Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk  beklari,  xalqi,  buni  eshiting!



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Turk  beklari,  xalqi,  buni  eshiting!  Turk  xalqini  to‘plab 
davlat  tutishingizni  bunda  [ya’ni  toshda]  yozdim.  Adashib, 
ayrilganingni  ham  (11)  bunda  yozdim.  Har  qanday  so‘zim 
bo‘lsa,  mangu  toshga  yozdim.  Unga  qarab  biling,  turkning 
endigi  xalqi,  beklar.  Uy-dunyoga(gina)  qaraydigan  beklar, 
butunlay gumrohsiz. 
 
Ilova 
[Y o ‘ l l u g ‘     t i g i n     s o ‘ z i ]: 
Men mangutosh .... Tabg‘ach xoqonidan naqqosh keltirdim, 
naqshlatdim. Mening so‘zimni buzmadi. (12) Tabg‘ach xoqoni 
saroy 
naqqoshini 
yubordi. 
Unga 
maxsus 
ziyoratgoh 
yarattirdim.  Ichi-tashiga  maxsus  naqsh  soldirdim,  tosh 
o‘rnattirdim. Ko‘ngildagi so‘zlarimni ul ..... [o‘n o‘q avlodi]ga, 
totgacha  buni  ko‘rib,  biling!  Mangutosh  (13)  o‘rnattirdim.  Bu 
sayrgoh  bo‘lgach,  maqbara  sayrgoh  yerda  bo‘lsa!  Shunday 
sayrgoh  yerda  mangutosh  o‘rnatdim,  (bitig)  bitidim.  Uni 
ko‘rib, shunday deb biling: bu tosh ........dim. 
Bu bitig bitilguchining jigari Yo‘llug‘ tigin. 
K.I 


 
311
Kul  tiginning  oltinini,  kumushini,  ipagini,  borini  tur[k 
xalqi]  fuqarosini  yiqqan  to‘ygi  bu  .....  begim  tigin  yuqori 
Tang[ri] ....... tosh bitdim Yo‘llug‘ tigin. 
 
Asosiy qism 
[B i l g a     x o q o n     s o ‘ z i ]: 

(1) Yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaratilganda 
ikkisining  orasida  inson  bolasi  yaratilgan.  Inson  bolalari 
ustidan ota-bobom Bumin  xoqon,  Istami  xoqon bo‘lib (taxtga) 
o‘tirgan. (Taxtda) turib turk xalqining yurtini, hukumatini tutib 
turganlar,  tartibga  keltirganlar.  (2)  To‘rt  taraf  butunlay  yov 
ekan. Qo‘shin tortib, to‘rt tarafdagi xalqni butunlay olgan(lar), 
butunlay  qaram  qilgan(lar),  boshi  borni  ta’zim  qildirgan(lar), 
tizzasi  borni  cho‘ktirgan(lar).  Sharqqa  –  Qadirqan  yishga 
qadar,  g‘arbga  –  Temir  qopiqqacha  manzil  qildirgan(lar). 
Ikkisining  orasida  (3)  xo‘jayinsiz,  tanobsiz  [cheklanmagan 
yerga  egalik  qilib],  ko‘k  turk  shu  tarzda  yashar  ekan.  (Ular) 
dono xoqon ekan, alp xoqon ekan, vazirlari ham dono ekanligi 
uchun,  botir  ekanligi  uchun,  beklari  ham,  xalqi  ham  to‘g‘ri 
ekan.  Shuning  uchun  davlatni  shunday  tutgan  ekan.  Davlatni 
tutib, rasm-rusumni ado etganlar. O‘zi shunday [boshqarib] (4) 
vafot  etgan.  Azachi,  yig‘ichi(lar),  sharqdan  –  kun  chiqardan 
bo‘kli  cho‘lgil,  tabg‘ach,  tuput,  apar,  purum,  qirqiz,  uch 
quriqan,  o‘tuz  tatar,  qitan,  tatabi  –  shuncha  xalq  kelib 
yig‘lagan,  aza tutgan.  Shunday  mashhur  xoqon ekan.  Shundan 
keyin  inisi  xoqon  (5)  bo‘lgan  ekan,  o‘g‘li,  jigari  (?)  xoqon 
bo‘lgan  ekan.  Undan  keyin  inisi og‘asiday  ish tutmagan ekan, 
o‘g‘li  otasiday  ish  tutmagan  ekan.  (Taxtda)  johil  xoqon 
turganligi  uchun,  badfe’l  xoqon  turganligi  uchun  vaziri  ham 
kaltafahm ekan,  yovuz ekan. (6) Beklari, xalqi to‘g‘ri emasligi 
uchun, tabg‘ach xalqi hiylakor, to‘ymasligi uchun, firibgari bor 
uchun,  ini  va  og‘ani  (bir-biriga)  qayragani  uchun,  begi  va 
xalqini  bir-biriga  chaqqani  uchun  turk  xalqi  ushlab  turgan 


