Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


    5.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

 


 
 
84 
 
5.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. 
Milliy  iqtisodiyotdagi  muvozanatlik  uning  turli  tomonlari  va  sohalari  o‗rtasida 
mutanosiblik bo‗lishini taqozo qiladi. 
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‗rtasida miqdor va 
sifat jihatdan ma‘lum moslik bo‗lishidir. Bunda tenglik bo‗lishi shart emas. Ular mos keluvshi 
(2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo‗lishi mumkin. 
Makroiqtisodiy jarayon g‗oyat murakkab va ko‗p qirrali bo‗lishi sababli mutanosiblik 
turlari ham ko‗p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi 
guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 
Umumiqtisodiy  xarakterdagi  mutanosibliklar.  Bunga  milliy  daromaddagi  tarkibiy 
qismlar:  iste‘mol  fondi  va  jamg‗arish  fondi  o‗rtasidagi:  iqtisodiyotdagi  tovar  va  xizmatlar 
massasi  bilan  pul  massasi  o‗rtasidagi:  aholining  daromadlari  bilan  xarajatlar  o‗rtasidagi 
mutanosibliklarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. 
2.  Tarmoqlararo  mutanosibliklar.  Milliy  iqtisodiyotning  muvozanatini  ta‘minlashda 
tarmoqlararo  mutanosibliklar  alohida  o‗rin  tutadi. Mamlakat  xalq xo‗jaligi juda  ko‗p  tarmoq 
va  sohalardan  iborat  bo‗lib,  ularning  rivojlanishi  bir-biriga  taqozo  qiladi.  Bir  tarmoqda 
yaratilgan  mahsulot  boshqa  tarmoqda iste‘mol  qilinadi  yoki  pirovard  mahsulotga aylantirilib 
o‗z  iste‘molchisini  topadi.  Masalan,  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarning  ko‗pshilik  qismi 
G‗paxta,  g‗alla,  pilla,  sut  va r.k.G‗  sanoatning  tegishli  tarmoqlarida  qayta  ishlanib,  pirovard 
mahsulotga  aylantiriladi  va  iste‘molchilik  tovarlari  bozoriga  shiqariladi.  O‗z  navbatida 
sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‗jaligining 
boshqa tarmoqlari qishloq xo‗jaligi, qurilish va  h. k.da unumli iste‘mol qilinadi. Bu ularning 
bir-biriga  bog‗liqlikda  rivojlanishini  taqozo  qiladi.  Tarmoqlararo  mutanosibliklarga  sanoat 
bilan  qishloq  xo‗jaligi  va  xalq  xo‗jaligining  boshqa  tarmoqlari  o‗rtasidagi  mutanosibliklar 
misol bo‗ladi. 
3.  Tarmoq  ichidagi  mutanosibliklar.  Tarmoqlararo  mutanosiblik  va  milliy  ishlab 
chiqarish  darajasidagi  muvozanatlik  tarmoqlar  ishidagi  mutanosiblik  orqali  ta‘minlanadi. 
Tarmoqlar  ishidagi  mutanosiblik  alohida  olingan  tarmoq  tarkibidagi  soha  va  ishlab 
chiqarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari 
va  iste‘mol  buyumlari  ishlab  chiqaradigan  sohalari,  qishloq  xo‗jaligining  dexqonshilik  va 
shorvashilik  sohalari  o‗rtasidagi  mutanosibliklar  va  r.  k.  Shu  bilan  birga  ta‘kidlab  o‗tilgan 
sohalarning  ishidagi  tarkibiy  bo‗linmalar  o‗rtasida  ham  bog‗liqlik  bo‗lishi  zarur.  Masalan, 
sanoatning  qazib  olish  va  qayta  ishlash  tarmoqlari,  shorvashilikning  sut  va  go‗sht  ishlab 
chiqarish sohalari o‗rtasida va boshqalar 
4.  Hududiy  mutanosibliklar.  Iqtisodiy  rivojlanish  mamlakat  ayrim  hududlari 
o‗rtasidagi  bog‗liqlikni  ham  taqozo  qiladi.  YUzaki  qaraganda  hududlar  o‗rtasidagi 
mutanosibliklarning  mamlakat  iqtisodiy  rivojidagi  roli  to‗liq  namoyon  bo‗lmaydi.  Lekin 
alohida  hududiy  bo‗linmalar  (viloyat,  tuman,  shahar  va  boshqa  hududiy  birliklar)  ning  bir-
biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‗liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog‗liqlikning ahamiyati yaqqol ko‗rinadi. 
5.  Davlatlaharo  mutanosibliklar.  Bu  mutanosiblikni  ikki  rolat  taqozo  qiladi. 
Birinchidan, dunyoning ko‗pshilik mamlakatlari xalqaro Mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan 
bog‗langan,  ikkinchidan,  shu  bog‗liqlik  orqali  milliy  ishlab  chiqarishning  bir  qismi  chet 
elliklar  tomonidan  xarid  qilinadi  yoki  milliy  ishlab  chiqaruvchilar  o‗z  iste‘molining  bir 
qismini  chetdan  keltirilgan  mahsulotlar  hisobiga  qondiradi.  Bu  bog‗liqlik  qanchalik  katta 
bo‗lsa,  sof  eksport  hajmi  orqali  makroiqtisodiy  muvozanatlikka  shunchalik  kushli  ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Mamlakatda mavjud bo‗lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda 
jamiyatning ehtiyojlarini to‗laroq qondirib borish. 
To‗la  bandlilikka  erishish,  ya‘ni  Mehnat  qilishga  layoqatli  bo‗lgan  va  ishlashni 
xorlaganlarni  to‗liq  va  samarali  ish  bilan  ta‘minlash.Narx-navoning  nisbiy  barqarorligiga 
erishish va uni inflyatsiya ta‘siridan xoli qilish. 


 
 
85 
 
Iqtisodiyotning  bir  maromda  o‗sib  borishini  yetarli  darajada  investitsiya  bilan 
ta‘minlash  va  muomaladagi  pul  massasiga  bog‗lab  borish.  Eksport  va  importni 
muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish. Bu maqsadlar faqatgina 
ularga  intilish  bo‗lib,  bunga  erishish  muqarhar  ekanligini  bildirmaydi.  Chunki  mutloq 
muvozanatga  erishish  mumkin  emas,  u  buzilib  va  qaytadan  tiklanib  turishi  orqali  iqtisodiy 
o‗sish notekis boradi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish