KUL TIGIN BITIGI
Kul tigin (yoki Ko‘l tigin) Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘ining
asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘lidir. U 731 yili 47 yoshida
vafot etgan. Yodgorlik esa uning og‘asi Bilga xoqon tomonidan 732
yili tiklangan. Lekin matn muallifi xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘
tigindir.
Yodgorlik Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida Ko‘kshin
urxun daryosining qirg‘og‘idan topilgan. Hozir ham o‘sha tiklangan
joyida turibdi. Yozuv marmartoshning to‘rtala tarafi va taroshlangan
qirralarida. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida
xitoycha matni ham bor. Turkiysi ko‘k turk (urxun-enisey) xatida
yozilgan (nashrlariga qarang: Maлов 1951; Aбдураҳмонов,
Рустамов 1982,86–121; Содиқов 2004, 96–112).
Quyida keltirilayotgan matn bitigning Orhun kitobida berilgan
fotosi va ko‘kturkcha harfterma nashri asosida tayyorlandi
(Orhun.18–27,70–71).
301
Do'stlaringiz bilan baham: |