 
312
davlatini  qo‘ldan  chiqarib  yuborgan,  (7)  xoqonlik  qilib  turgan 
xoqonini  yo‘qotib  yubordi.  Tabg‘ach  xalqiga  bek  bo‘ladigan 
o‘g‘il  bolasi  bilan  qul  bo‘ldi,  suluv  qiz
 
bolasi  bilan  cho‘ri 
bo‘ldi. Turk beklar turkcha otini qo‘yib, tabg‘achlik beklarning 
tabg‘achcha  otini  qabul  qilib,  tabg‘ach  xoqonga  (8)  qaram 
bo‘ldi.  Ellik  yil  mehnatini,  kuchini  beribdi.  Sharqqa  –  kun 
chiqarda  Bo‘kli  xoqonigacha  lashkar  tortib  beribdi.  G‘arbga  – 
Temir qopiqqa qadar lashkar tortib beribdi. Tabg‘ach xoqoniga 
davlatini,  hukumatini  olib  beribdi.  Turk  qora  xalqi,  bari  (9) 
xalq  shunday  debdi:  “Davlatli  xalq  edim,  davlatim  endi  qani? 
Davlatni  kimga  egallab  beryapman?”  –  der  ekan.  “Xoqonli 
xalq edim,  xoqonim qani? Ne  xoqonga  mehnatimni,  kuchimni 
beryapman?” – der ekan.  Shunday deb tabg‘ach  xoqoniga  yov 
bo‘libdi. (10) Yov bo‘lib, o‘zini eplab va tiklab ololmay,  yana 
taslim bo‘libdi. Shuncha mehnatini, kuchini berganiga andisha 
qilmay  (tabg‘ach  xoqoni)  “turk  xalqini  o‘ldirayin,  urug‘ini 
qirayin” der ekan. [Uni] yo‘qotib borayotgan ekan.  
Yuqorida  turkning  osmoni,  turkning  muqaddas  yeri-  (11) 
suvi  shunday  debdi:  “Turk  xalqi  yo‘q  bo‘lmasin”  deya,  “xalq 
bo‘lsin”  deya  otam  Eltaris  xoqonni,  onam  Elbilga  xotunni 
Tangri (o‘z) martabasida tutib, yuqori ko‘targan ekan.  
Otam  xoqon  o‘n  yetti  er  bilan  tashga  chiqib  ketgan. 
“Tashda (12) yuribdi” degan ovozani eshitib, shahardagi tashga 
chiqibdi,  tog‘dagi(si)  inibdi.  Terilib,  yetmish  er  bo‘libdi. 
Tangri  kuch  bergani  uchun  otam  xoqonning  qo‘shini  bo‘ridek 
ekan, dushmani qo‘ydek ekan. Sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortib, 
(odam)  yig‘ibdi, (oyoqqa) turg‘azibdi. Hammasi (13) yetti yuz 
er  bo‘libdi.  Yetti  yuz  er  bo‘lib,  davlatini  yo‘qotgan,  xoqonini 
yo‘qotgan  xalqni,  cho‘riga  aylangan,  qul  bo‘lgan  xalqni,  turk 
hukmronligini  boy  bergan  xalqni  ota-bobolarim  yo‘sunicha 
oyoqqa  turg‘azibdi,  boshqaribdi.  To‘lis,  tardush  ........  (14) 
yabg‘uni,  shadni  o‘shanda  tayinlabdi.  Janubda  tabg‘ach  xalqi 
yov  ekan,  shimolda  baz  xoqon,  to‘quz  o‘g‘uz  xalqi  yov  ekan. 
Qirqiz,  quriqan,  o‘tuz  tatar,  qitan,  tatabi  butunlay  yov  ekan. 


 
313
Otam  xoqon  buncha  ...... (15)  qirq  yetti  yo‘la  qo‘shin  tortgan, 
yigirma  marta  jang  qilgan.  Tangri  yorliqagani  uchun  eli  borni 
elidan  ayirgan,  xoqoni  borni  xoqonidan  ayirgan,  yovni  qaram 
qilgan,  tizzasi  borni  cho‘ktirgan,  boshi  borni  ta’zim  qildir...... 
(16)  hukmronlik  qilib  vafot  etgan.  Otam  xoqon  [qabri]ga 
birinchi bo‘lib baz xoqonning balbali tikildi.  
O‘sha  hukumat  boshiga  amakim  xoqon  bo‘lib  o‘tirdi. 
Amakim  xoqon  o‘tirib,  xalqni  yaxshilab  oyoqqa  turg‘izdi, 
tarbiyaladi,  qashshoqni  ......  (17)  Amakim  xoqon  bo‘lib 
turganda  o‘zim  tardush  xalqi  uza  shad  edim.  Amakim  xoqon 
bilan  sharqqa  Yashil  o‘guz,  Shantung  dashtiga  qadar  qo‘shin 
tortdik, g‘arbga Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdik. Ko‘gman 
osha qi..... (18)  Hammasi (bo‘lib)  yigirma  besh (marta)  cherig 
tortdik,  o‘n  uch  (marta)  jang  qildik.  Eli  borni  elidan  ayirdik, 
xoqonlini  xoqonidan  judo  qildik,  tizzasi  borni  cho‘ktirdik, 
boshi  borni  yukuntirdik.  Turgas  xoqon  turkimiz  ......  (19) 
uchun,  bizga  (nisbatan)  yanglishgani  uchun  xoqoni  o‘ldi, 
vaziri,  beklari  ham  o‘ldi.  O‘n  o‘q  xalqi  zahmat  chekdi. 
Bobomiz,  ajdodimiz  boshqargan  yer-suv  egasiz  bo‘lmasin deb 
az  xalqini  tartibga  solib  yar.....  (20)  bars  bek  edi,  xoqon 
unvonini  bunda  biz  berdik.  Singlim  xoqonzodani  berdik.  O‘zi 
yanglishdi, xoqoni o‘ldi, xalqi cho‘ri, qul bo‘ldi. Ko‘gman yer-
suvi egasiz qolmasin deya az, qirqiz xalqini tikla[b] ......... (21) 
qaytib  berdik.  Sharqqa  Qadirqan  yishni  osha  xalqni  shunday 
qo‘ndirdik,  shunday  tartibga  keltirdik.  G‘arbga  Kangu 
Tarmanga  qadar  turk  xalqini  shu  holda  qo‘ndirdik,  shu  xilda 
tartibga  keltirdik.  U  chog‘da  qul  qulli  bo‘lgan,  .......  (22) 
Shunday qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish