Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk  o‘g‘uz  beklari,  xalqi  eshiting!



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Turk  o‘g‘uz  beklari,  xalqi  eshiting!  Yuqoridan  osmon 
bosmasa,  pastda  yer  yorilmasa,  turk  xalqi,  davlatingni, 
hukumatingni  kim  buzdi?  .....  (23)  o‘kin,  ko‘rguliging  uchun, 
tarbiya  qilgan  dono  xoqoningni,  yemirilgan,  ketgan  ezgu 
davlatingga. O‘zing yanglishding, (oraga) yomonni kirgizding. 
Qurolli  qaydan  kelib  tarqatib  yubordi,  nayzali  qaydan  kelib 


 
314
surib ketdi? Qutlug‘ O‘tukan  yish ......... (24)  bording,  g‘arbga 
borolguncha  bording.  Borgan  yerda  ezgulik  shu  bo‘lsa  kerak: 
qoning  suvday  oqdi,  suyaging  tog‘day  (uyulib)  yotdi,  bek 
bo‘ladigan  o‘g‘il  bolang  qul  bo‘ldi,  suluv  qiz  bolang  joriya 
bo‘ldi.  (Buni)  bilmagani  uchun  ......  (25)  Boshlab  qirqiz 
xoqonining balbalini tikdim. 
Turk xalqining oti, dong‘i yo‘qolmasin deya otam xoqonni, 
onam  xotunni  ko‘targan  Tangri,  el  bergan  Tangri  turk 
xalqining  oti,  dovrug‘i  yo‘q  bo‘.....  (26)  xoqon  qilib  o‘rnatdi. 
Mol-mulkli  xalqqa  (xoqon)  bo‘lmadim.  Ichi  oshsiz,  tashi 
to‘nsiz,  bechorahol  xalq  uzra  (xoqon)  bo‘ldim.  Inim  Kul  tigin 
bilan  so‘zlashdik.  Otamiz,  amakimiz  qoz[ongan]  .......  (27) 
deya  turk  xalqi  uchun  tun  uxlamadim,  kunduz  o‘tirmadim. 
Inim Kul tigin bilan, ikki shad bilan o‘la-yita (zafar) qozondim. 
Shu  xilda  (zafar)  qozonib,  uyushgan  xalqni  o‘t-suv  qilmadim. 
Men  ......  (28)  ketgan  xalq  o‘la-yita  yayov,  yalang‘och  qaytib 
keldi.  Xalqni  tarbiyalayin  deya  shimolga  o‘g‘uz  xalqi  tomon, 
sharqqa  qitan,  tatabi  xalqi  tomon,  janubga  tabg‘ach  tomon 
ulug‘ lashkar [bilan] o‘n ikki .... (29) keyin, Tangri yorliqasin, 
qutum  bor  uchun,  nasibam  bor  uchun  o‘layotgan  xalqni 
tiriltirib,  oyoqqa  qo‘ydim.  Yalang  xalqni  to‘nli,  qashshoq 
xalqni  boy  qildim,  oz  xalqni  ko‘paytirdim.  Panohtalab 
davlatlida, ..... (30) xalqni butunlay do‘st qildim, yovsiz qildim 
(?),  butunlay  menga  qaradi.  Mehnatni,  kuchni  beruvchi 
shunday  hokimiyatni  qozonib,  inim  Kul  tigin  (Yaratganning 
O‘ziga) kerak bo‘ldi [ya’ni vafot etdi]. 
Otam xoqon o‘lganda inim Kul tigin yet...... (31) Umaydek 
onam xotun baxtiga inim Kul tigin er (degan) ot  qozondi. O‘n 
olti  yoshida  amakim  xoqon  davlatini,  hokimiyatini  shu  xilda 
qozondi.  Olti  chub  [viloyat]  sug‘dlari  tomon  qo‘shin  tortdik, 
tor-mor  qildik.  Tabg‘ach  o‘ng  tutuq  besh  t.....  (32)  Kul  tigin 
yayov  otilib  hujum  qildi.  O‘ng  tutuq  yo‘lboshchisini  yaroqli 
qo‘li  bilan  tutdi,  yaroqlangan  holda  xoqonga  tortiq  qildi.  U 
cherikni  o‘shanda  yo‘q  qildik.  Yigirma  bir  yoshida  Chacha 


 
315
Sunga urush qildik. Eng avval Tadqas cho‘rning bo‘z ..... (33) 
o‘ldi.  Ikkinchi  (bor)  Ishbara  Yamtar  bo‘z  otini  minib  hujum 
qildi.  U  ot  o‘shanda  o‘ldi.  Uchinchi  (bor)  Yagansil  bekning 
yasatilgan  to‘riq  otini  minib  hujum  qildi.  U  ot o‘shanda  o‘ldi. 
Yarog‘iga,  yopinchig‘iga yuzdan ortiq o‘q bilan urdi. Badanga 
boshiga  bir  t.......  (34)  hujum  qilganini,  turk  beklari,  yaxshi 
bilasiz.  U  lashkarni  yo‘q  qildik.  Undan  keyin  yer  bayirqu[li] 
Ulug‘  Erkin  yov  bo‘ldi.  Uni  quvib,  Turgi  Yarg‘un  ko‘lda  tor-
mor  qildik.  Ulug‘  Erkin  ozgina  yigiti  bilan  qochib  ketdi.  Kul 
tigin ..... (35) .....[yoshi]da Qirqiz tomon qo‘shin tortdik. Nayza 
botimi  qorni  yorib,  Ko‘gman  yishga  ko‘tarilib  yurib,  qirqiz 
xalqini  qo‘qqisdan  bosdik.  Xoqoni  bilan  Sunga  yishda  jang 
qildik.  Kul  tigin  Bayirquning  [oq  ayg‘irini]  (36)  minib  otilib 
hujum qildi. Bir erni qo‘li bilan urdi, ikki erni biryo‘la sanchdi. 
O‘sha  kurashda  Bayirquning  oq  ayg‘irining  kuragini  sindirib 
urdi.  Qirqiz  xoqonini  o‘ldirdik,  davlatini  oldik.  O‘sha  yili 
turgash .... (37) ko‘tarilib, Ertis daryosini kechib yurdik. Turgas 
xalqini  qo‘qqisdan  bosdik.  Turgas  xoqon  qo‘shini  Bo‘luchuda 
o‘tday-bo‘ronday keldi, jang qildik. Kul tigin Bashg‘u (laqabli) 
bo‘z otini minib hujum qildi. Bashg‘u bo‘z k..... (38) tutqazdi. 
Ikkisini  o‘zi  oldirdi.  O‘shanda  yana  (jangga)  kirib,  Turgas 
xoqon(ning)  vazirini,  az  tutug‘ini  qo‘li  bilan  tutdi.  Xoqonini 
o‘shanda o‘ldirdik, elini oldik. Turgas qora xalqi butunlay taslim 
bo‘ldi.  U  xalqni  Tabarda  qo‘........  (39)  So‘g‘daq  xalqini 
tuzatayin  deya  Yinchu  o‘guzni  kechib,  Temir  qopiqqa  qadar 
lashkar  tortdik.  Shundan  keyin  qora  turgas  xalqi  yov  bo‘lgan 
Kangras tomon bordi. Bizning lashkar(imizning) oti oriq, ozig‘i 
yo‘q edi. Yomon kishi er...... (40) alp er bizga (?) hujum qilgan 
edi. O‘shanday zamonda o‘kinib, Kul tiginni oz er bilan izlatib 
yubordik. Katta jang qilibdi. Alp Shalchi oq otini minib hujum 
qilibdi.  Qora  turgas  xalqini  o‘shanda  o‘ldiribdi,  qo‘lga  olibdi. 
Qaytib yurib ........ 
 
Kb 


 
316
(1)........  bilan,  Qushu  tutuq  bilan  jang  qilibdi.  (Uning) 
jangchilarini  xo‘p  o‘ldiribdi,  uy-joyini  .......  hujum  qilib 
butunlay keltirdi. 
Kul  tigin  yigirma  yetti  yoshida  qarluq  xalqi  begonalashib 
[orada  ziddiyat  chiqib],  yov  bo‘ldi.  Tamg‘iduq  bashda  jang 
qildik. (2) Kul tigin o‘sha jangda o‘ttiz yashar edi. Alp Shalchi 
(laqabli)  oq  (oti)ni  minib,  otilib  hujum  qildi.  Ikki  erni 
birvarakayiga  sanchdi.  Qarluqni  o‘ldirdik,  (qo‘lga)  oldik.  Az 
xalqi  yov  bo‘ldi.  Qora  ko‘lda  jang  qildik.  Kul  tigin  o‘ttiz  bir 
yashar  edi.  Alp  Shalchi  (laqabli)  oq  (oti)ni  (3)  minib,  otilib 
hujum  qildi.  Az  Eltabarni  qo‘lga  tushirdi.  Az  xalqi  o‘shanda 
yo‘q bo‘ldi. 
Amakim  xoqonning  davlati  zaiflashganda,  xalq  nochor 
qolganda  izgil  xalqi  bilan  jang  qildik.  Kul  tigin  Alp  Shalchi 
oqini  minib, (4)  otilib  jang qildi.  U ot o‘shanda tush.......  Izgil 
xalqi o‘ldi. To‘quz o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi.  Ko‘k-er fitnali 
bo‘lgani  uchun  yov  bo‘ldi.  Bir  yilda  besh  bora  jang  qildik. 
Boshlab,  To‘g‘u  shahrida  jang  qildik.  (5)  Kul  tigin  Azman 
oqini  minib,  otilib  hujum  qildi.  Olti  erni  sanchdi,  lashkar 
hujumida 
yettinchi 
erni 
qilichladi. 
Ikkinchi 
marta, 
Qushlag‘aqda  [  ]z  bilan  jang  qildik.  Kul  tigin  Az  kul  rang 
(ot)ini  minib,  otilib  hujum  qilib,  bir  erni  sanchdi,  (6)  to‘qqiz 
erni  qurshab  urdi.  [  ]z  xalqi  o‘shanda  o‘ldi.  Uchinchi  bor, 
Bo‘l.........nda  o‘g‘uz  bilan  jang  qildik.  Kul  tigin  Azman  oq 
(ot)ini  minib  hujum  qildi,  sanchdi.  Lashkarini  sanchdik, 
davlatini oldik. To‘rtinchi bor, Chush boshida jang qildik. Turk 
(7)  xalqi  oyoqdan  qoldi,  yomon  bo‘ladigan  edi.  Ilgari  kelgan 
lashkarini  Kul  tigin  turg‘izib  otlantirib,  bir  qavm  alp  o‘n  erni 
To‘nga  tigin  azasida  qurshab  olib  o‘ldirdik.  Beshinchi  bor, 
Azganti Qadanda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin (8) Az  kul 
rang  (ot)ini  minib  hujum  qildi,  ikki  erni  sanchdi.  Shaharga 
bormadi.  O‘g‘uz  o‘shanda  o‘ldi.  .......  qo‘rg‘onda  qishlab, 
bahorda O‘g‘uzga lashkar (bilan) chiqdik. Kul tiginni beklarga 
bosh  qilib  jo‘natdik.  O‘g‘uz  dushman  o‘rdani  bosdi.  Kul  tigin 


 
317
(9)  O‘gsuz  (laqabli)  oq(ot)ini  minib  to‘qqiz  erni  sanchdi. 
O‘rdani bermadi. 
Xotima 
Onam  xotun,  keyingi  onalarim,  akalarim,  kelinlarim, 
xonzodalarim,  buncha(ngiz)  ham  tirigi(ngiz)  cho‘ri  bo‘lar  edi, 
o‘ligi(ngiz) vayronada, yo‘lda yotib qolar edingiz. 
(10)  Kul  tigin  bo‘lmaganda  butunlay  o‘lar  edingiz.  Inim 
Kul  tigin  vafot  etdi,  o‘zim  alam  chekdim;  ko‘rar  ko‘zim 
ko‘rmasdek,  bilar  bilimim  bilmasdek  bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning 
nuri ketdi, es-hushimdan og‘dim], o‘zim alam chekdim. Umrni 
Tangri  belgilaydi.  Inson  bolasining  bari  o‘lguchidir.  (11) 
Shunchalik  alam  chekdimki,  ko‘zda  yosh  kelsa,  azob  berib 
ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim. 
Ikki 
shad 
keyingi 
ini-jiyanim, 
o‘g‘lonim, 
beklarim, 
xalqim(ning) ko‘zi-qoshi yomon bo‘ladi deb qayg‘urdim. 
Azachi,  yig‘ichi,  qitany  tatabi  xalqini  boshlab  (12)  Udar 
sangun  keldi.  Tabg‘ach  xoqondan  Isyi  Liki  keldi.  Bir  tuman 
ipak,  oltin,  kumushni  sonsiz  keltirdi.  Tuput  xoqondan  bo‘lun 
keldi.  Janubda  kunbotardagi  sug‘d  barchalar(?),  uch  qora  ulus 
xalqidan  Nang  sangun,  O‘g‘ul  tarqan  keldi.  (13)  O‘n  o‘q 
o‘g‘lim  Turgas  xoqonidan  Maqarach  tamg‘achi,  O‘g‘uz  Bilga 
tamg‘achi keldi. Qirqiz xoqonidan Tardush Inanch-cho‘r keldi. 
Bino  quruvchi,  naqsh  solingan  bitigtosh  yasovchi  tabg‘ach 
xoqonining chanqani(?) Chang Sangun keldi. 
K.III 
Kul  tigin  qo‘y  yilida,  [birinchi  oyning?]  o‘n  yettinchi 
(kuni)da  o‘ldi.  To‘qqizinchi  oy(ning)  yigirma  yettisida  azasini 
o‘tkazdik.  Binosini,  naqshini,  bitigtoshini  maymun  yilida, 
yettinchi  oy(ning)  yigirma  yettisida  butunlay  tugatdik.  Kul 
tigin  u.........  qirq  yetti  yosh  (?)  tosh  ..........  buncha  naqshni 
Tuyg‘un Eltabar keltirdi. 
Ks 


 
318
(1)  Inanchu  bobo  Yarg‘an  tarqan  otini  .........  (2)  Qurdanni 
o‘rdi.  Inim  Kul  tigin  ........  mehnatini,  kuchini  bergani  uchun 
turk Bilga xoqon yerida inim Kul tiginni kuzatib o‘tirdim. 
 
Ilova 
[Y o ‘ l l u g ‘     t i g i n     s o ‘ z i ]: 
K.II 
Buncha bitigni bitiluvchi Kul tiginning jigari Yo‘llug‘ tigin 
bitdim.  Yigirma  kun  o‘tirib,  bu  toshga,  bu  binoga  to‘liq 
Yo‘llug‘ 
tigin 
bitdim. 
Panohtalab 
o‘g‘loningizga, 
tayanuvchingizga  qiyinchilikda  tarbiyat  qilar  edingiz,  vafot 
etdingiz. Tangri yashatuvchidir. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish