Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

4.Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta‟minlash shart-sharoitlari  
va aniqlash usullari 
Iqtisodiyot  barqaror  rivojlanishi  uchun  uning  tomonlari  o‗rtasida  ma‘lum  muvozanat 
bo‗lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, rodisalarning ikki yoki 
bir  nesha  tomonining  bir  –  biriga  mos  kelgan  holatiga  aytiladi.  Shuning  uchun  ham  butun 
iqtisodiyotning  muvozanati  to‗g‗risida  gap  borganda  eng  avvalo  yalpi  talab  va  yalpi  taklif 
o‗rtasidagi tenglik e‘tiborga olinadi. 
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta‘minlash 
ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‗z ishiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator 
muvozanatlar tizimini oladi. 
Xususiy  muvozanatlik  —  bu  ikkita  o‗zaro  bog‗liq  bo‗lgan  iqtisodiy  miqdorlar  yoki 
iqtisodiyot  tomonlarining  miqdoran  teng  kelishi.  Xususiy  muvozanatlik  ishlab  chiqarish  va 
iste‘mol,  aholining  sotib  olish  layoqati  va  tovar  taklifi  masalalari,  byudjet  daromadlari  va 
xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o‗rtasidagi muvozanatliklar ko‗rinishida chiqadi. 
Bu  muvozanatliklar  ishida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta‘kidlab  o‗tganlaridek:  «...ichki 
bozorda  talab  bilan  taklif  o‗rtasida  mutanosiblikka  erishish,  ya‘ni  chiqarilgan  pul  miqdori 
bilan unga sotib olinadigan mollar salmog‗i o‗rtasida to‗g‗ri nisbatni ta‘minlash g‗oyat katta 
rol o‗ynaydi.» 
Umumiy muvozanatlik jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining 
o‗zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi 
talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‗rinadi. Bu nafaqat iste‘molchilik ne‘matlariga, balki 
ishlab  chiqarish  vositalariga,  ishchi  kuchiga  hamda  barcha  iqtisodiy  faoliyat  natijalariga 
umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. 
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqoza qiladi. Birinchidan, 
bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir. 
Ikkinchidan,  iqtisodiy  muvozanatlik  mamlakatdagi  barcha  iqtisodiy  resurslardan 
samarali foydalanadigan xo‗jalik mexanizmini taqozo qiladi. 
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste‘molning 
tarkibiy  tuzilishiga  mos  kelishi  lozimligini  bildiradi.  To‗rtinshidan,  iqtisodiyotda 
muvozanatlikning  umumiy  shart-sharoitlari  bo‗lib,  bozor  muvozanati,  ya‘ni  barcha  asosiy 
bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va rokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi 


 
 
83 
 
xizmat  qiladi.  Iqtisodiy  muvozanatlik  erkin  raqobat  bozorida  barcha  xaridorlar  tengligi, 
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. 
Real  hayotda  iqtisodiyot  doimiy  xarakatda  va  to‗xtovsiz  rivojlanish  holatida  bo‗ladi. 
Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor sub‘ektlari daromadlari va talabi tarkibida 
o‗zgarishlar ro‗y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli rolatni turg‗un iqtisodiyotdagi 
shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi. 
Shunday  qilib  makro  darajada  umumiy  iqtisodiy  muvozanatlik-bu  mamlakat  butun 
iqtisodiyotning  mutanosibligidir.  Bu  barcha  sohalar,  tarmoqlar,  xo‗jaliklarning  me‘yorida 
rivojlanishini  ta‘minlaydigan  iqtisodiy  faoliyatning  barcha  qatnashshilari  hamda  barcha 
bozordagi  o‗zaro  bog‗liq  va  bir-birini  taqazo  qiladigan  muvozanatliklar  tizimini  o‗z  ishiga 
oladi. 
Iqtisodiy  muvozanatlik  darajasini  aniqlashda  asosan  ikkita  o‗zaro  bog‗liq  usuldan 
foydalaniladi: 1. YAlpi sarflar va ishlab  chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg‗arma va 
investitsiyalarni taqqoslash usuli. 
YAlpi  sarflar  va  ishlab  chiqarish  hajmini  taqqoslash  uchun  ishlab  chiqarish  umumiy 
hajmining  miqdoriy  ko‗rsatkishi  sifatida  sof  milliy  mahsulot  (SMM),  iqtisodiyotda  yalpi 
sarflar  sifatida  iste‘mol  hajmi  va  investitsiyalarga  sarflarning  umumiy  summasi  olinadi. 
Iqtisodiyotning  muvozanatli  darajasi  —  bu  ishlab  chiqarishning  shunday  hajmiki,  u  ishlab 
chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha 
aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab shiqarilgan tovarlarning umumiy 
miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga teng bo‗ladi. 
To‗liq  bandlik  sharoitida  yalpi  sarflar SMM  hajmi  bilan mos  kelmasligi mumkin.  Bu 
mos  kelmaslik  resession  yoki  inflyatsion  farqda  ifodalanadi.  YAlpi  sarflarning  SMM 
hajmidan  kam  bo‗lgan  miqdori  resession,  yalpi  sarflarning  SMM  hajmidan  ortiqsha  bo‗lgan 
miqdori  inflyatsion  farq  deyiladi.  Jamg‗arma  va  investitsiyalarni  taqqoslash  usulining 
mohiyati  shundaki,  ishlab  shiqarilgan  mahsulotning  har  qanday  hajmi  shunga  mos  daromad 
hajmini  beradi.  Biroq  aholi  bu  daromadning  bir  qismini  iste‘mol  qilmasdan  jamg‗arishga 
qo‗yish mumkin. Jamg‗arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo‗yish 
hisoblanadi. Bunda jamg‗armaga qo‗yilgan mablag‗ investitsiyalar bilan to‗liq qoplansa, yalpi 
sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‗ladi. 
Investitsion  sarflarning  ko‗payishi,  ishlab  chiqarish  hajmi  va  daromad  darajasining 
o‗sishiga olib keladi. Bu o‗zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi 
—  bu  sof  milliy  mahsulotdagi  o‗zgarishning  sarflardagi  (investitsiyalardagi)  o‗zgarishga 
nisbati. 
Multiplikator samarasi = 
Реал СММ даги ґзгариш
Инвестицион сарфлардаги ґзгариш 
SMM dagi o‗zgarish q multiplikator x Investitsiyalardagi o‗zgarish. 
Agar  investitsion  sarflarning  5  mlrd.  so‗mga  ko‗payishi,  sof  milliy  mahsulotning  20 
mlrd. so‗mga ortishiga olib kelsa multiplikator samarasi 4  ga (20:5), SMMdagi o‗zgarish 20 
mlrd. so‗mga (4x5) teng bo‗ladi. 
Investitsion  sarflardagi  o‗zgarishdan  tashqari  iste‘mol,  davlat  xaridi  yoki  eksportdagi 
o‗zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Multiplikator samarasi ikkita rolatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub‘ekt 
tamonidan  qilingan  sarf,  boshqasi  tomonidan  daromad  shaklida  olinadi.  Ikkinchidan, 
daromaddagi  har  qanday  o‗zgarish  iste‘mol  va  jamg‗arishda  xuddi  shunday  yo‗nalishda 
o‗zgarish  bo‗lishiga  olib  keladi.  Iqtisodiy  muvozanatlik  darajasini  aniqlashda  yuqoridagi 
usullardan  tashqari  balans  usulidan  va  «xarajat  va  natija»  larni  taqqoslash  usulidan  ham 
foydalaniladi.  Balans  usulida  tarmoqlararo  balans,  moddiy,  moliyaviy  va  ishchi  kuchi 
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Xarajat va 
natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori 
olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish