Kurs ishining obyekti. Nikolay Yakovlevich Danilevskiy tomonidan ilgari
surilgan “tarixiy-madaniy turlar” nomli sivilizatsion nazariyasi kurs ishining
obyektidir.
Mavzuning o’rganiganlik darajasi. Rus mutafakkiri Danilevskiyning asarlari va
ijodi Rossiyadan ko’ra ko’proq Yevropada o’rganilgan. Uning “Rossiya va
Yevropa” asari bilan yevropalik Faylasuf Shpengler tanish bo’lgan. Uning
“Yevropa quyoshining so’nishi” asari ham aynan ana shu asar ta’sirida dunyoga
kelgan. Danilevskiy Rossiyada olimlar tomonidan o’rganilgan va uni sivilizatsion
yondashuvning asoschilaridan deb hisoblaydilar. U haqida N.N.Straxov
1
, Solovyov
kabi rus mutafakkirlari maqolalar yozishgan. Uning asari o’zbek tiliga
o’girilmagan. O’zbek tilida u haqdagi ishlar juda kam. Mavzu to’liq
o’rganilmagan.
1
Н. Н. СтраховО книге Н. Я. Данилевского "Россия и Европа"
5
Do'stlaringiz bilan baham: |