Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati,tarix va falsafa fakulteti falsafa kafedrasi


Danilevskiyning “Rossiya va Yevropa” asari



Download 266,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana09.07.2021
Hajmi266,74 Kb.
#113768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nikolay danilevskiyning sivilizatsion yondashuvi mavzusidagi (1)

Danilevskiyning “Rossiya va Yevropa” asari 


14 

 

Asar  17  bobdan  iborat.  Danilevskiy  rus  xalqi  va  slavyanlarni  tarixdan  saboq 



chiqarib  harakat  qilishga  chorlaydi.  Menimcha,  shuning  uchun  u  asarining  har  bir 

bobida  jahonda  sodir  bo’layotgan  voqealarni  tahlil  qilib  undan  xulosalar 

chiqarishga harakat qiladi. 

V bob. 


Madaniy-tarixiy turlar va ularning ba’zi rivojlanish qonuniyatlari. 

I qonun. Danilevskiy fikricha, yagona til yoki til oilasi umumiyligi ostida bir-birini 

yaxshi  tushunadigan  yoki  bir-biri  bilan  munosabatga  kirishganda  katta  qiyinchilik 

tug’dirmaydigan  xalq  urug’i  yoki  jamoasi  o’z  xususiyatlariga  ega  bo’lgan 

madaniy-tarixiy tur rivojlanishi mumkin. 

II  qonun.  Sivilizatsiya  rivojlanishi  ,  ravnaq  topishi  uchun  eng  muhim  narsalardan 

biri shu madaniy-tarixiy tur xalqlari siyosiy mustaqillilkdan foydalanishi kerak. 

III  qonun.  Bir  madaniy-tarixiy  tur  sivilizatsiyasining  boshlanishi  boshqa  turlarga 

o’tmaydi.  Har  bir  tur  uni  ozmi-  ko’pmi  unga  zamondosh  bo’lgan  yoki  undan 

oldingi sivilizatsiyalar tasirida yaratdi. 

IV  qonun.  Har  bir  madaniy  tur  uni  tashkil  qiluvchi  etnografik  elementlar  bir 

maqsad sari yo’naltirilib siyosiy davlatga aylantirilganda mukammallika erishadi. 

V  qonun.  Madaniy-tarixiy  turlar  ko’pincha  bir  marta  meva  beradigan  ko’p  yillik 

o’simlikka o’xshaydi, yashash umri uzoq davom etadi lekin gullash va meva berish 

davri bir marta bo’ladi. 

Danilevskiy  fikricha  dunyo  tarixidagi  o’nta  rivojlangan  sivilizatsiyalardan  uchtasi 

somiy  xalqlariga  tegishlidir.  Bobil,  yaxudiy  va  arab  tilida  so’zlashuvchi  qabilalar 

o’z  madaniyatiga  ega  bo’lganlar.  Oriy  tillari  yettita  til  oilasiga  bo’linadi  va 

ularning  beshtasi  o’ziga  xos  madaniy-tarixiy  turni  namoyon  qiladi:  Sanskrit,  fors, 

yunon, rim va german. Somiy va oriy xalqlaridan tashqari yana ikki xalq Misrliklar 

va  Xitoyliklar    o’ziga  xos  madaniy-tarixiy  turni  yaratganlar.  Yana  o’z 

sivilizatsiyasiga  erishgan  zalqlar  bo’lgan  lekin  ular  o’z  mustaqilligini  saqlab  qola 

olmagan va tarix sahnasidan o’chib ketgan. Yana noqulay iqlim sharitida yashagan 

xalqlar  (qora  tanlilar,  mo’g’ullar,  turkiy  qabilalar)  ko’chmanchi  va  yovvoyi  hayot 

tarzidan  chiqib  keta  olmaganlar.  U  rivojlanishning  uchinchi  qonunini  izohlab 



15 

 

quyidagilarni 



misol 

tariqasida 

keltiradi. 

Yaxudiylar 

o’z 

madaniyatini 



atrofidagilarga tarqatmaganlar. Xitoy  madaniyati  faqatgina  xitoyliklar  va yaponlar 

orasida  tarqalgan.  Misr  madaniyati  misrliklarga  oid  bo’lgan  xalqlar  orasida 

tarqalgan. Yunon  madaniyatin Makedoniyalik  Aleksandr butun dunyoga  yoyishga 

harakat  qilgan.  U  sharqni  egallash  bilan  birga  ellinistik  madaniyatni  ham  yoygan. 

Ma’lum  ma’noda  bunga  oz  bo’lsada  erishgan.  Uning  o’limidan  so’ng,  baribir 

sharqdagi xalqlqr o’zlarining madaniyatlariga qaytganlar. Demak, zo’rlik bilan o’z 

madaniyatini  yoyish  va  o’zga  madaniyatlarni  yo’q  qilish  kutilgan  natijalarni 

bermaydi.  Bundan  xulosa  shuki,  biror  madaniyatni  yoyish  uchun  o’zga  xalqlarga 

madaniyatidan  voz  kechishga  majburlab  boshqa  madaniyatni  olib  kelish  yaxshi 

natija bermaydi. Buning o’rniga sivilizatsiyani bir yerdan boshqa  yerga ko’chirish 

kerak,  yoki  koloniyalashtirish  kerak.  Madaniyatni  bunday  yoyish  orqali  inglizlar 

Shimoliy  Amerikani,  Avstraliyani    egallaganlar.  Danilevskiy  o’z  asarida  ba’zi 

yevropa  olimlari  tomonidan  insonning  tashqi  tuzilishi,  fizik  holatidan  uning 

qanday  ekanligi  va  nimlarga  qodirligini  aniqlash  haqidagi  nazariyalarni  ilgari 

surganlar  va shunga qarab  xalqlarni qoloq, omilkor,  fikrlashga  qodir kabi turlarga 

bo’lib  chiqqanlar.  Bularning  hammasi  yevropasentrizmga  olib  keladi.  Ya’ni 

yevropa  xalqlarining  boshqa  xalqlardan  ustunligi  va  ular  oliy  tabaqa  ekanligini 

uqtiradi.  Lekin  bularning  hammasi  ham  haqiqat  emas.  Insonning  qobilyati  uning 

tashqi ko’rinishi bilan emas balki ichki quvvati bilan bog’liq. Va turli nazariyalarni 

hamma o’ziga moslab talqin qilishi mumkin, lekin shuni aytish mumkinki rus xalqi 

dunyoga juda ko’plab aql egalarini bergan. Ularning hech biri yevropaning boshqa 

xalqlaridan  qolishmaydi.  Masalan:  shoir  Pushkin,  olim  Lomanosov,  bastakor 

Chaykovoskiy, yozuvchilar Gogol, Dostayevskiy va boshqalar.  

Danilevskiy Sharq va G’arb masalasida fikr yuritib, bunday ajratish ham noto’g’ri 

ekanligini  aytgan.  Xalqlarning  sivilizatsiyaga  erishuvida  sharoit  va  iqlimning 

birlamchi  ekanligini  ham  inkor  qiladi.  O’sha  davrda  Yevropa  dunyodagi  eng 

rivojlangan  qit’a,  dunyoda  har  doim  yetakchi  bo’lgan  va  shunga  o’xshash  fikrlar 

ham asosiz ekanligini ta’kidlaydi. G’arb doimo o’sishda davom etadi, sharqda esa 

zulmatga  mahkumdir.  Bunday  fikrlarni  rad  etish  uchun  sotsiolog-faylasuf  xitoy 



16 

 

bilan  Yevropani  solishtiradi.  U  xitoyliklar  Yevropadan  ancha  oldinda 



bo’lganliklari va ularning juda katta yutuqlarga erishganligini faktlar bilan keltirib 

o’tadi. 


Danilevskiy  fikricha  dunyodagi  eng  maqbul  va  juda  ko’p  vaqtlardan  beri  o’z 

ahamiyatini  yoqotmay  kelayotga  shahar  Sarigraddir.  Avval  Vizantiya  ,  so’ngra 

Kanstantinopol, usmoniylar bosqinidan so’ng esa Istanbul degan nom olgan shahar 

aslida  Sarigrad  deb  nomlanishi  kerak.  Butun  slavyanlar  federatsiyasi  tuzilgandan 

so’ng  Sarigrad  uning  poytaxti  bo’lishi  zarur  edi.  Danilevskiy  fikricha  Istanbulga 

turklarning da’vo qilishiga  haqqi  yo’q. Chunki  shahar azaldan  xristian dunyosiga 

slavyanlarga tegishli bo’lgan. 

 

Ijodkorning  g’oyalari  o’z  tarafdorlarini  topdi  shu  bilan  birga  bu  g’oyaga  qarshilar 



ham  bo’ldi.  O’zining  g’oyalari  va  fikrlari  tufayli  Danilevskiy  siyosiy  doirada 

panslavyanizm ideologi sifatida tanildi. 

Rus  tarixchisi  Milyukov  Danilevskiyning    g’oyalariga  qarshilik  bildirgan  va  bu 

faqat millatchilik va panslavyanizmga olib keladi deb takidlagan. Lekin uning o’zi 

I  jahon  urushi  davrida  kadetlar  partiyasi  yetakchisi  sifatida  panslavyanizmni 

partiyaning  asosiy  g’oyasi  qilib  oladi.  Kitobning  kuchli  tomonlarini  ko’ra  bilgan 

rus  tarixchilaridan  biri  K.N.  Bestujev-Ryumin  edi.  Uning  fikricha  rus 

mutafakkirlarining  g’arb  madaniyati  va  yutuqlari  oldida  bosh  egishlarining  sababi 

ularning  Danilevskiyning  tarixiy-falsafiy  qarashlarini  qabul  qilmaganliklarida  deb 

biladi.  Vl.Solovyov  tomonidan  ham  Danilevskiyning  asari  qattiq  tanqidga 

uchragan,  chunki    Danilevskiy  g’oyalari  Solovyov  ilgari  surgan  g’oyalarning 

teskarisi  edi.  Solovyov  fikricha,  insoniyat  bu  bitta  organizmdir,  boshqa  xalqlar  va 

millatlar  shu  tirik  organizmning  qismi  yoki  organidir.  Uning  niyati  barcha 

xristianlarni Rim boshchiligida birlashtirish edi.  

Danilevskiy  asari  Yevropada  ham  mashhurdir.  1920-yilda  Germaniyada  chop 

etilgan Shpenglerning “ Yevropaning so’nishi” asaridan so’ng Danilevskiy ijodiga 

qiziqish  oshdi.  Danilevskiy  va  Shpengler  nazariyalarini  solishtirilganda  ularning 

o’xshashligi aniqlangan. Shpengler Danilevskiyni o’qiganmi degan savol hali ham 




17 

 

javobsiz.  Lekin  Shpengler  kutubxonasida  “Rossiya  va  Yevropa”  ning  borligi 



faktdir. Bu haqida aniq ma’lumotlar bor. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 266,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish