deganda kunlar iliy boshlagan payt nazarda tutiladi.

Hozirgi turk tilida oylar shunday ataladi: ocaq – yanvar, šubat – fevral, mart – mart, nisan – aprel, mayïs – may, haziran – iyun, temmuz – iyul, ağustos – avgust, eylül – sentyabr, ekim – oktyabr, qasïm – noyabr, aralïq – dekabr.

Qozoq tilida o‘n ikki oy otlari shunday: qaŋtar – yanvar, aqpan – fevral, naurïz – mart, säuir – aprel, mamïr – may, mausïm – iyun, šilde – iyul, tamïz – avgust, qïrküyek – sentyabr, qazan – oktyabr, qaraša – noyabr, jeltoqsan – dekabr.

O‘zbek shevalarida ham bu nomlarning ayrimlari qo‘llaniladi. Masalan, xalq og‘zida qaŋtar, aqpan nomlari uchrab turadi. Qantar ağdï deydi, u “qora sovuq o‘tgan, qorning zahri ozaygandan keyingi muddat”ni bildiradi.

O‘zbeklarda yozning ayni qizigan payti, qishning qahraton pallasini čillä deyiladi. Čillä oy bilan teng emas, čillä deganda issiq yoki sovuq avjiga chiqqan “qirq kunlik” tushuniladi: yaz čilläsi, qïš čilläsi. Chilla boshlangan paytni – čillä kirdi, tugagan paytni esa čillä čïqdï deyiladi.

Ko‘klam yoki kuzga nisbatan chilla qo‘llanilmaydi. Sababi, chillada, odatda, ob-havo bir maromda kechadi. Ko‘klam bilan kuz oraliq fasllar: ko‘klamning boshlanishida kun sovuq bo‘lsa, oxirlaganda isib ketadi yoki kuzda buning aksi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish